Moylisuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MoylisuvFargʻona vodiysidagi dare (suvi tarkibida neft bulganidan dare M. deb atalgan). Fargʻona tizmasidagi Boyboshota togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi Katmonkoʻl kulidan (4000 m), Kerey nomi bilan boshlanadi. Sarasuvsoy, Mustu, Samandiq, Saribiya, Asivaz soylari bilan qoʻshilib M.ni qosil qiladi. Uz. 87 km, eng yirik irmogʻi bilan 107 km. Havzasi 748 km². M. yuqori oqimida Koʻprikboshi qishlogʻigacha chuqur doirasimon vodiysida, Izboskan qishlogʻigacha adirlardan (balandligi 1000–1500 m) oqadi. Qor, yomgʻir va buloqlardan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 9,15 m³/sek. Martdan avgustgacha M. sersuv boʻladi (77,6%). Andijon viloyatining Izboskan tumani yerlarini sugʻoradi. Soy vodiysida Qirgʻizistonning Moylisoy shahri, Koʻktosh shaharchasi va Oʻzbekistonning Izboskan qishlogʻi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil