Juvayriya binti al-Horis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juvayriya binti Horis
Moʻminlarning onasi
جویریة بنت الحارث
Tavalludi
Barrah binti al-Horis[1]
بَرَّة بنت الحارث

tax. 608 CE
Vafoti Rabiulavval 56 HY; tax. 676-yil aprel BE
Jannat ul-Baqiy, Madina, Hijoz, Umaviylar xalifaligi
(hozirgi kunda Saudiya Arabistoni)
Unvoni

Umm-ul-Muʼminin;

Islom dini paygʻambari Muhammadning sakkizinchi xotini
Turmush oʻrtogʻi
  • Mustafo ibn Safvon (627-yilda vafot etgan, musulmonlarga qarshi jangda halok bo‘lgan)
  • Muhammad (tq. 627-628; 632-yilda vafot etgan)
Otasi Al-Horis ibn Abu Diror

Juvayriya binti al-Horis (arabcha: جويرية بنت الحارث, rom.: Juwayriyyah bint al-Ḥārith; tax. 608—676) Islom dini paygʻambari Muhammadning sakkizinchi xotini boʻlgan va shuning uchun u „Umm-ul-Mu’minin“ (arabcha: أمّ المؤمنين, rom.:ʾumm al-muʾminīn), yaʼni „Moʻminlarning onasi“ hisoblanadi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juvayriya binti Horis Banu Mustaliq qabilasi boshligʻi Al-Horis ibn Abu Dirorning qizi boʻlib, uning otasi Muhammad qoʻshinlariga qarshi boʻlgan jangda qabilasi bilan magʻlub boʻlgan.

Musulmonlar va Banu Mustaliqlar oʻrtasidagi ziddiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Zu Qarad (Gʻoba) gʻazotidan qaytganidan ikki oy oʻtgach, Banu al-Mustaliq qabilasi unga hujum qilishga hozirlik koʻrayotgani haqidagi mish-mishlarni eshita boshlaydi va buni tasdiqlash uchun Burayda ibn al-Hasib al-Aslamiy ismli josusni yuboradi. Banu al-Mustaliq qabilasidagilar ham Muhammad ularga hujum qilishga tayyorlanayotganiga ishongan. Shuning uchun ular ham oʻz navbatida musulmonlarning pozitsiyalarini oʻrganish uchun bir josus razvedkachi yuboradilar, lekin josus Muhammad jangchilari tomonidan qoʻlga olinadi va oʻldiriladi.

Ikki qoʻshin dengiz boʻyida, Makkadan bir oz uzoqroq masofada joylashgan Al-Muraysiya nomli qishloqda qoʻnim topadi. Ular bir soat davomida kamon va oʻqlar yordamida jang qilishdi, keyin musulmonlar shiddat bilan oldinga siljishdi, ular Al-Mustaliqni oʻrab olishadi va butun qabilani oilalari, chorva mollari hamda qoʻylari bilan asirga oladilar. Jang musulmonlarning toʻliq gʻalabasi bilan yakunlanadi. Ikki yuz oila asirga olinadi, ikki yuzta tuya, besh ming qoʻy, echki, shuningdek, katta miqdordagi uy-roʻzgʻor buyumlari oʻlja sifatida qoʻlga kiritiladi. Uy-roʻzgʻor buyumlari kim oshdi savdosida eng yuqori narx taklif qilgan shaxsga sotilgan.

Mustaliq jangda jami oʻn kishidan judo boʻldi. Faqatgina bir musulmon bir yordamchi tomonidan xatolik natijasida oʻldirilgan. Asir olinganlardan biri esa Banu al-Mustaliq qabilasining qizi Juvayriya binti al-Horis edi. 

Muhammadga turmushga chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng kam talofatlar bilan musulmon qoʻshinlari gʻalaba qozondi. Koʻp asirlar orasida Juvayriya ham bor edi, uning eri Mustafo ibn Safvon jangda halok boʻlgan. Juvayriya dastlab Muhammadning hamrohi Sobit ibn Qays ibn ash-Shammasning asirlari orasiga tushdi. Bundan qiynalgan Juvayriya Muhammad paygʻambardan oʻzini Ash-Shammasning asirlari orasidan qutqarishni soʻragan. Muhammad unga turmushga chiqishni taklif qiladi va natijada Juvayriyani Sobit ibn Qays qulligidan ozod qiladi. Bu ishdan keyin uning qoʻlga olingan qabilasining ahvoli yaxshilanadi[2].

Bu voqeaning batafsil tasviri:

„Birinchi imkondayoq (qoʻlga olinganidan keyin) Juvayriya paygʻambarning huzuriga borib, u zotga oʻz ahvolini bayon etadi. U boshliqning qizi ekanligini, buyruq berishga oʻrganganini va oʻzining baxtsiz taqdiri tufayli bu nochor ahvolga tushib qolganini aytdi. U goʻyo oltindan yasalgan taxtdan tuproqqa qulagan edi... Shunday ekan, qanday qilib qul sifatida hayot kechirishi mumkin edi? U Muhammad paygʻambardan oʻzini qanday ayanchli va nochor ahvolga tushib qolganini tushunishlarini soʻradi.

Muhammad uning qaygʻuli iltijosidan taʼsirlanib, fidya sifatida uning xonadoniga aʼzo boʻlishga xohishi borligini soʻradi va shu orqali u ozod ayol boʻlib yashashini bildirdi. Juvayriya hech qachon tushida ham bu taklifni kutmagan edi. Oʻzining mavqeidagi bu kutilmagan yuksalishdan qattiq taʼsirlanib, u buni qabul qilishdan xursand boʻlishini aytdi“[3].

Biroz vaqt oʻtgach, Juvayriyaning otasi va qabilasining ozod qilingan barcha erkaklari ham Islomni oʻz dinlari sifatida qabul qilgan.

Binobarin, u 58 yoshli Islom paygʻambari Muhammadga turmushga chiqdi va Juvayriya bu paytda 20 yoshda edi[4], shuning uchun nikohni 627-628-yillarda boʻlgan degan xulosaga kelish mumkin[5]. U paygʻambar bilan toʻrt yil turmush qurdi va undan keyin vafot etdi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juvayriya hijratning 50-yilida oltmish besh yoshida vafot etdi va Muhammadning boshqa xotinlari qatori Jannat ul-Baqiyga dafn qilindi[6].

Uning fazilatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juvayriya juda goʻzal va nafosatli deb taʼriflangan:

  • U yahudiy qizi sifatida tarbiyalangan. Arabistonlik yahudiylar badavlat edilar va ularning bolalari, ilk musulmon bolalaridan farqli oʻlaroq, savodli edilar. Juvariya hashamat bagʻrida oʻsgan nafosatli yahudiy qiz boʻlib, malika sifatida barcha nazokat va nafosatlarga ega edi. Aqlli, bilimli va dono ayol til hamda adabiy uslubni puxta egallagan. Bu zamonaviy arablar tomonidan juda qadrlangan yutuq edi[7].
  • [Juvayriyani] koʻrganlarning hammasi uning ajoyib goʻzalligidan lol qoldilar. Oʻsha davrning eng ilgʻor oilalaridan birida oʻsgan qiz nafaqat goʻzal, balki nafis, dilbar va ravon soʻzli edi[8].
  • Muhammad paygʻambarning uchinchi xotini Oysha Juvayriyani birinchi marta koʻrganida uni „peridek goʻzal“ deb taʼriflagani aytiladi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. لبابة الطاهر حسين، محاضرات في الحديث التحليلي، ص46 (Wayback Machine saytida 15 May 2020 sanasida arxivlangan)
  2. Alfred Guillaume, The Life of Muhammad: A Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah, 490-493-bet.
  3. Mahmood Ahmad Ghadanfar, Great Woman of Islam, 108-109-bet.
  4. Juwayriyya bint al-Harith
  5. Juwayriyya bint al-Harith (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) – The Oxford Dictionary of Islam
  6. Ghadanfar, 110-bet.
  7. Ghadanfar, 107-bet.
  8. Ghadanfar, 108-bet.
  9. Ghadanfar, 109-bet.