Qiziltepa tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qiziltepa tumani
Кызылтепинский район
tuman
Tarkibida Navoiy viloyati
Maʼmuriy markazi Qiziltepa
Rasmiy tili Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99879
Pochta indeksi 210400
Internet domeni uz
Avtomobil raqami kodi 85
Rasmiy sayti http://qiziltepa.uz/
Xaritada
Qiziltepa tumani xaritada
Koordinatalari: 40°2′10″N 64°51′1″E / 40.03611°N 64.85028°E / 40.03611; 64.85028 G O

Qiziltepa tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevral da tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Gʻijduvon tumaniga qoʻshilgan. 1970-yil 7-dekabrda qaytadan tashkil etilgan. Shimoliy dan Konimex, Navbahor tumanlari, shimoli-sharqsan Karmana tumani, sharqdan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, janubidan Buxoro viloyatining Kogon tumani, gʻarbdan Buxoro, Vobkent va Gʻijduvon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km². Aholisi 112,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Qiziltepa), 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Arabon, Boʻston, Vangʻozi, Gardiyon, Zarmitvn, Oqoltin, Xoʻjahasan, Yangihayot) bor. Markazi — Qiziltepa shahriTabiati. Tuman hududi Zarafshon vodiysining janubi-gʻarbidagi kambar tekislikda. Qiziltepa va Oftobachi platolari orasida, Hazora darasi boʻylab ketgan Zarafshon daryosining ikki qirgʻoq havzasi, Shohrud va Abu Muslim shohariqlari orasidagi hududlarda joylashgan. Shimolidan tuman hududiga Qizilqumning kichik bir qismi kirib kelgan. Voha Zarafshonning chap sohili boʻylab Malikchoʻl, Qiziltepa, Quyimozor adirlari, janubidan Qarnob choʻli bilan tutashgan. Gʻarbdan voha Shohrud kanali oʻzani bilan chegaralangan. Tumanning shimoliy chegarasi boʻylab Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Toʻdakoʻl, Quyimozor suv omborlari, suv toʻgʻoni qurilgan, Amu — Buxoro kanali (Qiziltepa va Quyimozor nasos stansiyalari) tuman hududi orqali oʻtgan. Tuman hududining Malikchoʻl, Oʻrtachoʻl, shimolidan Qizilqum choʻllariga tutashligi iqlimga katta taʼsir koʻrsatadi, yozi jazirama issiq boʻlib, tez-tez garmsel esadi; qishi ancha ayoz. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0,4°, eng past temperatura — 24°. Iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 28,3°, eng yuqori temperatura 44°. Yiliga oʻrtatushadi. Vegetatsiya davri 212 kun. Tuproqlari och boʻz, oʻtloqi boʻz, qumoq boʻz tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayran va jayra uchraydi; qushlardan soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq, toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak va boshqalar; sudralib yuruvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqalar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, tatar, ukrain, arman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 51,9 kishi. Shahar aholisi 12 ming kishi, qishloq aholisi 100,4 ming kishi.

Xoʻjaligi. Paxta tozalash, un, gʻisht zavodlari, neft mahsulotlari sakdash korxonasi, parrandachilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, mahalliy sanoat, aloqa va transport korxonalari ishlab turibdi. 3 koʻshma, 55 kichik, 1500 dan ortiq savdo va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari mavjud. Qiziltepa (tuman, Navoiy viloyati)ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik va gʻallachilik, shuningdek, chorvachilik ham rivojlangan. 13 shirkat, 663 fermer xoʻjaligi bor. Sugʻoriladigan yerlar 32,5 ming ga ni tashkil etadi. Shu jumladan, 9,3 ming ga dan ziyod yerga paxta, 9,8 ming gektarga yakin yerga gʻalla, 107 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 15 ga yerga kartoshka, 230 ga yerga beda ekiladi. 625 ga yer bogʻlardan iborat. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 52,5 ming qoramol, 78,3 ming qoʻy va echki, 193,9 ming parranda, shuningdek, yilqi ham boqiladi.

Tumandagi 38 umumiy taʼlim maktabida 29 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi (2004). 2 litsey, internat maktabi, musiqa va sanʼat maktabi, 6 kasb-hunar kolleji va 1 kasb-hunar kolleji filiali bor. 44 kutubxona, 8 klub, 3 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, muzey faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud.

2 kasalxona, 2 poliklinika, 3 ambulatoriya, 31 qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 39 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu tibbiy muassasalarda 77 vrach va 320 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidagi qishloqlarda hunarmandchilik qadimiy dan rivojlangan. Kulolchilik buyumlari, boʻyra va h. k. tayyorlanadi.

Qiziltepa (tuman, Navoiy viloyati) hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Qiziltepa — Navoiy yoʻnalishida, shuningdek, Gʻijduvon, Shofirkon. Vobkent sh lariga avtobus va marshruii taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Toshmasjid majmuasi (16-asr), Xoja Boyazid Bistomiy maqbarasi va boshqalar bor. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy (19-asr), ulamo Xoja Hasan Andoqiylar (11 —12-asrlar) shu tuman hududida tugʻilgan.

1971-yildan „Qiziltepa tongi“ tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 8000). Qahramon Rajabov.

Gʻijduvon tumaniga qoʻshilgan. 1970-yil 7-dekabrda qaytadan tashkil etilgan. Shimol dan Konimex, Navbahor tumanlari, shimoli-sharqdan Karmana tumani, sharqdan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, janubdan Buxoro viloyatining Kogon tumani, gʻarbdan Buxoro, Vobkent va Gʻijduvon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km². Aholisi 112,4 ming kishi (2004).[1]

Tumanda 1 shahar (Qiziltepa), 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Arabon, Boʻston, Vangʻozi, Gardiyon, Zarmitvn, Oqoltin, Xoʻjahasan, Yangihayot) bor. Markazi — Qiziltepa shahri.[1]

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududi Zarafshon vodiysining janubi-gʻarbidagi kambar tekislikda. Qiziltepa va Oftobachi platolari orasida, Hazora darasi boʻylab ketgan Zarafshon daryosining ikki qirgʻoq havzasi, Shohrud va Abu Muslim shohariqlari orasidagi hududlarda joylashgan. Shimoldan tuman hududiga Qizilqumning kichik bir qismi kirib kelgan. Voha Zarafshonning chap sohili boʻylab Malikchoʻl, Qiziltepa, Quyimozor adirlari, janubdan Qarnob choʻli bilan tutashgan. Gʻarbdan voha Shohrud kanali oʻzani bilan chegaralangan. Tumanning shimoli chegarasi boʻylab Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Toʻdakoʻl, Quyimozor suv omborlari, suv toʻgʻoni qurilgan, Amu — Buxoro kanali (Qiziltepa va Quyimozor nasos stansiyalari) tuman hududi orqali oʻtgan. Tuman hududining Malikchoʻl, Oʻrtachoʻl, shimolidan Qizilqum choʻllariga tutashligi iqlimga katta taʼsir koʻrsatadi, yozi jazirama issiq boʻlib, tez-tez garmsel esadi; qishi ancha ayoz. Yanvar oyining oʻrtacha tempraturasi 0,4°, eng past tempratura — 24°. Iyul oyining oʻrtacha tempraturasi 28,3°, eng yuqori temraturara 44°. Yiliga oʻrtatushadi. Vegetatsiya davri 212 kun. Tuproqlari och boʻz, oʻtloqi boʻz, qumoq boʻz tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayran va jayra uchraydi; qushlardan soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq, toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak va boshqalar; sudralib yuruvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqalar bor.[1]

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, tatar, ukrain, arman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 51,9 kishi. Shahar aholisi 12 ming kishi, qishloq aholisi 100,4 ming kishi.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxta tozalash, un, gʻisht zavodlari, neft mahsulotlari sakdash korxonasi, parrandachilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, mahalliy sanoat, aloqa va transport korxonalari ishlab turibdi. 3 koʻshma, 55 kichik, 1500 dan ortiq savdo va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining etakchi tarmogʻi — paxtachilik va gʻallachilik, shuningdek, chorvachilik ham rivojlangan. 13 shirkat, 663 fermer xoʻjaligi bor. Sugʻoriladigan yerlar 32,5 ming ga ni tashkil etadi. Shu jumladan, 9,3 ming ga dan ziyod yerga paxta, 9,8 ming gektarga yakin yerga gʻalla, 107 ga erga sabzavot va poliz ekinlari, 15 ga erga kartoshka, 230 ga erga beda ekiladi. 625 ga er bogʻlardan iborat. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 52,5 ming qoramol, 78,3 ming qoʻy va echki, 193,9 ming parranda, shuningdek, yilqi ham boqiladi.[1]

Madaniyat taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumandagi 38 umumiy taʼlim maktabida 29 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi (2004). 2 litsey, internat maktabi, musiqa va sanʼat maktabi, 4 kasb-hunar kolleji bor. 44 kutubxona, 8 klub, 3 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, muzey faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud. 2 kasalxona, 2 poliklinika, 3 ambulatoriya, 31 qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 39 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu tibbiy muassasalarda 77 vrach va 320 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidagi qishloqlarda hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Kulolchilik buyumlari, boʻyra va hakozolar tayyorlanadi. Qiziltepa tumani hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Qiziltepa — Navoiy yoʻnalishida, shuningdek, Gʻijduvon, Shofirkon. Vobkent sh lariga avtobus va marshruii taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Toshmasjid majmuasi (16-asr), Xoja Boyazid Bistomiy maqbarasi va boshqalar bor.[1]

OAVlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971 yildan „Qiziltepa tongi“ tuman gazetasi nashr qilinadi.[1]

Tumanda tavallud topganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]



  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 "Qiziltepa tumani". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-yil.