Avtomobil sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtomobil sporti, avtomobil poygasi – sport avtomobillari va seriya l i avtomobillarda o‘tkaziladigan poyga, sport turi. Birinchi avtomobil poygasi 1894 yil 18 noyabrda Fransiyada Parij-Ruan-Parij yo‘nalishi bo‘yicha 1200 km masofada o‘tkazilgan. Qoidaga muvofiq tezlik cheklangan (soatiga 12,5 km) edi. Poyga aylanma shosselar, to‘g‘ri shosselar, avtodrom, ippodrom, velo-drom, stadionlarda o‘tkaziladi. Belgi-langan masofada rekord qo‘yish uchun max-sus poygalar ham o‘tkaziladi. Poygada qatnashadigan avtomobillarning xalqaro tasnifi (asosiy mezon – avtomobil ru-sumi va dvigatelning ish hajmi) va texnika talablari vaqt-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Chet elda xahon chempionligi uchun aylanma shosselarda o‘tkaziladigan avto-mobil poygalari va Yevropa chempionli-gi uchun o‘tkaziladigan avtoralli asosiy musobaqalar hisoblanadi. Xalqaro avtomobil federatsiyasi (1904 yil) tashkil etilgan. Jahon birinchiligi 1925 yildan o‘tkazib kelinadi. 1965 yil noyabrda ameri-kalik poygachi Kreg Bridlav reaktiv dvi-gatelli avtomobilda soatiga 966, 554 km tezlikda yo‘l bosib mutlaq rekord qo‘ydi. Avtomobil sporti bo‘yicha sobiq Ittifoq birinchi-ligida Riga shahrida O‘zbekiston jamoasi 1978 yilda birinchi marta qatnashdi. O‘zbekiston sportchilaridan Murodjon Qayumov eng yaxshi natija ko‘rsatdi. 1996 yil O‘zbekistonda birinchi marta Pskent shahri yaqinidagi "Ujniy" avtopoligonda tezlik rekordi o‘rnatildi. V. Ye. Alek-sandrov 100 km masofada o‘rtacha 118 km/soat tezlikka erishdi. 1997 yil shu joyda birinchi marta O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. O‘zbekistonda Avtomobil sportining 264 ta seksiyasi bo‘lib, 22395 kishi sportning shu turi bilan shug‘ullanadi. 116 947 kishi ommaviy sport razryadiga ega, 41 nafar sport ustaligiga nomzod, 10 nafar sport ustasi bor (1997).Karimjon Mahkamjonov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil