Shamolsiz orollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shamolsiz orollar, Janubiy Antil orollari — Karib dengizidagi vulkan va marjon orollar guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining jan. qismi. Tarkibida Aruba, Kyurasao, Bonayre, Aves va boshqa orollar bor. Maydoni 1,2 ming km². Aholi, asosan, Kyurasao va Aruba o.larida yashaydi. Yirik orollar relyefi togʻli, maydalari — payettekislik. Iqlimi tropik, yillik yogʻin 500– 600 mm. Doim yashil qattiq bargli oʻrmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Sorgo, banan, batat plantatsiyalari bor. Qoʻy va echki boqiladi. Neft konlari topilgan. Yirik shaharlari: Villemstad va Oranyestad. Orollarga dastlab 1499 yilda yevropalik dengizchi sayyoxlardan A.Oxeda va A.Vespuchchi borgan. Orollar (Shamolli o.larga nisbatan) shim.sharqiy passat oqimiga nisbatan ters joylashganligi sababli Shamolsiz orollar deb nomlangan.