Qoʻzgʻalish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻzgʻalish (fiziologiyada) - tirik hujayraning biror taʼsirga javob reaksiyasi, tirik sistemaning fiziologik nisbiy tinch holatdan maz-kur toʻqima yoki hujayra uchun xos boʻlgan faol holatga oʻtishi. Q, asosan, ixtisoslashgan strukturalar; retseptorlar, nerv va muskul hujayralari, nervtolalari uchun xos. Q. — fiziolo-gik, biokimyoviy, energetik va struk-turaviy oʻzgarishlarni oʻz ichiga oladi. Q. hujayra membranasi ion oʻtka-zuvchanligining qisqa muddatli oʻzgarishi bilan boshlanadi. Bu jarayonda ionlarning koʻchishi membranalar qutblanishining oʻzgarishiga va elektr potensiali (elektr toki)ning hosil boʻlishiga olib keladi (qarang Bioelektr potensiallar). Q.da adenozintrifos-fat kislota (ATF) parchalanadi; gli-kolitik va oksidlanish jarayoni kuchayadi; oqsil va lipid almashinuvi oʻzgaradi.

Q. mahalliy (bir joyning oʻzida) yoki yoyiluvchi (tarqaluvchan) boʻladi. Mahalliy Q. faqat taʼsirlanish sodir boʻlgan joyning oʻzida, yaʼni neyronning bir qismida, qabul qilish yoki periferik taʼsirga ixtisoslashgan retseptorlar yoki sinapslarda paydo boʻladi. Mahalliy Q. taʼsirlanishdan soʻng tezda yuzaga chiqadi, taʼsir kuchining oshishi bilan kuchayib boradi. Mahalliy Q.da bir nerv yoki mus-kul hujayrasining boshqa nerv hujayrasi aksonlari bilan tutashgan joyi (si-naps)dagi retseptor va generator potensiallari muhim ahamiyatga ega. Mahalliy Q. amplitudasi va taʼsir kuchi, uning davomiyligi, tezligining ortishi yoki kamayishiga qarab oʻzgarib turadi.

Yoyiluvchi Q. nerv va muskul tolalari uchun xos. Nerv tolalari boʻylab tarqaladigan Q. nerv impulsi deyiladi. Yoyiluvchi q. hujayra membranasining barcha qismi boʻylab tarqaladigan harakat potensiali bilan bir vaqtda yuzaga chiqadi va axborotni nerv tolalari boʻylab uzoq masofaga tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Harakat potensiali muskul hujayralaridagi miofibrillarning qisqarishini, nerv hujayralari aksonlari uchidan toʻqimalarning quzgʻalishi yeki tormozlanishiga taʼsir qiladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqarilishini faollashtiradi.

Q.da sitoplazmaga N8* va Sa2" ionlarining oʻtishi membrananing har 2 tomonida Ia*, K*, Sa2+ionlarining dastlabki teng boʻlmagan konsentratsiyali holatini tiklovchi hamda mem-brana va sitoplazmaning yangilanishi uchun zarur boʻlgan oqsillar va fosfolipidlarni sintezlovchi fer-mentlarni faollashtiradi. Q. va u bilan bogʻlangan tormozlanish jarayoni nerv faoliyatining asosini tashkil etadi.