Oʻrmon-tundra zonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻrmon-tundra zonasi — Shim. yarim sharning subarktika mintaqasidagi tabiiy zona, jan.da moʻʼtadil mintaqaning oʻrmon zonasi bilan shim. dagi tundra zonasi orasida joylashgan. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning shim. qismida kengligi 30– 50 km dan 300 – 400 km gacha boʻlgan hududlarni egallaydi. Hududining 25—30% daraxtzor va butazorlardan iborat. Iqlimi ancha keskin. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 10° dan —40° gacha, iyulniki 10° dan 14° gacha. Yogʻin miqdori 200–400 mm, lekin bu miqdor mumkin boʻlgan bugʻlanishdan yuqori, shuning uchun botqoqlik va koʻl koʻp. Gleylashgan podzol va torfligley, torflibotqoq tuproqlari yupqa, organik moddalari juda kam. Daryo vodiylaridagi siyrak oʻrmonlar yer bagʻirlab oʻsadi. Hududining katta qismidan bugʻuchilik uchun yaylov sifatida foydalaniladi, vodiy oʻtloqlaridan pichan oʻriladi.