Rayhona binti Zayd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rayhona bint Zayd
Moʻminlarning onasi
ريحانة بنت زيد
Tavalludi Nomaʼlum
Vafoti 51 HY; tax. 631
Al-Baqi, Madina, Hijoz (hozirgi kunda Saudiya Arabistoni)
Turmush oʻrtogʻi Muhammad (tq. 627-yildan 631-yil vafotiga qadar (BE) (bahsli)

Rayhona binti Zayd (arabcha: ريحانة بنت زيد) Islom dini paygʻambari Muhammadning soʻnggi ayoli boʻlgan va shuning uchun u „Umm-ul-Muʼminin“ (arabcha: أمّ المؤمنين, rom.:ʾumm al-muʾminīn), yaʼni „Moʻminlarning onasi“ hisoblanadi. Rayhona Banu Nodir qabilasidan boʻlgan yahudiy ayol boʻlib, 627-yilda (5-hijriy) Banu Qurayza voqeasidan keyin Islom dini paygʻambari Muhammad bilan turmush qurgan[1][2][3]. Rayhonaning Muhammad bilan turmush qurgan yoki qurmaganligi baʼzida bahsli mavzu sifatida eʼtirof etiladi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayhona Banu Nodir qabilasida tugʻilgan va turmushga chiqqandan soʻng Banu Qurayza qabilasi aʼzosiga aylangan[4][5].

Ibn Saʼd Rayhona islomni qabul qilganidan keyin Muhammadga turmushga chiqqanligini yozgan[6]. At-Saʼlabiy uning Muhammadning xotini boʻlganini tasdiqlagan va Rayhona uchun mahr toʻlanganiga dalillar keltirgan. Ibn Hojar Muhammad Rayhonaga uylanganidan keyin uy berganiga ishora qiladi[7]. Antonie Wessels Muhammad Rayhona Banu Nodir va Banu Qurayza qabilalari bilan ikki tomonlama aloqadorligi sababli siyosiy sabablarga koʻra turmushga chiqqan deb, Lesley Hazleton esa buni Muhammadning ittifoq tuzganiga dalil deb hisoblagan[8][9]. Aksincha, Barakat Ahmad Rayhona va Muhammadning qoʻshinlari tomonidan har ikki qabilaning yoʻq qilingani tufayli Muhammadning nikohi „maʼnosiz“ degan tushunchani qoʻllab-quvvatlagan[10].

Islom ulamolari orasida Mariya al-Qibtiya singari Rayhonaning ham rasman Muhammadning xotinlaridan biri boʻlganmi degan umumiy fikr mavjud emas[11][12][13][14]. Jumladan, Hofiz ibn Minda va Shibli Noʻmoniylar uning Islom dinini qabul qilganidan keyin Banu Nodirga qaytganini taʼkidlashgan[15].

Rayhona 631-yilda, hajdan 11 kun oʻtib vafot etgan va Muhammadning boshqa ayollari bilan birga Madinadagi Al-Baqi qabristoniga dafn qilingan[16].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tabari, Al (25 September 1990), The last years of the Prophet (translated by Isma'il Qurban Husayn), State University of New York Press, ISBN 9780887066917
  2. Rodinson, Muhammad: Prophet of Islam, p. 213.
  3. Rahman al-Mubarakpuri, Safiur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 189-bet, ISBN 9798694145923 (online).
  4. Rahman al-Mubarakpuri, S. (2005). The Sealed Nectar. Darussalam: Darussalam Editing, p. 201.
  5. Abdul-Rahman, M. S. (2009). Tafsir Ibn Kathir Juz’ 21 (Part 21): Al-Ankabut 46 To Al-Azhab 30. Londra: MSA Publication Limited, p. 213.
  6. Ibn Sa'd. Tabaqat — vol VIII, pg. 92–3 bet. 
  7. Ibn Hajar. Isabaha. Vol. IV, pg. 309.
  8. Ostle, R. C. (1974). "Antonie Wessels: A modern Arabic biography of Muḥammad: a critical study of Muḥhammad Ḥusayn Haykal's Hayāt MuḤammad. xii, 272 pp. Leiden: E. J. Brill, 1972. Guilders 50.". Bulletin of the School of Oriental and African Studies 37 (3): 689–690. doi:10.1017/s0041977x00127673. ISSN 0041-977X. http://dx.doi.org/10.1017/s0041977x00127673. 
  9. Hazleton, Lesley. The first Muslim : the story of Muhammad, New York, 2013. ISBN 978-1-101-60200-3. OCLC 858946813. 
  10. Ahmad, Barakat. Muhammad and the Jews : a re-examination, Indian Institute of Islamic Studies, New Delhi: Vikas, 1979. ISBN 0-7069-0804-X. OCLC 6330142. 
  11. In Search of Muhammad, reprint Bennett: , A&C Black, 1998 — 251 bet. ISBN 9780304704019. 
  12. Fred James Hill. A History of the Islamic World, illustrated, Hippocrene Books, 2003 — 24 bet. ISBN 9780781810159. 
  13. Jerome A. Winer. The Annual of Psychoanalysis, V. 31: Psychoanalysis and History Winer: . Routledge, 2013 — 216 bet. ISBN 9781134911820. 
  14. David S. Powers. Muhammad Is Not the Father of Any of Your Men: The Making of the Last Prophet. University of Pennsylvania Press, 2011 — 8 bet. ISBN 9780812205572. 
  15. Nomani, Shibli (1979). The Life of the Prophet. Vol. II, pg. 125–6
  16. al-Halabi, Nur al-Din. Sirat-i-Halbiyyah. Uttar Pradesh: Idarah Qasmiyyah Deoband — vol 2, part 12, pg. 90 bet.  Translated by Muhammad Aslam Qasmi.