Perm xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Perm International Airport
Международный аэропорт Пермь
IATA kodi: PEEICAO kodi: USPP
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik/Harbiy
Operator Novaport
Rossiya Aerokosmik kuchlari
Xizmat doirasi Perm, Perm oʻlkasi, Rossiya
Qurilgan 1952
Dengiz sathidan balandligi  m / 397 ft
Koordinatalari 57°54′52″N 056°01′16″E / 57.91444°N 56.02111°E / 57.91444; 56.02111 G OKoordinatalari: 57°54′52″N 056°01′16″E / 57.91444°N 56.02111°E / 57.91444; 56.02111 G O
Vebsayti www.aviaperm.ru
Xarita
PEE (Rossiya)
PEE
Aeroportning Rossiya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
03/21 3,206 10,518 Asfalt
Maʻlumotlar (2018)
Yoʻlovchilar soni 1,519,617
Manba: Rossiya federal havo transporti agentligi[1]

Perm xalqaro aeroporti (ruscha: Международный аэропорт Пермь) (IATA: PEEICAO: USPP) – Rossiyaning Perm shahridan 16 kilometr (9.9 mi) janubi-gʻarbda, Bolshoye Savino qishlogʻida joylashgan xalqaro aeroport. Perm oʻlkasidagi muntazam tijorat reyslari amalga oshiriladigan yagona aeroport boʻlib, avtobus va mikroavtobuslar kunduzi shaharning asosiy avtobus terminaligacha qatnaydi.

Perm ham harbiy, ham fuqaorlik aeroporti hisoblanadi. Aeroportda Rossiya Aerokosmik kuchlarining oz sonli Mikoyan MiG-31 (NATO: Foxhound) qiruvchi samolyotlariga ega 764-qiruvchi aviatsiya polki joylashgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda foydalanilmayotgan eski terminal

Perm xalqaro aeroporti birinchi marta 1952-yilda „Bolshoye Savino“ aeroporti sifatida Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet Ittifoqi kuchlari qoʻmondoni, milliy qahramoni feldmarshal Georgiy Jukovning shaxsiy nazorati ostida qurilgan. Urushdan keyin Jukov Ural harbiy okrugiga qoʻmondonlik qilish, Perm shahri chekkasidagi Bolshoye Savino qishlogʻida Sovet Harbiy-havo kuchlari uchun aerodrom qurish uchun Iosif Stalin tomonidan Uralga surgun qilingan.

1960-yil 1-mayda AQShning U-2 josuslik samolyotini tutib qolishda ishtirok etgan 764-qiruvchi aviatsiya polkining ikki uchuvchisi Boris Ajvazyan va Sergey Safronov Bolshoye Savinoda edi. Hodisa paytida Geri Pauers boshqaruvidagi U-2 samolyotini tutib olishga urinayotgan Safronov oʻzining MiG-19 uchogʻini boshqarayotganda tasodifan safdoshlari tomonidan oʻldirildi. S-75 Dvina sovet yer-havo raketasi bilan U-2 urib tushirildi, ammo yerda zarba notoʻgʻri deb tushunildi va yana bir raketa otildi. Ammo Radarni aniqlash kodlari eskirganligi sababli Safronovning samolyoti tasodifan nishonga tushib qoldi[3].

1965-yilda Bolshoye Savino Permning asosiy fuqarolik aeroporti sifatida yaqin atrofdagi Baxarevka aeroportini almashtirdi. U harbiy-fuqarolik qoʻshma aeroporti sifatida qayta tashkil etildi va 39 ta toʻxtash joyi, terminal va yuk tashish joyiga ega oʻrta oʻlchamli samolyotlarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Sovuq urush davrida 38 tagacha MiG-25 qiruvchilari, bir qancha Yak-25 va Yak-28 samolyotlari aerodromda saqlanardi va 1991-yilda zamonaviy MiG-31 samolyotlarini qabul qilindi[4]. 2002-yilda uchish-qoʻnish yoʻlagi 2500 metrdan 3200 metrgacha uzaytirildi.

Rekonstruksiyasi va yangi terminali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apron koʻrinishi

1-bosqich[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda yoʻlovchilar oqimini oshirish va mintaqaviy reyslarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda hukumat 2020-yilgacha yillik sigʻimi 2 million yoʻlovchiga moʻljallangan yangi yoʻlovchi terminali va boshqa kichik oʻzgarishlarni qamrab olgan rivojlantirish loyihasini rejalashtira boshladi. 2035-yilga kelib terminal maydonini ikki baravar oshirish, shuningdek, koʻp qavatli avtoturargohlar, ofis xonalari, mehmonxonalar, savdo majmuasi va samolyotlar angarini qurish orqali yanada kengaytirish koʻzda tutilgan. Perm fuqarolari yangi terminal uchun „Bolshoye Savino“ nomini saqlab qolishni tanladilar[5].

Yangi terminal 2017-yil 30-noyabrda rasman ochildi[6]. Hozirda xalqaro reyslar eski terminal orqali amalga oshirilmoqda[7]. Birinchi xalqaro reyslar 2018-yilning mart oyida boshlanishi kutilgan edi[8].

2-bosqich[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda samolyotga chiqish perronli avtobuslar yordamida amalga oshirilmoqda, ammo teletraplar oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Ushbu bosqich 2019-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi, ammo bahor va yoz oylarida kuchli yomgʻirlar tufayli qurilish jarayoni kechikdi[9][10].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya Manzillar
Aeroflot Moskva–Sheremetyevo
Azur Air, Rossiya bayrogʻi Rossiya Antaliya, Dubay–Xalqaro
Corendon Airlines, Turkiya bayrogʻi Turkiya Mavsumiy charter: Antaliya (2023-yil 20-sentyabrdan tugaydi)[11]
flydubai Dubay–Xalqaro[12]
Ikar RossiyaKaliningrad, Yerevan
Komiaviatrans, Rossiya bayrogʻi Rossiya RossiyaSiktivkar
Nordwind Airlines, Rossiya bayrogʻi Rossiya Antaliya, Istanbul, RossiyaKaliningrad, Moskva–Sheremetyevo, Yerevan
Mavsumiy charter: Phuket
Pobeda Istanbul, Moskva–Sheremetyevo[13], Moskva–Vnukovo, Sankt-Peterburg[14]
Mavsumiy: Sochi
Red Wings Airlines, Rossiya bayrogʻi Rossiya Antaliya, Murmansk, RossiyaOmsk
Rossiya Sankt-Peterburg
Mavsumiy: Sochi
S7 aviakompaniyasi Moskva–Domodedovo, Novosibirsk[15]
Ural Airlines Antaliya, Boku, Minsk[16], Moskva–Jukovskiy[17]
Utair RossiyaKogalim, Moskva–Vnukovo, RossiyaSurgut, Volgograd
UVT Aero, Rossiya bayrogʻi Rossiya RossiyaBarnaul[18], RossiyaKaliningrad, RossiyaNaryan-mar, RossiyaNijnevartovsk, RossiyaNoviy Urengoy, RossiyaOrenburg, Qozon, Samara, RossiyaYaroslavl[19]

Baxtsiz hodisalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2008-yil 14-sentyabrda Aeroflot bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosida Aeroflot-Nord aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Aeroflot 821-reysi aviahalokstga uchradi va bortdagi 88 kishining barchasi halok boʻldi. Uchuvchilardan biri spirtli ichimlikdan mast boʻlganligi aniqlandi[20].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Объемы перевозок через аэропорты России“ [Transportation volumes at Russian airports] (ru). www.favt.ru. Federal havo transporti agentligi. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  2. „Russian Air Force - Perm/Bolshoye Savino (Sokol) (USPP)“. Scramble.nl. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  3. „I Have Brought Down Major Powers (Russian)“. Combatavia.Info..
  4. „Aviatsiya PVO“. Aviabaza KPOI..
  5. „Пермяки выбрали название для нового аэропорта“ (2017-yil 21-noyabr).
  6. „Новый терминал пермского аэропорта откроют на день раньше“. aex.ru (2017-yil 23-noyabr).
  7. „Новый терминал аэропорта "Пермь" не сможет принимать международные рейсы“ (2017-yil 3-noyabr).
  8. „До конца весны новый терминал пермского аэропорта будет принимать только внутренние рейсы“ (2017-yil 28-noyabr).
  9. „В Перми открылся новый терминал международного аэропорта“ (2017-yil 30-noyabr). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  10. „В Перми открылся новый терминал международного аэропорта“ (2017-yil 30-noyabr).
  11. Серебрякова, Татьяна. „Туроператоры снимают рейсы в Турцию из ряда городов“ (ru). TourDom.ru (2023-yil 28-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  12. „Flydubai grows its network to more than 80 destinations“. businesstraveller.com (2021-yil 5-may).
  13. „В Шереметьево празднуют "Победу"“ (2021-yil 8-fevral).
  14. „"Победа" запускает прямые рейсы из Перми в Санкт-Петербург“. Properm.ru. Городской портал Перми (2019-yil 16-iyul). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  15. „Russia, Perm, Bolshoye Savino (PEE) → Russia, Novosibirsk, Tolmachevo (OVB)“. S7.ru. S7 Airlines. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.
  16. https://www.aeroroutes.com/eng/221007-u6nw22msq?rq=minsk Andoza:Bare URL inline
  17. Liu, Jim „Ural Airlines adds new domestic routes from Moscow Zhukovsky in late-Oct 2020“. Routesonline (2020-yil 8-oktyabr).
  18. „Сегодня запустили прямой рейс между Барнаулом и Пермью“. barnaul.press. Ежедневная газета «Вечерний Барнаул» (2023-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  19. Анфалов, Максим. „Пермский аэропорт анонсировал прямые авиарейсы в Ярославль“ (ru). ura.news (2023-yil 29-avgust). Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  20. Russian Plane Crashes, Killing 88

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]