Santiago Canizares

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Santiago Canizares
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi

Jose Santiago Canizares Ruiz

Tugʻilgan sana

1969-yil 18-dekabr(1969-12-18)[1][2]

Fuqaroligi
  • Ispaniya
Boʻyi

181 sm

Ampulasi

darvozabon

Klub yoshlari
Flag Ispanii Puertoyano
1985—1988 Flag IspaniiReal Madrid
Klubdagi faoliyati[* 1]
1988—1998 Flag Ispanii Real Madrid 41 (-43)
1988—1989 Flag Ispanii Real Madrid C ? (-?)
1988—1990 Flag Ispanii Real Madrid Kastilya 35 (-41)
1990—1991 Flag IspaniiElche 7 (-14)
1991—1992 Flag Ispanii Merida 38 (-48)
1992—1994 Flag Ispanii Selta 74 (-81)
1998—2008 Flag Ispanii Valensiya 305 (-281)
Terma jamoada[* 2]
1985—1986 Flag Ispanii Ispaniya (U16) 10 (-?)
1987 Flag Ispanii Ispaniya (U17) 1 (-?)
1986—1988 Flag Ispanii Ispaniya (U18) 8 (-?)
1986—1988 Flag Ispanii Ispaniya (U19) 5 (-5)
1989—1990 Flag Ispanii Ispaniya (U20) 6 (-8)
1990—1991 Flag Ispanii Ispaniya(U21) 3 (-1)
1991—1992 Flag Ispanii Ispaniya (olimp.) 6 (-?)
1992—2006 Flag Ispanii Ispaniya 45 (-26)
Xalqaro medal
Olimpida oʻyinlari
Oltin Barselona 1992 futbol
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Jose Santiago Canizares Ruiz (ispancha: José Santiago Cañizares Ruiz)—ispaniyalik futbol darvozaboni va poyga haydovchisi.1969-yil 18-dekabrda Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan.U Ispaniya terma jamoasi safida 45 ta oʻyin oʻtkazgan.1994,1998,2006-yillardagi jahon chempionatlari hamda,1996,2000,2004-yillardagi Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.1992-yilgi Olimpiada chempioni.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Canizares „Real Madrid“ tarbiyalanuvchisi.1988-yildan 1998-yilgacha Santiago jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlishga harakat qildi.Avvaliga „qaymoqranglilar“ rahbariyati futbolchini ijaraga berdi-"Elche", „Merida“ va „Selta“da (Cañizares Premerada debyut qilgan).1994-yilda Santiago ijaraga olinmadi va Madrid klubida 4 mavsum qoldi.Lekin uzoq vaqt davomida avvaliga Fransisko Buyo,keyinroq Bodo Ilgnerning oʻrinbosari sifatida qoldi.Canizares „Real“ning asosiy darvozaboni boʻlgan birinchi mavsum 1997/98-yilgi mavsum edi.Santiago 26ta,Illgner 12ta oʻyinda maydonga tushgan.

1998-yilda Canizares „Valensiya“ga koʻchib oʻtdi va u yerda faoliyatini tugatayotgan Andoni Zubizarettani alamshtirishi kerak edi.Santiago XX-asr boshlarida milliy va xalqaro maydonda oʻzini koʻrsatgan „Valensiya“ning muhim oʻyinchisi edi.Canisares bilan „koʻrshapalaklar“ 2 martadan chempionlik va mamlakat kubogini qoʻlga kiritdilar, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va UEFA kubogini qoʻlga kiritdi.2007-yil 20-dekabrda „Valensiya“ rahbariyati (mojaroning tashabbuskori oʻsha paytdagi klub bosh murabbiyi Ronald Kuman edi) Canizares (shuningdek, David Albelda va Migel Angulo bilan) bilan shartnomani bekor qildi.2008-yilning bahorida Kuman ishdan boʻshatilgandan soʻng,Canizares jamoaga qaytib, jarohat olgan „Valensiya“ darvozabonlari Timo Xildebrand va Xuan Luis Mora oʻrniga maydonga tushdi.2008-yil 18-mayda Santiago xayrlashuv oʻyinini oʻtkazdi, unda „Valensiya “ „Atletiko Madrid“ni magʻlub etdi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Canizares Ispaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida oʻynagan.Olimpiya terma jamoasining bir qismi sifatida u Ispaniyaning Barselonada boʻlgan Olimpiada o'yinlarida gʻolib chiqdi.

Canizares Ispaniya terma jamoasida 1993-yil 17-noyabrda daniyaliklar bilan JCH-1994 saralash baxsida ispanlarning asosiy darvozaboni Andoni Zubizarreta qizil kartochka olganidan keyin debyut qilgan.Santiago oʻz darvozasini daxlsiz qoldirdi va terma jamoaga raqib ustidan juda muhim gʻalaba qozonishga yordam berdi (1:0).

Koʻpincha terma jamoada Canizares ikkinchi darvozabon boʻlgan."Qizil furiya" safida 45 ta oʻyin oʻtkazgan, atigi 5 tasida jahon va Yevropa chempionatlarida qatnashgan. Santiago 1994-yilgi jahon chempionatida bitta,Yevro-2000da 3 ta va 2006-yilgi jahon chempionatida yana bir oʻyin oʻtkazgan.Shuningdek u Yevro-1996,JCH-1998 va Yevro-2004 uchun qaydnomaga kiritilgan, ammo u bu turnirlarda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan-90-yillarda u Zubizarreta, 2004-yilda Kasilyasning oʻrinbosari boʻlgan.

Shuningdek darvozabon 2002-yilgi jahon chempionatini bemaʼni jarohati tufayli oʻtkazib yuborishi bilan mashhur:oʻz uyida Canizares oyogʻiga odekolon shishasini tashlab,Axilles payini kesib yuboradi[4].Shunga qaramay, darvozabon koʻplab uchrashuvlarda (shu jumladan Koreya Respublikasiga qarshi chorak final oʻyinida, penaltilar seriyasida ispanlar uchun 3:5 hisobida yakunlangan) tomoshabin sifatida qatnashdi.

Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Canizares ikki marta uylangan.Uning yetti farzandi bor, jumladan,Mayte Garsiya bilan ikkinchi nikohidan uch egizak farzandi bor[5].

2018-yil 23-mart kuni Canizares besh yoshli oʻgʻli Santi saraton kasalligidan vafot etganini maʼlum qildi[6].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniya terma jamoasida
"Real Madrid"
„Valensiya“

Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Santiago Cañizares // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Santiago Cañizares // FBref.com (mn.)
  3. Santiago Cañizares inaugura mañana en Puertollano el pabellón con su nombre (isp.) // La Información — Cádiz: 2013.
  4. „Не попавшие в восточный экспресс“. 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  5. „Santiago Cañizares, la aventura de ser padre... de siete hijos“. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
  6. „Muere el hijo de Santiago Cañizares a los cinco años“. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.