Qirqqiz qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qirqqiz qalʼasi - Surxondaryo viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (910-asrlar); Termiz tumanida (vayrona holida saqlangan). Nima maqsadda qurilganligi (qalʼa, saroy , xonaqoh, karvonsaroy) haqida maʼlumot yoʻq. Oʻrta asrlarda Termiz shahrining tashqarisida joylashganligi qalʼa shahar tashqarisidagi qoʻrgʻon vazifasini oʻtaganligini koʻrsatadi. U dunyo tomonlariga moslab qatʼiy mujassamotda bunyod etilgan. Qala toʻrtburchak tarhli (53,3×54,8 m), 1 qavatli, faqat yoʻlaklar umumiy balandlikda 2 qavatli boʻlib, xom gʻisht (30×30×5 — 5,5 sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu oʻlchamdagi pishiq gʻishtlar ham ishlatilgan; qalin devor bilan oʻralgan (tashqi devor qalinligi 2—2,5 m), burchaklari hajmdor burjlar bilan mustahkamlangan; burjlar oraligʻida toklar bilan yopilgan ayvonlar joylashgan, tarzlariga bir maromda takrorlanuvchi tuynuklar ishlangan. Qalʼaning barcha xonalari va markazdagi sahn (11,5×11,5 m) oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan; markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal boʻlgan deb taxmin qilinadi. Ayvon va yoʻlaklar binoni 4 qismga boʻlgan. Bular: 2 ta bir xil tuzilgan (5 xona va 3 tomonidan oʻralgan yoʻlak, eni 2,1 m) shim.-gʻarbiy va shim.-sharqiy hamla 2 ta jan.-gʻarbiy (2 ga yoʻlakcha bilan bogʻlangan 5 ta xona) va jan.-sharqiy (yoʻlakcha bilan bogʻlangan 2 ta xona va 3 ustunli katta mehmonxona) qismlardir. Yoʻlaklar va xonalar devordagi tuynuklar orqali yoritilgan. Qirqqiz qalʼasi yopmasida balxi hamda kesishgan gumbazsimon toqlar, boshqa turlardagi gumbazlar, toqlar va ravoqlar qoʻllanilgan.

Ogʻzaki maʼlumotlarga koʻra, xalq dostonlarida zikr etilgan dushmanlar hujumini qaytara olgan qahramon qiz Guloyim va uning 40 dugonasi aynan shu yerda yashagan. Shuningdek, 20-asrgacha xalq tomonidan Qirqqiz qalʼasi manzili "Shahri Somon" deb ham atalgan.