Koʻkyongʻoq
Koʻk-Yongʻoq qirgʻizcha: Көк-Жаңгак | |
---|---|
shahar | |
41°02′0″N 73°12′0″E / 41.03333°N 73.20000°E G OKoordinatalari: 41°02′0″N 73°12′0″E / 41.03333°N 73.20000°E G O | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
viloyat | Jalolobod viloyati |
Hukumat | |
Asos solingan | 1910 |
Avvalgi nomlari | Кок-Янгак |
Qachondan beri shahar | 1943 |
Maydon | 1,213 km2 (468 mi²) |
Markazi balandligi | 1 200-1 450 m |
Rasmiy til(lar)i | qirgʻiz tili |
Aholisi (2017) |
10 500 |
Zichligi | 11 400[1] kishi/km2 |
Milliy tarkib | qirgʻizlar, oʻzbeklar, va boshqalar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +9963743 |
|
Koʻk-Yongʻoq (qirgʻizcha: Көк-Жаңгак) — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi. 1500 m balandlikda, Fargʻona tizmasining gʻarbiy etagidagi Surentepa togʻ yon bagʻrida, Qoʻrgʻontosh daryosi sohilida joylashgan. Jalolobod shahridan 28 km, Oʻsh shahridan 88 km uzoqlikda. Yanvarda oʻrtacha harorat —10°, iyulniki 20°. Yiliga 400 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 11 ming kishiga yaqin (2000). 1910 yшдda toshkoʻmir konining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Toshkoʻmir qazib olinadi. Transport va iqtisodiy aloqalar avtomobil va temir yoʻl orqali amalga oshiriladi. Tikuvchilik fabrikasi, non zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar bilim yurti, 3 kutubxona, kasalxona, poliklinika bor.[2]
Aholisi (2017) — 11,4 ming kishi.[3]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 2017-жылдагы Кыргыз Республикасынын облустарынын, райондорунун, шаарларынын, шаар тибиндеги кыштактарынын калкынын саны, Численность населения Кыргызской Республики на 1 января 2017 года
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2017-жылдагы Кыргыз Республикасынын облустарынын, райондорунун, шаарларынын, шаар тибиндеги кыштактарынын калкынын саны, Численность населения Кыргызской Республики на 1 января 2017 года
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |