Moʻgʻul yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moʻgʻul yozuvi — uygʻur alifbosi asosida yaratilgan yozuv (qarang Uygʻur yozuvi). Moʻgʻul yozuvining dastlabki yodgorliklari 13-asrga mansub: Chingizxon toshidagi yozuv (1225), elxon Argʻunning maktubi (1289). Yozuvning yoʻnalishi yuqoridan pastga, qatorlar chapdan oʻngga qarab oʻqilgan. Belgilari polifonik xususi-yatga ega, yaʼni bir belgi bir necha to-vushni ifodalagan. Baʼzi belgilar, soʻzdagi oʻrniga qarab, 2 yoki 3 xil shaklga ega boʻlgan. Alifbo 20 ta asosiy va 8 ta qoʻshimcha harflardan iborat. Ularning hammasi uygʻur alifbosidagi 14 ta asosiy belgining hosilalari hisoblanadi. Moʻgʻul yozuvi oʻzining paydo boʻlgan davridan boshlab, undagi belgilarning polifonik xususiyati tufayli, barcha moʻgʻul qabilalari uchun umumiy yozuvga aylanib, 16— 17-asrlar oraligʻida unga ayrim oʻzgarishlar kiritilgan. Moʻgʻul yozuvi Buryatiya (Rossiya Federatsiyasi)da 1931 yilgʻacha, Mongoliyada 1945 yilgacha (rus alifbosiga oʻtilguncha) qoʻllangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil