Kontent qismiga oʻtish

Amyobiaz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amyobiaz, amyoba dizenteriyasi — yoʻgʻon ichakning yarali yalligʻlanishi bilan kechadigan protozoy kasallik, ichburugʻning bir turi. Dizenteriya amyobasi qoʻzgʻatadi. Kasallikda bemorning tinkasi qurib, ishtahasi yoʻqoladi, qorni ogʻrib, ichi ketadi (bir kecha-kunduzda 5-20 va undan koʻp), suyuq najasda shilliq moddalar va qon boʻladi. Baʼzan harorat koʻtariladi (39-40°), zaharlanish alomatlari (koʻngil aynishi, qusish), jigar va boshqa aʼzolarda abssess roʻy beradi. Davo choralari koʻrilmasa yoki bilar-bilmas davo qilinsa, kasallik surunkali shaklga oʻtadi. Amyobiaz bilan ogʻrigan bemor kasalxonada davolanadi. Meʼda-ichak faoliyati buzilganda darhol vrachga murojaat etish lozim.

Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil