Novqat (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Novqat

qirgʻizcha: Ноокат
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
40°16′0″N 72°36′0″E / 40.26667°N 72.60000°E / 40.26667; 72.60000 G OKoordinatalari: 40°16′0″N 72°36′0″E / 40.26667°N 72.60000°E / 40.26667; 72.60000 G O
Mamlakat Qirgʻiziston
viloyat Oʻsh viloyati
Tuman Novqat tumani
Hukumat
Asos solingan 1928
Qachondan beri shahar 2003
Maydon 326 km2 (126 mi²)
Markazi balandligi 1802 m
Rasmiy til(lar)i qirgʻiz
Aholisi
 (2009)
14 371[1]
Milliy tarkib oʻzbeklar, qirgʻizlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 3230
Pochta indeks(lar)i 723400723401 723402
Avtomobil kodi O
Novqat xaritada
Novqat
Novqat

Novqat (qirgʻizcha: Ноокат) — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidagi shahar. Novqat tumaning maʻmuriy markazi.

Jug'rofiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Oʻsh viloyatining shimoliy-sharq qismida, O'sh shahri markazining 43 km janubi-g'arbi tomonida joylashgan. Yaqin temir yo'l stansiyasi shahardan 46 km masofada O'sh shahrida joylashgan. Eng yaqin halqaro aeroport masofasi 48 km bo'lib, u ham O'sh shahrida joylashgan.. Shahar orqali O'sh — Botken — Isfana avtomobil yo'li o'tadi. Bu yo'l 2014-yilgacha judayam yomon ahvolda bo'lib, aholi yurish uchun juda ko'p qiyinchilikka duch kelgan. 2014-yilda davlat sarmoyasi bilan yo'l qayta qurib bitkazilgan. Hozirda Qirg'iziston janubini asosiy bog'lab turgan bu yo'l orqali, mashina qatnovlari juda ko'pligidan, Novqat shahri markazida har kuni chidab bo'lmas yo'l tirbandliklari yuzaga kelgan. Davlat rasmiylari esa bunga hali yechim topganicha yo'q. [2] Novqat shahri dengiz sathidan 1802 m balandlikda joylashgan. Qish faslida havo iliq. Barcha fasllarda havo mo'tadil bo'ladi [2]

Tarih[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Novqat markazi 1928-yildan Eski-novqat tumani deb atalgan, 2003-yildan boshlab — Novqat shahar nomini olgan.[3]

Aholisi (2009) — 14 371 kishi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Перепись населения Киргизии 2009. Ошская область (PDF), 2011-08-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2011-08-10
  2. 2,0 2,1 Дороги по маршрутам Ош—Исфана и Ош—Ноокат—Исфана находятся в плохом состоянии, - депутат А.Бекматов
  3. Сайт Ассоциации городов Кыргызской Республики, 2008-05-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-06