Said Otaliq madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Said Otaliq madrasasiDenov markazida ikki qavatli qilib qurilgan bu madrasa Buxorodagi Ko'kaldosh, Mirarab madrasalariga o'xshab ketadi. Mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Madrasa 16-asrda Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan. Aytishlaricha, bu zot Bahouddin Naqshbandning kuyovlari bo'lib, u kishining ikki halifalaridan biri. Xoja Alouddin Attor Chag'aniyon viloyatiga 1389-96 yillarda kelib qolganlar va milodiy 1400 yil 18-martda Denovda vafot etganlar. Qabrlari ham shu yerda. Bu yer hozir "Shayx Attor Valiy"yoki "Ostona buva" deyiladi. Qabristonda Xoja Alouddin Attorning keyingi avlodlari, jumladan , u kishining o'g'illari - Shayx Hasan Attoriy , nevaralari Xoja Yusuf Attor ham dafn etilgan. Madrasa ana shu o'g'illari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Madrasa qurilishida usta Ahmat Mamat Buxoriy bosh-qosh bo'lgan. Madrasa poydevorining chuqurligi 5,5 m bo'lib, unga bir necha qator qamish to'shalib, pishgan g'ishtlar gancha bilan alohida usulda terib chiqilgan. Inqilobdan oldingi madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Sho'rolar tuzimi davrida madrasa yopib qo'yilgan. 1991 yildan Said Otaliq madrasasida Hoji Luqmonxon Haydarxon o'g'li tashabusi bilan Islom o'rta diniy ta'limining 4 yillik madrasasi ochildi. Madrasa talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan ta'lim berilmoqda.