Nistagm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nistagm (yun. nistagmos — mudroq) — koʻz soqqasining beixtiyor ketma-ket (tez-tez va sust) ritmik harakat qilishi. Koʻz soqqasining harakatiga qarab gorizontal, vertikal, diagonal, aralash va aylanma N. farq qilinadi. N. koʻpincha ikki, baʼzan bir koʻzda boʻladi. Sogʻlom kishilar, Mas, koʻz oldidan tez oʻtayotgan narsani kuzatganda tanani tez u yoq bu yoqqa burganda, quloqqa issiq yoki sovuq suv quyganda N. paydo boʻlishi fiziologik holat. Koʻz muskuli falaji, labirintit, isteriya, intoksikatsiya, markaziy nerv sistemasi va miya kasalliklari, shuningdek, tugʻilganidan boshlab xira koʻra-diganlarda patologik N. kuzatiladi. Noqulay sharoitda ishlaydiganlarda (kon ishchilari) koʻproq kasbga aloqa-dor N. paydo boʻlishi mumkin.

Davosi N.ga sabab boʻlgan kasallikni davolashdan iborat. N. kasbga aloqador boʻlsa, bemor boshqa ishga oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil