Degelmintizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Degelmintizatsiya (de... va gel-mintlar) — gelmintlarni barcha rivojlanish fazalarida yoʻqotishga qaratilgan davolash-profilaktika tadbirlari majmui. Gelmintlar yuqqan oʻsimliklar va hayvonlar, chorvachilik binolari va asbob-anjomlari, dalalarga oʻgʻit sifatida solinadigan goʻng , yaylovlar, podalar dam oladigan (yotqiziladigan) joylar D. qilinadi. D. farmakologik antgelmintiklar yordamida (albendazol, mebendazol, paperazin, fenbendazol va b.) hamda fizik (qoʻylarda senuroz, odamlarda exinokokk pufaklarini xirurgik yoʻl bilan olib tashlash), mexanik (krramollarda telyaziyalarni koʻzdan yuvib chiqarish va b.), biologik (bakterial preparatlar, emlash va h.k.) usullar orqali amalga oshiriladi. Har bir hayvonga alohida yoki bir guruhga maʼlum miqdorda antigelmint preparatlari suv yoki yem bilan aralashtirib beriladi. Hayvonlarda davolash (yilning har qanday davrida gelmintozlarning birdan tarqalishi yuz berganda), profilaktik (rejali ravishda gelmintozlar klinik koʻrinishlarining oldini olish uchun yilning maʼlum davrida); diagnostik (gelmintozlarning bor-yoʻqligini aniqlash maqsadlarida) D. oʻtkaziladi. Hayvonlar parvarishida ishlatiladigan asbob-anjomlar qaynoq suv, bugʻ, olov bilan; yaylov va oʻtloqlar gelmintlarning biol.siga qarab ularni davriy ravishda oʻzgartirib turish yoʻli bilan D. qilinadi. Goʻng biotermik usulda yuqumsizlantiriladi. Oʻsimlik urugʻi uzoq vaqtgacha yuqum manbai boʻlishi mumkin, shu sababli ularni D.lashda turli kimyoviy vositalar qoʻllaniladi.

Hoshim Nurmamatov.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil