Sayyida Zaynab masjidi (Damashq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sayyida Zaynab masjidi (Damashq)
مَسْجِد ٱلسَّيِّدَة زَيْنَب
Masjidning tungi koʻrinishi
Mamlakat  Suriya
Shahar Damashq
Koordinatalar 33°26′40″N 36°20′27″E / 33.44444°N 36.34083°E / 33.44444; 36.34083 G OKoordinatalari: 33°26′40″N 36°20′27″E / 33.44444°N 36.34083°E / 33.44444; 36.34083 G O
Yoʻnalishi shia
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Asosiy sana:
1990
Gumbazlar soni 1

Sayyida Zaynab masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلسَّيِّدَة زَيْنَب) – Suriyaning Damashq shahrining janubiy chekkasida, Sayyida Zaynab shahrida joylashgan masjid. Oʻn ikki shia anʼanalariga koʻra, masjidda Ali va Fotimaning qizi hamda Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi Zaynabning qabri joylashgan. Ismoiliy shia anʼanalariga koʻra, Zaynabning qabrini Misrning Qohira shahridagi xuddi shu nomdagi masjidga qoʻyishgan. Qabr 1980-yillardan boshlab Suriyadagi oʻn ikki diniy tadqiqotlar markaziga va musulmon dunyosidagi oʻn ikki shia musulmonlarining ommaviy ziyoratgohiga aylantirilgan. Tashrif buyurishlarning eng yuqori choʻqqisi odatda yozda sodir boʻladi. Qabr joylashgan hududdagi hozirgi masjid 1990-yilda bunyod etilgan[1].

Texnik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayyida Zaynab ziyoratgohi Damashqning janubida joylashgan boʻlib, mazkur hudud Al-Sayyida Zaynab deb ataladi. Bu joy Damashq shahrining Rif viloyati tarkibiga kiradi. Ziyoratgoh binosi kvadrat rejali katta hovlidan iborat. U gumbaz va ikkita baland minorani oʻz ichiga oladi. Minoralar, hovli va ayvonlarning devorlari eronlik rassomlar tomonidan koshinlar bilan bezatilgan, ziyoratgohning tomi va devorlari ichkaridan sirlangan, gumbazning tashqi tomoniga tilla suvi yugurtirilgan. Hovlining sharqiy tomonida kichik hovlili Zaynabiy namozxona binosi qurilgan. Muqaddas ziyoratgohning shimoliy tomonida ham yaqinda yangi hovli barpo etildi[2]. Baʼzilar bu ziyoratgohni moʻjizaviy maskan sifatida ham koʻrishadi[3].

Ziyoratgoh XIV asrdan boshlab Murtadaning oilasi (arabcha: آلُ مُرْتَضَى) himoyasiga olingan.[ <span title="This claim needs references to reliable sources. (January 2019)">iqtibos kerak</span> ] Moliyaviy jihatdan, ziyoratgoh 1979-yildan keyin asosan Eron hukumati tomonidan moliyalashtirilgan[4]. Oilaning moliyaviy sarmoyasini hisobga olgan holatda, ziyoratgoh va namozxonning mafkuraviy yoʻnalishi Oyatulloh Xomonaiyga ergashgan boʻladi. Livan Hizbullohi ziyoratgohda bir nechta plakat va toʻplamlarni namoyish etgan.

Sayyida Zaynab ziyoratgohi va uning atrofidagi qabristonlarda Sayid Mohsin Amin Ameliy, Sayyid Husayn Yusuf Maki Ameli kabi bir qancha shia olimlari va taniqli shaxslar dafn etilgan[2]. 1979-yilgi islom inqilobining eronlik mafkurachisi Ali Shariatiy, oʻlimidan oldin Muhammadning avlodi va Imom Alining suyukli qizi Zaynab binti Ali hovlisiga dafn etilishini orzu qilgan edi. Uning ziyoratgohi Sayyida Zaynab masjidida joylashgan boʻlib, koʻplab eronlik ziyoratchilar tomonidan muntazam ravishda ziyorat qilinadi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 27-sentyabrda masjidga olib boruvchi chorrahada bomba oʻrnatilgan avtomobilga hujum uyushtirilgan, natijada 17 kishi halok boʻlgan[5][6].

2012-yil 14-iyun kuni shaharda bomba oʻrnatilgan xudkush mashinasiga hujum uyushtiriladi va 14 nafarga yaqin kishi ogʻir yaralandi[ <span title="This claim needs references to reliable sources. (December 2020)">iqtibos kerak</span> ]

2012-yil yozining oʻrtalaridan buyon shaharcha qoʻshni sunniy shaharlardagi qurolli jangarilar tomonidan koʻplab hujumlarga uchragan. Bir qator shia va hukumatparast oilalar Damashq janubidagi uylaridan haydab chiqarilgan hamda Sayyida Zaynabga boshpana izlab kelgan. Asosan shialar istiqomat qiladigan bu shaharchada otishmalar tez-tez sodir boʻladi, shaharning turli joylariga tasodifiy raketalar tushishi odatiy holga aylangan.

2016-yilning 31-yanvarida ziyoratgoh yaqinidagi Koa-sodhda hududidagi uchta portlashda kamida 70 kishi halok boʻlgan[7][8]. Yana kamida 110 kishi portlashlar natijasida yaralangan, bu hodisaga avtomobillarga oʻrnatilgan bombalar sabab boʻlgan[9].

2016-yilning 21-fevralida, yanvar hujumlaridan bir oy oʻtmay, yana bir qator portlashlar amalga oshirilib, ularning oqibatida 130 dan ortiq odam halok boʻlgan, 180 kishi yaralangan[10].

2022-yil 21-maydagi Times of Israel gazetasining tvitterdagi akkauntida, Isroilning Suriyadagi harbiy harakatlariga tayanib quyidagini: „Zarba Damashq janubidagi Sayyida Zaynab chekkasidagi obyektlarni nishonga olgan“ ligini iddao qilingan[11].

2023-yil 27-iyul kuni Sayyida Zaynab ziyoratgohi yaqinidagi Kou Sudan koʻchasida taksi yonida turgan mototsikl portlab, kamida 6 kishi halok boʻlgan va yana 23 kishi jarohatlangan[12].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Matthiesen, Toby. „Syria: Inventing a Religious War“. The New York Review of Books (2013-yil 12-iyun).
  2. 2,0 2,1 „درباره حرم حضرت زینب(س)“. hajj.ir.
  3. Edith Szanto „Contesting Fragile Saintly Traditions: Miraculous Healing among Twelver Shi‘is in Contemporary Syria“,. Politics of Worship in the Contemporary Middle East: Sainthood in Fragile States Andreas Bandak: . Leiden, the Netherlands: Brill, 2013 — 33–52 bet. 
  4. 4,0 4,1 Sabrina MERVIN, " Sayyida Zaynab, Banlieue de Damas ou nouvelle ville sainte chiite ? ", Cahiers d’Etudes sur la Méditerranée Orientale et le monde Turco-Iranien [Online], 22 | 1996, Online since 01 March 2005, connection on 19 October 2014. URL : http://cemoti.revues.org/138
  5. „Syria condemns Damascus car bombing as "cowardly terrorist act"“. Xinhua (2008-yil 27-sentyabr). 2008-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-sentyabr.
  6. Aji, Albert; Mroue, Bassem. „Car bomb kills 17 in tightly controlled Syria“. Associated Press (2008-yil 27-sentyabr). 2008-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-sentyabr.
  7. „Suicide car explosion kills 8 and wounds 15 in Sayeda Zainab“. Syrian Observatory For Human Rights. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
  8. „Deadly blast near Syria shrine“. BBC News.
  9. „Several killed in blasts near Syria Sayyida Zeinab shrine“. El Arabiya.
  10. amar. „Nearly 200 people killed in six explosions at Sayeda Zeinab and Zahraa • The Syrian Observatory For Human Rights“ (en-US). The Syrian Observatory For Human Rights (2016-yil 23-fevral). Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  11. „explosions rock syrian capital in alleged israeli airstrikes“. Time of Israel.
  12. m.eyon. „Six citizens killed, 23 others injured in terrorist explosion in Damascus countryside“ (en-US). Syrian Arab News Agency (2023-yil 27-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]