Sergey Shevchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Shevchenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Shevchenko Vyacheslavovich
Tavallud sanasi 17-sebtyabr, 1975-yil Kaliningrad, RSFSR, SSSR
Tavallud joyi RossiyaRossiya
Vafot sanasi 20-iyun 2021-yil (45 yosh) Smolensk, Rossiya
Boʻyi 178 sm
Ampluasi hujumchi, yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990 Sovet Ittifoqi Iskra (Kaliningrad) (KFK)
1993 Rossiya Baltika (1 (0))
1994 Rossiya Baltika-d (6 (3))
1995 Rossiya Iskra (Smolensk) (KFK)
1995-2003 Rossiya Kristall (102 (15))
1997-1998 Belarus Naftan-Devon (33 (6))
1999 Rossiya RUOR-SSKA (KFK)
2002 Rossiya Severstal (2 (0))
2003 Rossiya Kristall-SKA MVO (KFK)
2004 Rossiya Avangard (Kursk) (28 (6))
2005 Armaniston Mika (24 (3))
2006 Rossiya Smolensk (30 (4))
2007-2017 Rossiya Rudnya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Vyacheslavovich Shevchenko[1] (1975-yil 17-sentyabr, Kaliningrad — 2021-yil 20-iyun, Smolensk) — rossiyalik futbolchi, hujumchi, yarim himoyachi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliningradning „Baltika“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Birinchi murabbiyi P. S. Korneyev[2].

1993-yilda „Baltika“ safiida Birinchi liga va Rossiya kubogida bitta oʻyin oʻtkazgan. 1994-yilda „Baltik“ nomidan uchinchi ligada oltita oʻyin oʻtkazib, uchta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Harbiy xizmatni oʻtash uchun SSKA (Rossiya futbol klubi)ning ikkinchi jamoasiga oʻtadi, ammo 1995-yilgi mavsum oldidan jamoa tarqatib yuborilgach, Shevchenko bir muddat kompaniyada xizmat qilishga majbur boʻladi. May oyida Sergey Smolenskning „Iskra“ jamoasiga oʻtib, KFK chempionatida oʻynagan va beshta oʻyinda uchta gol urgan. Shundan soʻng yana ikkinchi liganing SSK VVS „Kristal“ jamoasiga oʻtgan. Oʻsha yillarda yuqori raqobat tufayli jamoadagi aksariyat oʻyinlar toʻliq oʻtkazilmagan. 1997-1998-yillarda esa shartnoma asosida Belarus chempionatida Novopolotsk shahrining „Naftan-Devon“ jamoasida toʻp surgan. Sergey Shevchenko 1999-yilni KFK chempionatida Smolensk RUOR-SSKA tarkibida boshlab, jamoada 11 ta oʻyin oʻtkazgan va 8 gol urgan. 2002-yilda jamoaga rossiyalik murabbiy Aleksandr Iraxin kelganidan soʻng, tajriba oshirish maqsadida „Severstal“ (Cherepovets) jamoasiga yuboriladi va u yerda ikkinchi oʻyindayoq tizza boʻgʻimidan jiddiy jarohat olib, bir yarim yilga oʻyindan chetlatiladi.

  • 2003-yilda futbolchi KFKda „Kristall-SKA MVO“ jamoasida oʻynagan.
  • 2004-yil Kurskning ,,Avangard" jamoasi safida ikkinchi division bahslarida toʻp surgan;
  • 28 ta oʻyinda oltita gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Oilaviy sabablarga koʻra u Kurskni tark etgan. SK „Smolensk“ klubi bosh murabbiyi Sergey Krutelyev bilan kelishuvga erishgan, ammo taklif qilingan maoshdan qoniqmay, shartnomani imzolamagan.

  • 2005-yilni Armaniston chempionatining „Mika“ (Ashtrak, Armaniston futbol klubi) jamoasida oʻtkazgan.
  • 2005/06 yilgi UEFA kubogining birinchi saralash bosqichida ,,Mayns 05"ga qarshi oʻynagan (0:0, 0:4). 2006-yilda ikkinchi divizionda „Smolensk“ safida toʻp surgan, shundan soʻng professional faoliyatini yakunlagan.

2007-yildan boshlab u ,,Rudnya"[3] jamoasi uchun Smolensk viloyati chempionatida oʻynay boshlagan.

  • 2014-yildan 5-sonli oʻsmirlar sport maktabida bolalar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan[4].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Armaniston chempionati kumush medali sovrindori;
  • Armaniston kubogi sohibi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]