Shamolli orollar
Shamolli orollar, Karib orollari — Karib dengizidagi marjon va vulkan orollari guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining Trinidad va Virginiya o.lari oraligʻidagi sharqiy qismi. Yirik orollari: Gvadelupa, Dominika, Martinika, Grenada, SentVinsent, SentLyusiya, Antigua va boshqa Umumiy maydoni 6 ming km². Relyefi, asosan, togʻli, eng baland joyi 1447 m (Dominika o.da). Harakatdagi vulkanlar bor. Iklimi tropik passat, yillik yogʻin 1500–2000 mm, asosan, yezda yogʻadi. Tabiiy oʻsimliklari (doim yashil oʻrmonlar va butazorlar) kam saqlangan. Shakarqamish, sitrus mevalar, kofe, kakao, banan plantatsiyalari bor. Yirik shaharlari: FordeFrans, PuentaPitr, BasTer, Kastri va boshqa Shamolli orollarga yevropaliklardan ilk bor X. Kolumb 1493—1502-yillarda borgan. Orollar shimoli-sharqiy passat oqi miga nisbatan roʻpara joylashganligi sababli Shamolli orollar deb nomlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |