Pterigium

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pterigium
Belgilari Uch burchak shaklidagi to`qimalarning o`sishi, ko`z qizarishi[1]
Mutaxassislik Oftalmologiya
Differensial tashxis Pingviakula
Oldini olish Quyosh nurlaridan saqlovchi ko`zoynaklar[1]
Davolash Jarrohli yo`li bilan davolanadi
Prognoz Yaxshi
Uchrash tezligi 1% dan 33% gacha[2]

Koʻz pterigiumi - konʼyunktiva shilliq qatlamining ichki, shox pardaning tashqi qismidan oʻsib chiquvchi muskulli oʻsimta[1]. Odatda shox pardaning medial qismidan boshlanadi va asta-sekinlik bilan oʻsib boradi[3]. Lekin kamdan-kam hollarda koʻz qorachigʻini yopib qoʻyadigan darajagacha kattalashib, koʻrish funksiyasini buzib qoʻyadigan holatlarga olib keladi[1]. Ikkala koʻzda ham bir xilda uchrashi mumkin[4].

Kasallik kelib chiqishi sababi aniq emas[1]. Lekin xavfli omillari sifatida qisman ultrabinafsha nurlar va changning uzoq muddatli taʼsir qilishini olish mumkin[1][3]. Bu kasallikning kelib chiqishida genetik omil ham katta ahamiyatga ega[5][6].

Pterigiumni oldini olish uchun quyosh nuridan saqlanish maqsadida qora koʻzoynak va shlyapalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir[1]. Bu kasallik koʻrish qobiliyatiga taʼsir qilgan holatlardagina jarrohlik amaliyoti bajarilishi tavsiya etiladi[1]. Jarrohlikdan keyin pterigium taxminan 50 % holatlarda qaytalanishi mumkin[1][6].

Kasallikning uchrash chastotasi dunyoning turli mintaqalarida 1 % dan 33 % gacha oʻzgarib turadi[2]. U ayollarga qaraganda erkaklarda va ekvatorga yaqinroq yashaydigan odamlarda koʻproq uchraydi[2].  

Klinik belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik pterigium
Katta birlamchi pterigium (koʻz qorachigʻini toʻsib qoʻyadi)

Pterigiumning klinik belgilari koʻzning doimiy qizarishi, yalligʻlanish, yot jism tushganligi sezgisi, koʻzning quruqligi va qichishishni oʻz ichiga oladi[7][8]. Murakkab holatlarda pterigium koʻrish funksiyasiga taʼsir qilishi mumkin[8]. Chunki u shox pardaning optik markazini toʻsib qoʻyib, astigmatizm va shox parda chandiqlarini keltirib chiqarishi mumkin[9]. Koʻpgina bemorlar koʻzning tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar yoki yuqoridagi baʼzi klinik belgilari bilan shikoyat qilib, oftalmolog huzuriga keladilar..

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aniq etiologiyasi nomaʼlum. Ammo bu kasallikning kelib chiqishida shamol, quyosh nuri yoki qumning haddan tashqari taʼsiri muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun ekvator yaqinidagi hududlarda, shuningdek, shamoliy hududlarda yashovchi populyatsiyalarda koʻproq uchraydi. Bundan tashqari, pterigium erkaklarda ayollarga qaraganda ikki baravar koʻproq uchraydi.

Patologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qon tomirlari (tasvirning chap pastki qismida) va elastik kollagen (tasvir markazida) bilan bogʻlangan konʼyunktivaning mikrografigi. Bu tasvir pterigiumda koʻrinadi.

Konyunktivadagi pterigium kollagenning elastotik degeneratsiyasi (aktinik elastoz[10]) va fibrovaskulyar proliferatsiyasi bilan tavsiflanadi. Uning bosh qismi deb ataladigan oldinga oʻsib boradigan qismi mavjud boʻlib, u pterigiumning asosiy tanasiga boʻyin orqali bogʻlangan.


Pterigium bir necha segmentlardan tashkil topadi:

  • Fuchs yamoqlari (pterigium boshi yaqinida tarqaladigan mayda kulrang dogʻlar)
  • Hood (pterigiumning tolali boʻlmagan qismi)
  • Boshi (pterigiumning choʻqqisi, odatda koʻtarilgan va yuqori qon tomirli qismi)
  • Tanasi (goʻshtli koʻtarilgan qismi)
  • Yuqori qirrasi (pterigiumning uchburchak yoki qanot shaklidagi qismining yuqori qirrasi)
  • Pastki qirrasi (pterigiumning uchburchak yoki qanot shaklidagi qismining pastki qirrasi).

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pterigiumni obyektiv tekshiruvlar orqali tashxislash mumkin. Shuningdek, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishidan oldin qoʻshimcha shox parda topografiyasi haqidagi maʼlumotlarni beruvchi tekshiruv usullaridan foydalaniladi[11][12].

Differensial diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pterigiumni gistologik va etiologik jihatdan pterigiumga oʻxshash pingviakuladan ajratish kerak[13][14]. Pterigiumdan farqli oʻlaroq, pingviakula faqat konʼyunktivada koʻrinib, limb yoki shox pardaga oʻtmaydi.

Pterigiumga oʻxshash yana bir holat — bu konʼyunktivaning psevdopterigium deb nomlanuvchi shox pardaga yalligʻlanishli yopishishi hisoblanadi. Pterigiumdan farqli oʻlaroq, u shox pardaning har qanday joyida paydo boʻlishi mumkin va yopishqoqlik odatda uning choʻqqisi bilan chegaralanadi[14].

Profilaktikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pterigiumning profilaktikasi maqsadida, haddan tashqari quyoshli va shamolli vaqtlarda koʻzni himoyalovchi koʻzoynaklardan foydalanish mumkin[15]. Bundan tashqari profilaktika va rivojlanib ketishini oldini olish maqsadida koʻz suyuqligini oʻrnini bosuvchi, namlantirib turuvchi vositalardan ham foydalanish mumkin[16][17].

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar pterigium vizual muammolarni keltirib chiqaradigan darajada oʻsmasa, odatda jarrohlik talab qilinmaydi[1]. Koʻz achishishi kabi simptomlarni sunʼiy koʻz tomchilari bilan bartaraf etish mumkin[1].

Jarrohlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pterigiumni olib tashlash operatsiyasi

Cochrane tekshiruvi shuni koʻrsatdiki, konʼyunktival avtotransplantatsiya operatsiyasi amniotik membranani transplantatsiya qilish operatsiyasi bilan solishtirilganda 6 oyda pterigiumning qaytalanishi ehtimoli birinchi operatsiyada kamroq boʻlgan[18].

Avtotransplantatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konyunktival avtotransplantatsiya — bu pterigiumni olib tashlashning samarali va xavfsiz usuli hisoblanadi[19]. Pterigium olib tashlanganda, Tenons qatlami deb nomlanuvchi sklerani qoplaydigan toʻqima ham chiqariladi. Avtotransplantatsiya yordamida olib tashlangan sklerani oʻrni konʼyunktiva toʻqimasi bilan qoplanadi.

.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 „Facts About the Cornea and Corneal Disease | National Eye Institute“ (inglizcha). The National Eye Institute (NEI) (2016-yil may). 2017-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 Droutsas, K; Sekundo, W (2010-yil iyun). „[Epidemiology of pterygium. A review]“. Der Ophthalmologe: Zeitschrift der Deutschen Ophthalmologischen Gesellschaft (olmoncha). 107-jild, № 6. 511–2, 514–6-bet. doi:10.1007/s00347-009-2101-3. PMID 20393731. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)CS1 maint: unrecognized language ()
  3. 3,0 3,1 Yanoff, Myron. Ophthalmology (en). Elsevier Health Sciences, 2009 — 364 bet. ISBN 978-0323043328. 
  4. Smolin, Gilbert. Smolin and Thoft's The Cornea: Scientific Foundations and Clinical Practice (en). Lippincott Williams & Wilkins, 2005 — 1003, 1005 bet. ISBN 9780781742061. 
  5. Anguria, P; Kitinya, J; Ntuli, S; Carmichael, T (2014). „The role of heredity in pterygium development“. International Journal of Ophthalmology. 7-jild, № 3. 563–73-bet. doi:10.3980/j.issn.2222-3959.2014.03.31. PMC 4067677. PMID 24967209.
  6. 6,0 6,1 Halperin, Edward C.. Perez and Brady's Principles and Practice of Radiation Oncology (en). Lippincott Williams & Wilkins, 2008 — 778 bet. ISBN 9780781763691. 
  7. Coroneo, MT (1993-yil noyabr). „Pterygium as an early indicator of ultraviolet insolation: a hypothesis“. Br J Ophthalmol. 77-jild, № 11. 734–9-bet. doi:10.1136/bjo.77.11.734. PMC 504636. PMID 8280691. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  8. 8,0 8,1 Kunimoto, Derek. The Wills eye manual: office and emergency room diagnosis and treatment of eye disease., 4th, Philadelphia, PA: Lippincott Williams & Wilkins, 2004 — 50–51 bet. ISBN 978-0781742078. 
  9. Fisher, J.P.; Trattler, W.B. (12–yanvar 2009–yil). „Pterygium“. 17 March 2010da asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  10. Klintworth, G „24; The eye and ocular adnexa“,. Sternberg's Diagnostic Surgical Pathology, 5th Stacey: , 26-avgust 2009-yil. ISBN 978-0-7817-7942-5. 
  11. „Pterygium: MedlinePlus Medical Encyclopedia“. medlineplus.gov. 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
  12. „Pterygium Workup: Imaging Studies, Procedures“. emedicine.medscape.com. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
  13. „Pinguecula - EyeWiki“ (en). eyewiki.aao.org.
  14. 14,0 14,1 John F, Salmon „Conjunctiva“,. Kanski's clinical ophthalmology: a systematic approach, 9th, Elsevier, 13-dekabr 2019-yil — 198 bet. ISBN 978-0-7020-7711-1. 
  15. Mackenzie F.D., Hirst L.W., Battistutta D., Green A. (1992). „Risk Analysis in the Development of Pterygia“. Ophthalmology. 99-jild, № 7. 1056–1061-bet. doi:10.1016/s0161-6420(92)31850-0. PMID 1495784.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  16. Lee G.A., Hirst L.W., Sheehan M. (1994). „1994 Knowledge of Sunlight Effects on the Eyes and Protective Behaviours in the General Community“. Ophthalmic Epidemiology. 1-jild, № 2. 67–84-bet. doi:10.3109/09286589409052363. PMID 8790614.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  17. Lee G., Hirst L.W., Sheehan M. (1999). „1999 Knowledge of Sunlight effects on the eyes and protective behaviors in adolescents“. Ophthalmic Epidemiology. 6-jild, № 3. 171–180-bet. doi:10.1076/opep.6.3.171.1501. PMID 10487972.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  18. „Conjunctival autograft for pterygium“. Cochrane Database Syst Rev. 2016-jild, № 2. 2016. CD011349-bet. doi:10.1002/14651858.CD011349.pub2. PMC 5032146. PMID 26867004.
  19. Myron, Yanoff „Cornea and ocular surface diseases“,. Ophthalmology, 5th, Edinburgh: Elsevier, 2019 — 310 bet. ISBN 978-0-323-52821-4. OCLC 1051774434.