Sherobod-Sariqamish qirlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sherobod - SARIQAMISH QIRLARI — Surxondaryo botigʻining janubiy gʻarbiy qismidagi qirlar. Janubiy gʻarbdan shimoli-sharqqa 70 km ga choʻzilgan. Shimolidan Boysun botigʻi, janubi-sharqdan Surxondaryo vohasi bilan chegaralangan. Oʻrtacha bal. 800–1000 m. Eng baland joyi 1216 m.

SH.Sherobod-Sariqamish qirlari Boysun togʻlaridan boshlanuvchi bir qancha daryolar (Kafrun, Anjarasoy, Pulihakim va boshqalar) bilan chuqur kesilgan va alohida qirlarga (Kagna, balandligi 955 m; Takasakradi, 1050 m va boshqalar) ajralgan. Yon bagʻirlarida quruq soy va jarliklar ham koʻp. Tektonik jihatdan antiklinal struktura; yura, boʻr, paleogen, neogen, toʻrtlamchi davr qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, konglomeratlaridan tashkil topgan. Iklimi kontinental, yogʻin kam (150–250 mm). Boʻz, surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, shoʻra, qoʻngʻirbosh, rang, oq kavrak va boshqalar oʻsadi. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi.