Shimoliy Sibir pasttekisligi
Shimoliy sibir pasttekisligi, Taymir pasttekisligi — Yenisey va Olenyok daryolarining quyilish yeri oraligʻidagi pasttekislik. Krasnoyarsk oʻlkasi va Saxa (Yakutiya) Respublikasi hududida, gʻarbda Gʻarbiy Sibir bilan, shimoli-sharqda Laptevlar dengiziga tutash., Gʻarbdan sharqqa 1550 km dan ziyod, shimolidan jan.ga 480–500 km ga choʻzilgan. Yer yuzasi toʻlqinsimon tuzilishga ega.
SH.Shimoliy Sibir pasttekisligi gersin va mezozoy burmalanishlari natijasida shakllangan strukturalarning choʻkkan qismida joylashgan boʻlib, toʻrtlamchi davr dengiz, daryo va muzlik yotqiziqlaridan tuzilgan. Arktika va subarktika iklim mintaqalarida joylashgan. Qishi uzoq (7—8 oy) va sovuq, yozi qisqa va salqin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —30°, —36°, eng past temperatura gʻarbida —57°, sharqida —61° gacha. Iyulning oʻrtacha temperaturasi shimolida 4°, janubida 12°, eng yuqori temperatura 30°. Yogʻingarchilik gʻarbiy qismida 300–350 mm, sharqiy qismida 200–230 mm, Lena daryosi deltasi hududida 100 mm. Sh.Shimoliy Sibir pasttekisligi orqali Pyasina, Yuqori Taymir, Xatanga, Anabar, Olenyok va boshqalar daryolar oqib oʻtadi. Pasttekislikda koʻplab muz va termokarst koʻllari bor. Katta qismida doimiy muzloq yerlar va botqoqliklar tarqalgan. Pasttekislikda, asosan, tundra oʻsimliklari (mox, lishayniklar), janubiy qismida butali tundra, janubiy chekkasida oʻrmontundra oʻsimliklari oʻsadi. Sh.Shimoliy Sibir pasttekisligida qutb tulkisi (oq tulki), boʻri, bugʻu, lemming va boshqalar uchraydi. Neft, gaz, toshkoʻmir konlari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |