Merida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MeridaMeksikaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Yukatan ya.o.da, Yukatan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 703 ming kishi (2000). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dagʻal tolali xeneken (agava) yetishtiriladigan yirik qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Toʻqimachilik (xenekenni qayta ishlash, arq-on ishlab chiqarish), oziq-ovqat, metallsozlik, ip gazlama, koʻn-poyabzal, sement sanoati korxonalari mavjud. Un-t, Yukatan arxeologiyasi va tarixi muzeyi bor. Turistlar koʻp keladi. Shaharga 1542 yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 16—18-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil