Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: منتخب سوريا لكرة القدم للسيدات) xalqaro ayollar futboli miqyosida Suriya sharafini himoya qiladigan ayollar futbol milliy terma jamoasi[1].

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda tashkil etilgan. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Suriya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Suriya Futbol Uyushmasi (SFA) tomonidan nazorat qilinadi. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga yoʻllanma olgan ola olmagan. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining eng yaxshi yutugʻi 2005 va 2022-yillardagi Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi ayollar chempionatida uchinchi oʻrinni egallagani boʻldi[2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar futboli Suriyada taxminan 1950-yilda, Shom va Yaqin Sharqdagi birinchi ayollar futbol jamoasi Aleppoda tashkil etilgan paytdan boshlab rivojlana boshladi. Shunga qaramay, Suriyada XXI asr boshlariga qadar ayollar futbol ligasi yoki milliy terma jamoasi tashkil etilmagan.

2005-yilgi G‘arbiy Osiyo chempionatida WAFFda birinchilardan bo‘lib o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazgan Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqa guruh oʻyinlarida Falastin ayollar jamoasi ustidan 4:0, Bahrayn terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Lekin Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda, 23-sentabr kuni Eron ayollar terma jamoasiga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘lganida guruhdagi holat keskin o‘zgardi. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda olti ochko bilan uchinchi oʻrin qoʻlga kiritildi va musobaqani tark etdi[4]. 2007-yilgi WAFF ayollar chempionatida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Eron, Iordaniya va Livan ayollar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda bironta ochko ololmadi va guruhda toʻrtinchi oʻrinni egalladi[5].

2010-yilgi WAFF ayollar chempionatida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi ishtirok etmadi. 2010-yil oktyabr oyida jamoa 2010-yilgi Arabiston ayollar kubogida ishtirok etdi. Turnirda „A“ guruhida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi uch ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu uch ochkoni Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Qatar ayollar terma jamoasi ustidan 12:0 hisobidagi g‘alaba qozonganligi uchun olgan edi. Bu Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro miqyosdagi eng yuqori g‘alabasi bo‘ldi[6].

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining Gʻarbiy Osiyo chempionatidagi navbatdagi ishtirok keyingi yili 2011--yilda boʻlib oʻtdi. Bu safar Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi B guruhda bitta gol urdi va yana oxirgi oʻrinni egalladi[7].

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etdi[8]. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilning aprel oyida Vetnamda boʻlib oʻtgan saralash turnirining „D“ guruhida ham birorta ham gʻalaba qozona olmadi. Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Singapurga 1:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Bundan tashqari Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Vetnam, Myanma va Eron ayollar terma jamoalariga ham katta hisoblarda magʻlub boʻldi[9].

2021-yilda Suriya futbol assotsiatsiyasi Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasini yangilash va rivojlantirishga qaror qildi[10]. Amaldagi Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi va Suriya futbol assotsiatsiyasi ayollar boʻlimi rahbari sobiq futbolchi Nensi Muammar oʻrniga Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasiga Salim Jablaviy bosh murabbiy etib tayinlandi[11].

Jamoa tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaning laqabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Nosour Qasioun (Qasioun burgutlari)“ nomi bilan tanilgan.

Sport toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Suriya erkaklar jamoasi anʼanalariga amal qilgan holda qizil shortik va qizil paypoqli qizil koʻylak kiyadi. Lekin hozirgi taklif etilayotgan oʻzgartirish toʻplami oq rangda. Barcha Suriya futbol federatsiyasi jamoalari singari Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2022-yildan beri ayollar futboli formasini Jako firmasi yetkazib beradi[12].

Toʻplam yetkazib beruvchi firma Homiylik davri
Italiya Diadora 2007-2010
Germaniya Adidas 2011-2014
Italiya Diadora 2016-2018-yillar
Germaniya Adidas 2021-2022
Germaniya Jako 2022-

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 12-avgust holatiga koʻra

Lavozimi Ism
Menejer Suriya Salim Jablaviy
Boshqaruvchi yordamchisi Maha Katrib
Basma Al Ali
Eva Gʻozi
Darvozabonlar murabbiyi Fida Darvish
Fitnes murabbiyi Suriya Mishel Usmon

Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi 23 nafar futbolchi 2022-yil 29-avgustidan 4-sentabrgacha bo‘lgan WAFF ayollar chempionatida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildi[13][14].

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Raneem Abo Lateef 0  SYR Al Nadi Suweida
2 4HJ Shurouk Issa 17-aprel 1999-yil (1999-04-17) (25 yosh)  SYR
3 2HM Elham Kord Oghlan (captain) 16-oktyabr 2002-yil (2002-10-16) (21 yosh) 8 1 (o.g)  SYR Al Wahda
4 3YH Mai Al Jany  SYR Fairooza
5 2HM Mayar Alloush  SYR Jaramana
6 2HM Rema Dibo 0  SYR Al Wahda
7 3YH Roaa Gharib  SYR Fairooza
8 3YH Tala Noureddin  SYR Al Arabi
9 4HJ Haya Halabi  SYR Al Wahda
10 4HJ Rona Aizouk 1 1  SYR Fairooza
11 3YH Marleen Al Milaa 15-mart 1997-yil (1997-03-15) (27 yosh)  SYR
12 2HM Aheen Mohammad  SYR Jaramana
13 3YH Raneem Al Safadi 24-may 2000-yil (2000-05-24) (23 yosh)  SYR Al Arabi
14 3YH Aya Mohammad 8 2  SYR Jaramana
15 2HM Rama Rania Al Halah  SYR Jaramana
16 3YH Maisalon Mahfoud  SYR Fairooza
17 3YH Sedra Khezran  SYR Jaramana
18 4HJ Aysha Hammou 3  SYR Fairooza
19 2HM Razan Khwandi  SYR Fairooza
20 3YH Lana Ibrahem  SYR Fairooza
21 2HM Halaz Haji  SYR Derik Academy
22 1DA Noor Jumaa 14-yanvar 1997-yil (1997-01-14) (27 yosh)  SYR Al Wahda
23 1DA Khuzama Al Melhem  SYR Fairooza
 

Xalqaro musobaqalarda Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi
Mezbon davlat(lar)
va yil
Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Xitoy 1991-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil
Xitoy 2007-yil
Germaniya 2011-yil
Kanada 2015-yil 2014-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash turniri boʻlib xizmat qildi
Fransiya 2019-yil Saralashdan oʻta olmadi 2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash turniri boʻlib xizmat qildi
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Kiritilmadi 2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash turniri boʻlib xizmat qildi
2027 Aniqlanishi uchun 2026-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash turniri boʻlib xizmat qildi
Jami - 0/9 - - - - - Jami - - - - - -

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi
Mezbon davlat(lar)
va yil
Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Kiritilmadi 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi
Avstraliya 2000-yil 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi
Gretsiya 2004-yil Kiritilmadi
Xitoy 2008-yil
Birlashgan Qirollik 2012-yil
Braziliya 2016-yil
Yaponiya 2020-yil
Fransiya 2024-yil Aniqlanmoqda Aniqlanmoqda
Jami - - - - - - - Jami 0 0 0 0 0 0

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Gonkong 1975-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Tayvan bayrogʻi Tayvan 1977-yil
Hindiston 1979-yil
Gonkong 1981-yil
Tailand 1983-yil
Gonkong 1986-yil
Gonkong 1989-yil
Yaponiya 1991-yil
Malayziya 1993-yil
Malayziya 1995-yil
Xitoy 1997-yil
Filippin 1999-yil
Xitoy Taypeyi 2001-yil
Tailand 2003-yil
Avstraliya 2006-yil
Vietnam 2008-yil
Xitoy 2010-yil
Vietnam 2014-yil
Iordaniya 2018-yil Saralashdan oʻta olmadi 5 dan 5 4 0 0 4 0 38
Hindiston 2022-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Jami - - - - - - - Jami 4 0 0 4 0 38

WAFF ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

WAFF ayollar chempionatida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Iordaniya 2005-yil 3-oʻrin 4 2 0 2 6 12 −6
Iordaniya 2007-yil 4-oʻrin 3 0 0 3 1 27 −26
Birlashgan Arab Amirliklari 2010-yil Kiritilmadi
Birlashgan Arab Amirliklari 2011-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 1 11 −10
Iordaniya 2014-yil Kiritilmadi
Bahrayn 2019-yil
Iordaniya 2022-yil 3-oʻrin 3 0 1 2 3 10 −7
Jami 4/7 13 2 1 10 11 60 −49

Arab ayollar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab ayollar kubogida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Misr 2006-yil Guruh bosqichi 3 1 0 2 2 17 −15
Misr 2021-yil Kiritilmadi
Jami 1/2 3 1 0 2 2 17 −15

Arabiston kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arabiston kubogida Suriya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Bahrayn 2010-yil Guruh bosqichi 3 1 0 2 16 8 +8

2022-yil 5-sentabr holatiga ko‘ra, Suriya milliy ayollar futbol terma jamoasining to‘liq rasmiy o‘yin hisobi 33 ta o‘yindan iborat: 7 g‘alaba, 2 durang va 24 mag‘lubiyat[15]. Ushbu uchrashuvlar davomida Suriya milliy ayollar futbol terma jamoasi 39 marta raqib darvozasini ishgʻol qilib, 144 ta gol oʻtkazib yuborgan. Suriyaning eng katta hisobdagi gʻalabali oʻyini 2010-yilda Qatar terma jamoasiga qarshi oʻyinda (12-0) erishilgan 12 ta golli gʻalaba b`olgan[15].

FIFAning jahon reytingida Suriya milliy ayollar futbol terma jamoasining oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 13-oktabr holatiga ko`ra[16]
FIFA Jahon reytingida Suriya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻrni
FIFA reytingi AFC reytingi Yil Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Oʻsish Tushish
Reyting Koʻchish Reyting Koʻchish
157 34 2022 8 2 4 3 157 0 157 0

Suriya milliy ayollar futbol terma jamoasining yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • WAFF ayollar chempionati
3-oʻrin: 2005, 2022

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Syria womenʼs national football team
  2. „West Asian Championship (Women) 2005 (Jordan)“. www.rsssf.com.
  3. „Manba“ (ar). West Asian Football Federation (2022-yil 5-sentyabr). 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  4. „West Asian Championship (Women) 2005 (Jordan)“. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
  5. „West Asian Championship (Women) 2007 (Jordan)“. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
  6. Salomon, Patrick. „Women making soccer history“. Gulf Daily News (2010-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 21-oktyabr.
  7. „West Asian Championship (Women) 2011 (United Arab Emirates)“. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
  8. „Syria determined to push on after their return from the wilderness“. AFC (2017-yil 4-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  9. „2018 AFC Women's Asian Cup“. AFC. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  10. „Manba“ (ar). West Asian Football Federation (2022-yil 5-sentyabr). 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  11. „Natija“ (ar). alghad.com (2022-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  12. „Women with tickets barred from Iran match“. BBC News (2017-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  13. Syria; Squad[sayt ishlamaydi]
  14. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. West Asian Football Federation [@waffootball]. „“ (2022-yil 29-avgust). Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  15. 15,0 15,1 „Syria W - Asia: Results“ (en). www.soccer24.com. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  16. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking – Associations – Syria – Women's“. FIFA. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]