Sklerit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sklerit — sklerannng yalligʻlanishi. Revmatizm, sil, podagra, brutsellyoz va boshqa yuqumli kasalliklar oqibatida paydo boʻladi. Chuqur va yuza S. farq qilinadi. Chuqur S.da skleraning chuqur qatlamlari yalligʻlanadi va turli joylarida tugunlar koʻzga tashlanadi. Yalligʻlanish jarayoni koʻzning shox (muguz) pardasiga va yanada chuqurroq qatlamlariga tarqalishi mumkin. Tugunlar oʻrnida kulrang dogʻlar krladi. Yuza S.da koʻz oqi qizarib, shishadi va baʼzan shox pardaga ham oʻtadi. Koʻz yoshlanadi, bemor yoruqqa qaray olmaydi, lekin koʻrish faoliyati buzilmaydi. Baʼzan sklera abssessi kuzatiladi, bunda koʻz qattiq ogʻriydi, qizaradi va skleraning ayrim joylari shishadi. Kasallik abssessning yorilishi bilan tugaydi. S. oʻz vaqtida davolanmasa, keratit hamda iridotsiklitga sabab boʻlishi mumkin. Bemorni mutaxassis vrach davolaydi.