Qora qoʻyunlilar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora quyunlilar davlati — oʻrta asrlarda Ozarbayjon va Gʻarbiy Erondagi davlat (141068). Bahorlu qabilasi yetakchiligida koʻchmanchi turkoʻgʻuz qabilalari birlashmasi tomonidan barpo etilgan. Bu qabilalar dastlab (14-asr) Van koʻlining sharqiy hududida yashaganlar. Amir Temur Gʻarbiy Osiyoga harbiy yurish qilganida qora qoʻyunlilar (qora qoʻylilar) qabilalari Sohibqiron va uning ittifoqchisi oq qoʻyunlilarta. qarshi kurashganlar. Qora qoʻyunlilar Usmoniylar va Jaloyiriylar davlatini qoʻllab-quvvatlashgan. Amir Temur vafotidan soʻng qora qoʻyunlilar sardori Qora Yusuf jaloyiriylarga Mironshohni yengishda yordam bergan (1408), biroq keyinchalik Jaloyiriylar bilan nizolashib, ular qoʻshinini Tabriz yaqinida tor-mor keltirgan (1410), Ozarbayjon (Kura daryosining jan.dagi yerlar), Iroq, Armanistonni egallab olgan. Qora Yusuf (1410—20) va Iskandar (1420—37) davrida Qora qoʻyunlilar davlatid. temuriylar, shirvonshohlar va Gruziya bilan urushlar olib borgan. 1435 yil Shohrux shirvonshoh bilan birgalikda Qora qoʻyunlilar davlatid. qoʻshinini tor-mor keltirgan. temuriylarga tobelikni tan olishga majbur boʻlgan Jahonshoh (1437—67) taxtga oʻtqazilgan. Shohrux vafotidan soʻng (1447) Jahonshoh oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 145357 yillarda qora qoʻyunlilar Gʻarbiy Eronni bosib olishgan. 1467 yil Jahonshoh qoʻshini oq qoʻtonlilar tomonidan tor-mor keltirilgan, Jahonshoh oʻldirilgan. 1468-yil Qora qoʻyunlilar davlatid. hududi Oq qoʻyunlilar davlati tarkibiga qoʻshib olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]