Neft konlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neft konlari - Yer poʻstida maʼlum tektonik strukturada joylashgan va uni chiqarib olish iqtisodiy ji-hatdan foydali hisoblangan neft uyumlari. Neft konlari antiklinal burmalarda va tektonik uzilgan monostrukturali tabiiy tutqichlarda joylashgan. Neft konlarini tavsiflovchi asosiy para-metrlar: kon maydonining geologik tuzilishi, lokal strukturaning asosiy strukturalarga nisbatan joylashishi, turli strukturali palanlar mavjudligi, mahsuldor gorizontlar, uyumlar turi, uglevodorodlarning fazaviy xrlati, zaxiralari, ularning maydon boʻylab zichligi va boshqa Neft konlari bir necha strukturali qavatlarni birlashtirishi mumkin. Uyumlar turiga qarab konlar bir qatlamli yoki koʻp qatlamli boʻladi. Konda neftning fazaviy miqdoriga qarab neft, neft-gaz, gaz-neft, gaz-kondensat-neft konlariga boʻlinadi. Oʻzaro yaqin joylashgan bir necha yirik neft-gaz konlari havzalarni tashkil qiladi.

Neft konlari tabiatda, asosan, choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi sababli bir yoki bir necha mahsuldor qatlamdan tuziladi. Neft konlari zaxiralari umumiy (geologik) va olinishi mumkin boʻlgan (sanoat) zaxiralariga boʻlinadi.

Neft va gaz uyumlari tuzilishiga koʻra, katlamli gumbaz uyumi (govakli jinslarda), qatlamsiz gumbaz uyumi (gʻovak yoki darzli jinslarda) va stratigrafik chegaralangan guruhlarga boʻlinadi.

Neft konlari Yer yuzining barcha kitʼalarida, kontinental shelfda uchraydi. Jumladan, Meksika qoʻltigʻi neft-gazli havzasi, Shim. dengiz, Kaspiy, Kora va Oʻrta dengizlar va boshqa suv xav-zalari tubidagi jinslarda mavjud. Neft va gaz konlari proterozoy erasidan toʻrtlamchi davrgacha boʻlgan qatlamlar orasida joylashgan. Xorijda 19-asrda Apsheron ya.o., Grozniy shahri yaqinida, Krasnodar oʻlkasi, Cheliken ya.o. va boshqa joylarda topilgan. Keyin-roq Turkmaniston, Qozogʻiston, Ukraina, AQSH, Nigeriya, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham Neft konlari ishga tushirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gazliligi aniqdangan 5 regionda (Buxoro—Xiva, Ustyurt, Surxon-daryo, Hisor jan.-gʻarbi va Fargʻona) neft va gazni qidirish boʻyicha regional ishlar olib borilmoqda. Natijada 450 dan ortiq suyuq va gazsimon uglevodorod yigʻilmalari aniqlangan boʻlib, ular 155 konda mujassamlashgan.

Hozirgigacha maʼlum boʻlgan konlarda uglevodorod zaxirasi miqdori boʻyicha Konlardan neft chiqarish. birinchi oʻrinda (74,3%) kichik, ikkinchi oʻrinda oʻrta (14,4%), uchinchi oʻrinda yirik (10%) va toʻrtinchi oʻrinda (1,3%) unikal konlar turadi. Uglevodorod konlarining 66% Buxoro—Xiva, 17,5% Fargʻona, 7% Surxondaryo, 5,7% Hisor jan-gʻarbi va 3,2% Ustyurt regionlarida joylashgan. Mahsuldorlikning stratigrafik diapazoni paleozoydan (Ustyurt regioni) neogen (Fargona regioni) yotqiziqlari oraligʻini qamrab olgan. Fargʻona regionida qidiruv ishlari jadal olib borildi. Dastlabki kon (Chi-myon) 1900 yilda ochilgan. 1980-yillarning boshigacha Fargʻona regioni neft qazib olish, zaxiralarni oshirish surʼati boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinda edi.

Fargʻonadagi neft konlarini oʻrganish va oʻzlashtirishda oʻzbekistonlik olimlardan O.M. Akramxoʻjayev, P. K.Azimov, O. S. Vyalov, M. S. Saydaliyeva, A. H. Hoji-matov va boshqa salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985 yildan boshlab suyuq uglevodorodlarni chiqarib olish boʻyicha Buxoro—Xiva regioni Fargona regionidan oʻzib, Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinni egalladi. Bu regionda neft, gaz va kondensat zaxiralarini oshirishda N. X. Alimuhamedov, T. L. Bo-bojonov, A. V. Vaxrbov, A. G. Ibroximov. V. A. Kulagin va boshqa bir qancha olim va ishlab chiqarish mutaxassislarining hissasi bor.

Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toi-fasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Hozirgi neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 yildan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. 14 ta neft konida razvedka ishlari olib borilmoqda va ularning jami zaxirasi 185 mln. t ni tashkil etadi.

Oʻzbekiston regionlari boʻyicha neftning bashoratli resurslari notekis tak,simlanib, ularning asosiy kismi Fargona (74,8%) va Surxondaryo (10,5%) regionlarida mujassamlangan. Fargʻona regionida neftning bashorat qilingan resurslari, asosan, paleogen va neogen yotqiziklarida baholangan.

Buxoro—Xiva regionida neftning bashorat qilingan resurslari yuqori yuraning karbonat yotqiziqlari va quyi boʻrning terrigen yotqiziklari bilan boglik. Oʻrtacha va nisbatan yirik neft konlarining ochilishi Surxondaryo megasinklinalining tuz osti yotqiziqlarida kutilmoqda. Ustyurt regioni Kaspiy oldi sineklizasi bilan taqqoslanganda geologik tuzilishdagi oʻxshashliklar aniklanib, bu regionda paleozoy yotqiziqlarining neftliligini baholash imkonini berdi.

Oʻzbekistonda neft qazib olish uzok, yillik soha boʻlishiga qaramasdan shoʻrolar rejimi davrida oʻz ehtiyojini qoplay olmaganligi sababli har yili 6,0 mln. t neft chetdan olib ke-linar edi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neft qazib olish surʼati dinamik tarzda oʻsib bormoqda (1999 yilda 8,2 mln. t) va suyuq yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj toʻla qoplanmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil