Amerigo Vespuchchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vespuchchi Amerigodan yoʻnaltirildi)
Amerigo Vespuchchi
italyancha: Amerigo Vespucci , lotincha: Americus Vespucius
Amerigo Vespucci.jpg
Tavalludi 09.03.1454
Vafoti 22.02.1512
Sevilla, Ispaniya
Fuqaroligi Republic of Florence
Imzosi
AmerigoVespucci Signature.png

Amerigo Vespuchchi (italyancha: Amerigo Vespucci, lotincha: Americus Vespucius; 09.03.1454, Florensiya — 09.03.1454, Sevilya) — floren-siyalik dengiz sayyohi. Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan.

1499 va 1501 — 02 yillarda Janubiy Amerikaning shimoliga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan. V. birinchi boʻlib, u yerlar dunyoning yangi qitʼasi degan fikrni ilgari surgan va uni Yangi Dunyo deb atagan. Keyinroq lotaringiyalik haritashunos M. Valdzemyuller (1505) Kolumb kashf etgan materikni V. sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Keyinchalik bu nom hammaga manzur boʻldi, 1538-yildan Merkator haritasidan boshlab Shimoliy Amerika ham shunday atala boshladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil