Kontent qismiga oʻtish

Invazion kasalliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Parazitar kasalliklardan yoʻnaltirildi)

Invazion kasalliklarodam, hayvon va oʻsimliklarda eng sodda parazit jonivorlar (chuvalchang, kana va baʼzi boʻgʻimoyoqlilar) qoʻzgʻatadigan kasallik. Ayrim parazitlar oʻz rivojlanishining maʼlum bir bosqichida, boshqalari esa butun hayoti davomida xoʻjayin (odamda — antroponozlar, hayvonlarda — zoonozlar) organizmda parazitlik qilib invazion kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Parazitlar xoʻjayin organizmiga zararlangan teri (aktiv) va oziq-ovqat orqali (passiv) kiradi. Odamlarda uchraydigan invazion kasalliklarga gelmintozlar, protozoozlar (qoʻzgʻatuvchisi sodda parazitlar; mas, amyobiaz), akarozlar (qoʻzgʻatuvchisi kana; qoʻtir), entomozlar (parazit hasharotlar qoʻzgʻatadigan bitli-qilik) kiradi. Asosan, askaridoz, bezgak, toksoplazmoz, trixomonoz, enterobioz va boshqalarda koʻp kuzatiladi.

Hayvonlarda uchraydigan invazion kasalliklarga gelmintozlar, protozoozlar (babezioz, konsidiozlar va b.), araxnozlar, entomozlar kiradi. Invazion kasalliklar chorva mahsuldorligini pasaytiradi, baʼzan hayvonlar oʻlimiga sabab boʻladi, natijada chor-vachilikka katta zarar yetkazadi.

Ayrim invazion kasalliklar (trixinellyoz, sistitserkoz) odam uchun xavfli, bu kasalliklar bilan zararlangan mollar goʻshtini isteʼmol kilishga ruxsat etilmaydi.

Kurash choralari qoʻzgʻatuvchi biologiyasiga qarab tayinlanadi, turli dori-darmonlar, degelmintizatsiya, dezinseksiya, kanalarga qarshi vositalar qoʻllanadi.

Oʻsimliklar invazion kasalliklar orasida bugʻdoy nematodasi va lavlagi nematodasi qoʻzgʻatadigan kasalliklar koʻproq tarqalgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil