Qirgʻiy yapaloqqush
Qirgʻiy yapaloqqush — yapaloqqushlar oilasiga mansub parranda. Shim. Amerika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Oʻrta Osiyoning shim.-sharqiy qismida uchraydi. Tanasininguz. 35— 40 sm, qanoti yoyilganida 70—80 sm, ogʻirligi 250 —370 g. Modasi nariga nisbatan yirik, rangi oʻxshash. Orqasi toʻq qoʻngʻir, oq xolli, qorin qismi oq, qoramtir-qoʻngʻir yapaloqqush. Uyasini daraxtlarga yasaydi yoki boshqa qushlarning uyasidan foydalanadi. 3 tadan 13 ta gacha tuxum qoʻyib, 4 haftacha bosadi. Kemiruvchilar, baʼzan qushlar bilan oziqlanadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |