Kontent qismiga oʻtish

Sayyida Ruqayya masjidi

Masjid
Sayyida Ruqayya masjidi
arabcha: مَسْجِد ٱلسَّيِّدة رُقَيَّة
Masjidning umumiy koʻrinishi
Mamlakat Suriya
ShaharDamashq
Koordinatalar33°30′48″N 36°18′26″E / 33.51333°N 36.30722°E / 33.51333; 36.30722
Yoʻnalishishia
Meʼmoriy uslubEron meʼmorchiligi
Gumbazlar soni1
Gumbazlar soni1
Minoralar soni1
Minoralar soni1

Sayyida Ruqayya masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلسَّيِّدة رُقَيَّة) Suriyaning Damashq shahrida joylashgan boʻlib, unda Husayn ibn Alining kichik qizi „Ruqayya“ nomi bilan ham tanilgan Sukaynaning qabri joylashgan[1].

Shia islomiy rivoyatlarida aytilishicha, Karbalo jangi va undan keyin Damashqda boʻlgan mashaqqatli sayohatni boshdan kechirgan Sukayna toʻrt yoshida Yazid qamoqxonasida vafot etgan va usha yerga dafn etilgan. Biroq, yillar oʻtib, qabrini suv bosganidan soʻng, uning qabri qayta ochilgan va jasad hozirgi masjid turgan joyga koʻchirilgan[1]. Masjid 1985-yilda maqbara yaqinida qurilgan boʻlib, Eron meʼmorchiligining zamonaviy koʻrinishini oʻzda namoyish etadi, masjid qurilishida koʻp miqdorda oynadan foydalanish va tilla suvi yugurtirilishi ayni buning isbotidir. Ziyoratgohga tutashgan masjid maydoni, oldida kichik hovli bor. Bu masjid Umaviylar masjidi va Damashq markazidagi al-Hamidiya maydonidan uncha uzoq boʻlmagan masofada joylashgan.

  1. 1 2 „Syria“. Mailviruskid.tripod.com. Qaraldi: 2016-yil 14-oktyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Mailviruskid" defined multiple times with different content

VikiombordaSayyidah Ruqayya Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.