Bugʻdoy nematodasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bugʻdoy nematodasi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

BUGʻDOY NEMATODASI (Anguina tritici) — bugʻdoy, javdar, arpa, suli va boshqa boshokli ekinlar boshogʻida gʻudda (galla)lar paydo qiladigan zararkunanda toʻgarak chuvalchang . Oʻsimlik Bugʻdoy nematodasi bilan qattiq zararlanganda boshogʻi maydalashib oʻsmay qoladi, doni oʻrnida gʻudda (galla)lar paydo boʻladi. Gʻuddalar dondan kichikroq, juda pishiq, jigarrang pust bilan qoplangan boʻlib, har bir gʻudda ichida 5—15 mingtagacha lichinka boʻladi. Yerga toʻkilgan gʻuddalar ivib yoriladi. Undan chiqqan lichinkalar maisa tanasini teshib kirib, barg qoʻltiqlariga koʻtariladi, gul murtagiga joylashib, oʻsimlikni kasallantiradi. Bugʻdoy nematodasi don, poxol hamda q. x. asbobuskunalari vositasi bilan tarqaladi. Bugʻdoy nematodasi 20-asrning oʻrtalarigacha — 1937 yilda gʻuddalar aralashgan urugʻlikni ekish man qilinishiga qadar koʻp tarqalgan edi. Hozir Bugʻdoy nematodasi MDH hududida deyarli tugatilgan. Kurash choralari: zararlanmagan sogʻlom urugʻlik ekish, Bugʻdoy nematodasi paydo boʻlgan mintaqalardan don olib chiqishni taqiqlash, zararlangan donlarni alohida xirmonlarda yanchish va tozalash.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil