Antil orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antil orollari - Vest-Indiyadagi arxipelag . Katta Antil orollari (Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko) va Kichik Antil orollari (Virginiya, Shamolli va Shamolsiz orollar, Trinidad, Tobago va Barbados)ga bo‘linadi. Maydoni qariyb 220 ming km². Aholisi 30 mln. kishi. Antil orollari yer yuzasining yarmidan kupi tog‘lik. Eng baland joyi 3175 m. Katta Antil orollari dagi tog‘lar Markaziy Amerikadagi Kordilera tog‘larining tarmoqlaridir. Bu tog‘lar Kuba oroldagi ohaktosh platosida tutashadi. Kichik Antil orollari da so‘nmagan Grand-Sufriyer, Mon-tan-Pele, Sufriyer vulkanlari bor. Ku-badagi tekisliklardan tashqari hamma yerda zilzila bo‘lib turadi. Iqlimi tropik, issiq, passat iqlimi. Nam ko‘p, tez-tez dovul bo‘lib turadi. Ko‘p yerlar-ni savanna va barg tashlaydigan tropik o‘rmonlar qoplagan. Shamolga ro‘para yon bag‘irlar esa doim yashil tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Antil orollari da Anti-gua va Barbuda, Barbados, Gaiti, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kuba, Sent-Vinsent va Grenadini, Sent-Lyusiya, Sent-Kits va Nevis, Trinidad va Tobago, Yamayka davlatlari joylash-gan, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiyaga karashli mul-klar, Venesuela hududining bir qismi bor. 1493 yil X. Kolumb Sen-Marten orolni kashf etgan. Kyurasao va Aruba orollarini 1499 yilda ispanlar ochgan. 17-asr boshida gollandiyaliklar Aruba orolni, 1634 yilda esa Kyurasao orolni egallaganlar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil