Sandiqli choʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sandiqli choʻli - Oʻzbekistonning Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Turkmanistonning Lebap viloyati hududidagi qumli choʻl. Sandiqli choʻli Qizilqumningjanubiy davomi. Shimolida Qorakoʻl vohasi, shimoli-sharq va sharqda Qarshi dashti va Qashqadaryo vohasi, gʻarbda Amudaryogacha pasayib boradi. Gʻarbdan sharqqa 50–70 km, shimolidan jan.ga 70–90 km ga choʻzilgan. Bal. 200–300 m. Yer yuzasining tuzilishi har xil, katta qismini eol relyef shakllari: qum tepalar, doʻng qumlar, qum tekisliklari, barxanlar egallagan boʻlib, ularning uzunligi, eni, balandligi turlichadir. Choʻlda tubi shoʻrxok va takirlar bilan band tovoqsimon botiklar, shuningdek, qir, qum massivlari, platosimon tepaliklar, quruq oʻzanlar uchraydi. Toʻrtlamchi davr qum, gil va shagʻalli yotqiziklaridan tuzilgan. Qir va tepaliklarda bur, paleogen, neogen davrlari togʻ jinslari yer yuzasiga chiqib qolgan. Amudaryoga yaqin qismida siljib yuruvchi barxanlar bor. Iklimi keskin kontinental, iyulning oʻrtacha temperaturasi 28—31°, yanvarniki —1,4°. Yillik yogʻin 120–160 mm. Choʻlda boʻzqoʻngʻir, taqir, qumli, shoʻrxok, och boʻz tuproklar tarqalgan. Oʻsimliklardan saksovul, quyonsuyak, qandim, shoʻra, shuvoq, efemerlar usadi. Hayvonlardan kaltakesak, ilonlar, qum sichqonlari, jayran, tulki, boʻri, qoʻshoyoq, yumronqoziq va boshqa uchraydi.

Sandiqli choʻlidan bahorgi va yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Gaz, neft zaxiralari va shoʻrxoklarda shifobaxsh balchiqlar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil