Rang ajrata olmaslik

Rang ajrata olmaslik (daltonizm) — odam koʻzining qisman rang ajrata olmasligi, irsiy nuqson. Yosh bolalarda uchraydigan kasallik. Atrof-muhitdagi ranglarni koʻz toʻr pardasining kolbachasimon hujayralari sezadi. Ular ranglarni sezuvchi 3 ta har xil element boʻlib, har biri 3 ta asosiy rangning (qizil, koʻk yoki binafsha) faqat bittasini sezadi. Shu 3 rangdan qaysi birini sezadigan element boʻlmasa, odam oʻsha rangni koʻrmaydi. Rang ajrata olmaslik tugʻma yoki hayot davrida orttirilgan boʻlishi mumkin. Tugʻma rang ajrata olmaslik daltonizm deb atalib (ingliz olimi Dalton uni mufassal tasvirlab bergan), asosan, erkaklarda uchraydi. Bunda bemor qizil hamda yashil ranglarni ajrata olmaydi. Binafsha rangni ajrata olmaslik kamroq uchraydi. Ranglarni butunlay koʻrmaslik rang ajrata olmaslik yoki monoxromaziya deyiladi. Bunda rang-barang dunyo bir xilda kulrang boʻlib tuyuladi. Daltonizm nasldan-naslga (masalan, otadan qizi orqali oʻgʻil nabirasiga) oʻtadi.
Hayotda orttirilgan rang ajrata olmaslik koʻz va markaziy nerv sistemasining baʼzi kasalliklari (oʻsma, shikastlar, glaukoma, koʻrish nervi atrofiyasi) da roʻy berib, bunga uchta rangni sezishning pasayishi yoki butunlay yoʻqolishi sabab boʻladi. Hayotda orttirilgan rang ajrata olmaslikni oʻz vaqtida davolab, ranglarni ajratishni tiklash mumkin[1].
Taʼsirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rang ajrata olmaslikni birinchi belgisi odatda odam biron bir obyekt uchun notoʻgʻri rangni aytganda, masalan, rasm chizganda yoki rangni notoʻgʻri nom bilan chaqirganda boʻladi. Bu ranglar bir xil rang koʻrligi boʻlgan odamlar orasida juda mos keladi.
Sinflashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rang koʻrlikni tasniflash uchun koʻpgina terminologiya mavjud boʻlgan va hozirgacha mavjud, ammo rang koʻrligi uchun odatiy tasniflanish fon Kries tasniflariga amal qiladi[2], bu nomlash hozirgi kunda koʻp foydalaniladi.
Monoxromatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monoxromasiyani koʻpincha toʻliq rang koʻrligi deb ataladi, chunki rangni koʻrish qobiliyati yoʻq. Garchi ushbu atama miya akromatopsiyasi kabi oʻzlashtirilgan kasalliklarga taalluqli boʻlsada, odatda u tugʻma rang koʻrish kasalliklariga, yaʼni tosh monoxromasiyasi va koʻk qoni monoxromasiga taalluqli[3][4]). Oʻz koʻzlarida ranglarni farqlab boʻlsa-da, bu insonning miya akromatopsiyasida aniq koʻrinmaydi. Baʼzi manbalar bularni haqiqiy rang koʻrligi deb hisoblamaydi, chunki bu koʻrishni emas, balki tushunishni kamsitadi. Ular vizual agnossiya shakllaridir[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ von Kries, J. (1897). "Ueber Farbensysteme". Zeitschrift für Psychologie Physiologie Sinnesorg 13: 241–324.
- ↑ „Types of Colour Blindness“. Colour Blind Awareness. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Blom, Jan Dirk. A Dictionary of Hallucinations. Springer, 2009 — 4-bet. ISBN 978-1-4419-1222-0.
- ↑ Blom, Jan Dirk. A Dictionary of Hallucinations. Springer, 2009 — 4-bet. ISBN 978-1-4419-1222-0.
| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
nima qilish kerak nima maslahat berasiz