Pobeda (aviakompaniya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pobeda
IATA ICAO Identifikatori
DP PBD POBEDA
Tashkil topgan 16-sentyabr, 2014-yil (9 yil avval) (2014-09-16)
Boshlangan amaliyotlari 1-dekabr, 2014-yil(2014-12-01)
Havo tuguni
Fokus shaharlari
Park hududi 41
Parvoz yoʻnalishlari 67
Egasi Aeroflot
Bosh qarorgohi Moskva, Rossiya
Muhim shaxslar Andrey Yurikov, bosh direktor v.v.b..[2]
Yillik daromadi 20.6 mlrd RUB[3][4] (2017-moliya yili)
Kirim Decrease 2.8 mlrd RUB[3][4] (2017-moliya yili)
Sayti pobeda.aero

Pobeda LCC, (ruscha: Победа, tarjimasi 'Gʻalabaʼ), Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi Aeroflot tomonidan toʻliq egalik qilinadigan ultra lou-koster aviakompaniya[5]. Ichki va xalqaro yoʻnalishlarga, asosan, Vnukovo xalqaro aeroportidagi markazidan muntazam qatnovlarni amalga oshiradi[6]. Bosh ofisi Moskvada joylashgan[7].

Faoliyati 2014-yil oxirida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Pobeda 2019-yil holatida Rossiya va Yevropadagi eng tez rivojlanayotgan aviakompaniyalardan biri hisoblanadi[8][9], 2019-yil fevral oyida Rossiyaning 3-yirik aviakompaniyaga aylandi[10], 2019-yil yanvarda 689 100 yoʻlovchi tashidi[11], yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43,7 foizga yaxshilandi va 800 million AQSh dollari qiymatida baholandi[12].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Budget Carrier kompaniyasi 2014-yil 16-sentyabrda Aeroflotning 100% ulush bilan muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu Aeroflotning 2014-yil avgustida faoliyatini toʻxtatgan Dobrolet aviakompaniyasidan keyin arzon aviatashuvchi yaratish yoʻlidagi ikkinchi urinishidir[manba kerak]. Pobeda 2014-yil 11-noyabrda aviaoperator sertifikatini oldi va oʻsha yilning 1 dekabrida Moskva-Vnukovodan Volgogradga birinchi parvozini amalga oshirdi[13]. Toʻqqiz oy ishlagidan keyin, 2015-yil sentyabrida aviakompaniya 2 million yoʻlovchini tashib ulgurdi[14].

Aviakompaniya 2015-yil oktyabr oyida Moskvadan Bratislavaga aviaqatnovni yoʻlga qoʻyishga urinib koʻrdi[15], ammo Rossiya Federal havo transporti agentligi aviakompaniya kamida ikki yil davomida ichki parvozlarni amalga oshirishi kerakligi talabi bilan xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun arizani rad etdi[16]. Biroq, Bratislava aeroporti va Pobeda 2015-yil 19-dekabrda boshlangan Bratislavaga birinchi xalqaro reys boshlanganini eʼlon qildi. Pobeda shuningdek, Moskvadan Avstriyaning Vena shahriga parvoz va sayohat sxemasi boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qiladi va ushbu sayohatning bir qismi – Bratislava-Vena yoʻnalishida avtobus qatnovi amalga oshiriladi[14].

2015-yil dekabrida Pobeda Zalsburg muntazam yoʻnalishini atigi 34 ta chipta sotilganidan keyin bekor qildi.

2018-yil avgustida Pobeda xorijiy aeroportlarda yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun kishi boshiga 25 yevro yigʻim olinishini maʼlum qilgan edi[17]. Bu keng jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi va 2018-yil dekabr oyida Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi aviakompaniyaning bunday qaroriga qarshi daʼvo arizasi bilan chiqdi[18].

2019-yil oktyabr oyida sud aviakompaniya yoʻlovchilar uchun xorijiy aeroportlarda roʻyxatdan oʻtish toʻlovini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi[19]. Bunga javoban Pobeda xorijdan chiptalar narxi 40 foizga oshganini eʼlon qildi[20].

2021-yil avgust oyida Pobeda bosh direktori Andrey Kalmikov Rossiya aviakompaniyalariga beriladigan davlat yordamiga shubha bilan qaragan holda, aviamarshrutlar va yoʻnalishlarining bekor qilinishi va taqiqlanishini tijoriy risk deb atadi[21].

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan lizing beruvchilar oʻz samolyotlarini Pobedadan qaytarib olishga harakat qilishdi[22]. Samolyotlar uchun ehtiyot qismlarni joʻnatish uchun sanksiyalar joriy qilindi[23]. Andrey Kalmikov bosh direktor lavozimini tark etdi va kompaniyadan ketdi[24].

Parvoz manzillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviaparki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pobeda Boeing 737-800

2022-yil sentabr holatiga koʻra Pobeda aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat[25]:

Samolyot Miqdori Yoʻlovchilar Eslatmalar
Boeing 737-800 41 189 Samolyotlar Aeroflotdan olingan[26]
Jami 41

Korporativ faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biznes koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yildan beri „Pobeda“ ning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari:

2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Tovar aylanmasi (mlrd ) 0,11 11.3 18.7 20.6 35.5
Yoʻlovchilar soni (mln) 0,11 3.1 4.3 4.6 7.2 10.3 9.0 14.4
Yoʻlovchilar yuklamasi koeffitsienti (%) 78 81.2 88.3 94.2 94.1 94
Samolyotlar soni (yil oxirida) 3 12 12 16 30
Eslatmalar/manbalar [27]

Baxtsiz hodisalar va falokatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2016-yil 11-noyabr – Boeing 737-800 Cheboksari aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan deyarli 20 metr (66 ft) tashqarida qoʻndi. Hech kim jabrlanmadi, samolyot ozgina zarar koʻrdi[28].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „В Шереметьево празднуют "Победу"“ (2021-yil 8-fevral).
  2. „Глава Победы ушёл в отставку“ (ru). РБК (2022-yil 4-mart).
  3. 3,0 3,1 „"Победа" пошла на снижение“ (2018-yil 3-yanvar).
  4. 4,0 4,1 „Глава "Победы" — РБК: Вся отрасль знала про грядущий коллапс "ВИМ-Авиа"“. РБК.
  5. Blachly, Linda. „Russia's Aeroflot to acquire Transaero Airlines“. Air Transport World (2015-yil 1-sentyabr). 2015-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Расписание“ (ru). Победа (2014-yil 1-noyabr). 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-noyabr.
  7. „Contacts“. Pobeda. — „Property 4, building 1, p. Moskovsky, Kievskoe Shosse, 22nd km Moscow, Russia, 108811“. Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
  8. Morris, Hugh. „Revealed: Europe's fastest growing airline (and you've probably never heard of it)“ (en-GB). The Telegraph (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  9. Times. „Russia's Pobeda Named Europe's Fastest-Growing Airline“ (en). The Moscow Times (2019-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  10. ES. „Moscow's Vnukovo demonstrated 11.6% traffic growth in January“ (en-US). Russian Aviation Insider (2019-yil 15-fevral). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  11. ES. „Aeroflot Group's January passenger traffic up by 14.5 per cent“ (en-US). Russian Aviation Insider (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  12. ES. „The value of Russia LCC Pobeda is now US$800 million, Aeroflot boss claims“ (en-US). Russian Aviation Insider (2019-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  13. Pobeda (2014-yil 11-noyabr). „Istoriya“ (ru). Press-reliz.
  14. 14,0 14,1 Pobeda (2015-yil 12-noyabr). „Podeba“ (ru). Press-reliz.
  15. "Crossing Borders?". Airliner World: 10. October 2015. 
  16. "Red Light for Pobeda". Airliner World: 10. November 2015. 
  17. Ведомости. „"Победа" будет брать 25 евро за регистрацию в зарубежных аэропортах“. www.vedomosti.ru (2018-yil 8-avgust). Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  18. „На авиакомпанию "Победа" подали в суд из-за платной регистрации на рейсы“. snob.ru. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  19. „Прокуратура через суд добилась отмены платной регистрации для пассажиров "Победы"“ (2019-yil 8-oktyabr).
  20. Ведомости. „"Победа" поднимает в среднем на 40% цены на рейсы в Россию“. www.vedomosti.ru (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  21. „Глава Победы выступил против господдержки авиакомпаний“ (ru). RBK Group (2021-yil 15-avgust).
  22. „Lessors start repossessing aircraft from Russian airlines“ (2022-yil 1-mart).
  23. „S7 & Pobeda See US Export Bans Extended“ (2022-yil 22-dekabr).
  24. Curran. „Reputation Damage: Aeroflot's Unexpected Start To 2022“ (2022-yil 2-iyun).
  25. „Pobeda Fleet Detail and History“. Planespotters.net (2018). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  26. „Rossiya To Take All Of Aeroflot's Sukhoi SJ100s By 2022“. Simple Flying (2020-yil 30-noyabr).
  27. Perevozki passajirov i passajirooborot za yanvar-dekabr 2018–2019 gg.
  28. „Самолет авиакомпании "Победа" выкатился за пределы ВПП в аэропорту Чебоксар“. Interfax (2016-yil 11-noyabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]