Batat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Batat
Ipomoea batatas (Sweet Potato) Flower.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binomial nomi
Ipomoea batatas

Batat, shirin kartoshka (Ipomoea batatas) — pechakdoshlarga mansub, koʻp yillik issiqsevar oʻsimlik. Vatani Meksika va Markaziy Amerika. Oziq-ovqat sifatida konserva, kraxmal-qiyom va spirt sanoatida ishlatiladi. Qadimdan Xitoyda ham ekib kelingan. Yaponiya, AQSH, Ispaniya, Hindiston va 5. mamlakatlarda ekiladi, shuningdek Zakavkazye, Oʻrta Osiyo (Turkmaniston, Tojikiston)da oʻstiriladi. Hosildorligi 200 — 300 s/ga. B. kartoshkasi qalamchasidan koʻpaytiriladi. Fev.—mart oylarida issiqxonalarda kartoshkasidan chiqqan oʻsimtalardan qalamcha tayyorlab, parniklarda ildiz ottiriladi. Koʻchatlari may oyida qator orasini 70 — 80 sm, qatordagi tup orasini 30 — 40 sm qilib oʻtqaziladi. Koʻchat atrofi yumshatilib, oʻgʻitlab turiladi, 12—14 marta sugʻoriladi. Sentabr— okt. oylarida palagi oʻrilib, keyin kartoshkasi kavlab olinadi. Palagi (koʻk holida, quritilgani, siloslangani) chorva uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil