Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Ikkinchi forma

Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: منتخب قطر لكرة القدم للسيدات) xalqaro ayollar futboli musobaqalarida Qatar sharafini himoya qiladi. Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Qatar Futbol Assotsiatsiyasi (QFA) tomonidan nazorat qilinadi. Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi ayni damda FIFA Jahon reytingida oʻrin egallamay turibdi[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2012-yil.

Qatar jadal modernizatsiyalashni boshdan kechirayotgan konservativ islom davlatidir. Ushbu modernizatsiyaning bir qismi sportni rivojlantirishni ham oʻz ichiga oladi. Masalan, 2022-yilda erkaklar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun Qatarda oʻtkazilishi. Birinchi Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yil oxirida tashkil etilgan boʻlib, Arabiston ayollar kubogi (mintaqadagi birinchi arab ayollar turniri)da debyut qildi. Lekin bu turnir Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun xalqaro miqyosdagi birinchi oʻyin boʻlganligi sababli ham Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi turnirda oxirgi oʻrinni egalladi. Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhdagi Bahrayn, Falastin va Suriya ayollar terma jamoalariga qarshi barcha oʻyinlarda magʻlub boʻldi[3][4][5].

Yangi davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Sobiq germaniyalik futbolchi Monika Staab jamoaning yaxshilanishiga yordam berdi, bu Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining dastlabki ikki gʻalabalarida namoyon boʻldi, shuningdek, Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzaro oʻyinlardagi gollar farqini −7 tagacha qisqartirdi.

2012-yildan 2013-yilgacha Qatar Futbol Assotsiatsiyasi Dohada Janubiy Osiyo va Gʻarbiy Osiyo, jumladan Afgʻoniston, Maldiv orollari va Nepal terma jamoalariga qarshi yettita oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi. Bu oʻyinlarda Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi Maldiv terma jamoasiga qarshi oʻyinda birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Bu oʻrtoqlik oʻyinlari Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasini 2013-yilda FIFA ayollar reytingida 111-oʻringa olib chiqdi.

2014-yil Iordaniyada boʻlib oʻtgan WAFF ayollar chempionati Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun tarixiy debyut boʻldi. Bu turnirda toʻrtta jamoa ishtirok etdi: Qatar Iordaniya, Falastin va Bahrayn. Lekin Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchrab jami hisobda Dana Al-Jassim va Reem Al-Naemi tomonidan ikkita gol urgan va oʻz darvozasidan 19 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Turgʻunlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilgi WAFF ayollar chempionatida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi 18 oydan koʻproq vaqt davomida birorta ham oʻyin oʻtkazmagan holda, FIFA reytingida oʻrinsiz qoldi. Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yil dekabr oyida Amerikaning „ Vashington Spirit“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida[6] va Tolibon bosib olinganidan keyin Afgʻonistondan evakuatsiya qilingan Afgʻoniston ayollar terma jamoasi bilan oʻyinlarda maydonga tushdi va beshta gʻalaba qozondi[7].

Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 19-oktabr holatiga koʻra

Lavozimi Ismi
Bosh murabbiy Qatar Fedha al-Abdulloh[8]
Texnik direktor Boʻsh
Yordamchi murabbiy Boʻsh
Darvozabonlar murabbiyi Boʻsh
Fitnes murabbiyi Boʻsh
Delegatsiya rahbari Boʻsh

Bosh murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismi Murabbiylik davri Turnir
Portugaliya Helena Kosta[9] 2010-2012 2010-yilgi Arabiston kubogi: Sakkizinchi oʻrin (oxirgi)
Germaniya Monika Staab[10] 2012-2014 2014-yilgi WAFF ayollar chempionati: Toʻrtinchi oʻrin (oxirgi)
Qatar Fedha al-Abdulloh 201? — Hozir

Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil aprel oyida 2014-yilgi WAFF ayollar chempionatida quyidagi futbolchilar Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi safida oʻynagan edi.

Raqami Pozitsiyasi Futbolchi Tavalludi (yoshi) Oʻtkazgan oʻyinlar Gollar Klubi
1 1Darvozabon Latifa AlAbbdulla Qatar
12 1Darvozabon Shaima AlSiyabi Qatar Al-Khor SC

2 2Himoyachi Amna Al-Naimi Qatar
3 2Himoyachi Dana Al-Dosari Qatar
11 2Himoyachi Mooza Muaarej Qatar
13 2Himoyachi Zahra Al-Naimi Qatar
14 2Himoyachi Moudhi AlAbdulla Qatar
15 2Himoyachi Asalet Hijazi Qatar
27 2Himoyachi Nasra AlSiyabi Qatar

5 3Yarim himoyachi Dana Al-Jassim Qatar
8 3Yarim himoyachi Asma Al-Sorore Qatar
9 3Yarim himoyachi Kholoud Al-Jassim Qatar Qatar SC
10 3Yarim himoyachi Suaad AlHashemi (captain) Qatar
32 3Yarim himoyachi Duana Khalifa Qatar

4 4Hujumchi Hagar Saleh Qatar
6 4Hujumchi Reem Al-Naemi Qatar
7 4Hujumchi Yasmeen ElHomsany Qatar

Xalqaro musobaqalarda Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1991-yil Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil
Xitoy 2007-yil
Germaniya 2011-yil Kiritilmadi
Kanada 2015-yil
Fransiya 2019-yil
Avstraliya /Yangi Zelandiya 2023-yil
2027 Aniqlanmoqda
Jami 0/9 - - - - - - - -

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Gonkong 1975-yil Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Tayvan bayrogʻi Tayvan 1977-yil
Hindiston 1979-yil
Gonkong 1981-yil
Tailand 1983-yil
Gonkong 1986-yil
Gonkong 1989-yil
Yaponiya 1991-yil
Malayziya 1993-yil
Malayziya 1995-yil
Xitoy 1997-yil
Filippin 1999-yil
Xitoy Taypeyi 2001-yil
Tailand 2003-yil
Avstraliya 2006-yil
Vietnam 2008-yil
Xitoy 2010-yil
Vietnam 2014-yil Qatnashmadi
Iordaniya 2018-yil
Hindiston 2022-yil
Jami 0/20 - - - - - - - -

Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo oʻyinlarida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1990-yil Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Yaponiya 1994-yil
Tailand 1998-yil
Janubiy Koreya 2002-yil
Qatar 2006-yil
Xitoy 2010-yil Kiritilmadi
Janubiy Koreya 2014-yil
Indoneziya 2018
Xitoy 2022 Aniqlanmoqda
Yaponiya 2026
Qatar 2030
Saudiya Arabistoni 2034-yil
Jami 0/10 - - - - - - - -

WAFF ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

WAFF ayollar chempionatida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Davra Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Iordaniya 2005-yil Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Iordaniya 2007-yil
Birlashgan Arab Amirliklari 2010-yil
Birlashgan Arab Amirliklari 2011-yil Kiritilmadi
Iordaniya 2014-yil Guruh bosqichi 4 3 0 0 3 2 19 −17
Bahrayn 2019 Kiritilmadi
Iordaniya 2022
Jami Guruh bosqichi 4 3 0 0 3 2 19 -17

WAFF ayollar chempionatida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan oʻyinlar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arabiston ayollar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arabiston ayollar kubogida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Bahrayn 2010-yil Guruh bosqichi 8 3 0 0 3 0 47 −47
Jami Guruh bosqichi 8 3 0 0 3 0 47 -47

Arabiston ayollar kubogida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan oʻyinlar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlari tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Qatar ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[11].
Raqib terma jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Gʻalaba koʻrsatkichi Konfederatsiya
 Afgʻoniston 2 1 0 1 5 2 +3 50.00 OFK
 Bahrayn 4 0 0 4 2 32 −30 00.00 OFK
 Iordaniya 1 0 0 1 0 7 −7 00.00 OFK
 Kuvayt 1 1 0 0 2 0 +2 100.00 OFK
 Maldiv orollari 3 1 0 2 4 5 −1 33.33 OFK
   Nepal 2 0 0 2 0 9 −9 00.00 OFK
 Falastin 2 0 0 2 0 22 −22 00.00 OFK
 Suriya 1 0 0 1 0 12 −12 00.00 OFK
Jami 16 3 0 13 13 89 -76 18.75

Oxirgi yangilanish: Qatar — Afgʻoniston, 2021-yil 10-noyabr.

 

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]