Ondřej Hotárek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ondřej Hotárek

Hotárek va Berton, 2012-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Italiya
Tavalludi 25-yanvar 1984-yil (1984-01-25) (40 yosh)
Brno, Czechoslovakia
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 in)
Sherigi Valentina Marchei
Oldingi sheriklari Stefania Berton, Laura Magitteri, Veronika Havlíčková
Jamoasi Fiamme Azzurre
Uchishni boshlagan 1989
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 74.50
Erkin dastur 142.09

Ondřej Hotárek (talaffuzi: Ondrey Hotarek; 1984-yil 25-yanvarda tugʻilgan) — 2006-yilda Italiya terma jamoasi vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan italiyalik juftlikda konkida uchuvchi va murabbiy. U Valentina Marchei bilan 2018-yilgacha juftlikda konkida uchgan. Sobiq hamkori Stefania Berton bilan birga 2013-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2013 Skate Canada International musobaqasining chempioni va uch karra Italiyaning milliy chempioni boʻlgan. Berton / Hotárek jufligi Yevropa va Gran-pri musobaqalarining medallarini qoʻlga kiritgan birinchi italiyalik juftlikda konkida uchuvchilari hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berton bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berton va Hotarek Skate Canada musobaqasining taqdirlash marosimida.

Hotárek 2009-yil boshida Stefania Berton bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2010-yilgi Italiya milliy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralansihdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Juftlik oʻzining ilk Jahon chempionatida ishtirok etib, 11-oʻrinni egallagan.

2010 - 2011-yilgi mavsumda Berton / Hotárek Nebelhorn Trophy musobaqasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular Rossiya kubogida oltinchi oʻrinni egallagan holda Gran-pri bosqichida debyut qilgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Italiya milliy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2011-yilgi Yevropa chempionatiga yuborilgan. Juftlik Yevropa chempionatining qisqa dastur namoyishi boʻyicha toʻrtinchi, erkin dastur boʻyicha esa beshinchi oʻrinni egallab, ikkala dasturda shaxsiy eng yaxshi natijalarni qayd etishgan va jami 164,83 ball bilan jamoalar oʻrtasida beshinchi oʻrinni egallagan.

Berton / Xotárek juftligi 2011 — 2012-yilgi mavsumni 2011 Ondrej Nepela Memorial turnirida boshlagan va u yerda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Gran-pri mavsumida ishtirok etgan juftlik, 2011 NHK Trophy musobaqasida 4-oʻrinni egallagan va 2011 Rostelecom Cup turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Marchei bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marchei / Hotárek juftligi 2014-yil dekabr oyida Italiya milliy chempionatida ishtirok etib oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida toʻrtinchi va mart oyida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida oʻn birinchi oʻrindan joy olgan[1].

2018-yil 16-sentabrda Marchei oʻzining Instagram hisobi orqali Hotárek bilan juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan[2].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berton bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013 — 14

2012 — 13

2011 — 12

2010 — 11

2009 — 10

  • Caos Calmo

    Buonvino

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Italiya vakili sifatida Berton bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14
Olimpiada 11
Jahon chempionati 11 10 11 10 9
Yevropa chempionati 5 4 3 4
GP Bompard 3
GP NHK Trophy 4
GP Rostelecom 6 3
GP Skate America 5
GP Skate Canada 3 1
Nice Cup 1
Ice Challenge 3
Nepela Memorial 2 2
NRW Trophy 2 1 2
Milliy
Italiya chempionati 2 1 1 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]