Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Talas (maʼnolari).
Talas — Qirgʻizistondagi shahar (1944-yildan). Talas viloyati markazi. Talas daryosi vodiysida, dare boʻyida. Taroz temir yoʻl stansiyasidan 90 km. 1280 m balandlikda. Taroz temir yoʻl stansiyasi va Bishkek bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 32,6 ming kishi (1999). Yogʻmoy zavodi, non kombinati, pivo zavodi, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik fabrikasi, Bishkek poyabzal ishlab chiqarish. birlashmasi filiali, GES bor.
Millatlar tarkibi: qirg'izlar — 29 288 kishi (88,9 %) ruslar — 2127 kishi (6,6 %) oʻzbeklar — 435 kishi 1,3 %) ukrainlar — 239 kishi (0,7 %) olmonlar — 214 kishi (0,6 %) turklar — 158 kishi (0,5 %), qozoqlar — 155 kishi (0,5 %).