Yekaterina Gordeyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ekaterina Gordeyeva

Gordeeva 2012-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Oldin vakil boʻlgan Sovet Ittifoqi
Tavalludi 28-may 1971-yil (1971-05-28) (52 yosh)
Moskva
Oldingi sheriklari Sergey Grinkov
Yakunlagan 1994

Yekaterina „Katya“ Aleksandrovna Gordeyeva (ruscha: Екатерина Александровна Гордеева; 1971-yil 28-mayda tugʻilgan)[1] — rossiyalik juftikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Turmush oʻrtogʻi, marhum Sergey Grinkov bilan birgalikda 1988 va 1994-yillardagi olimpiya chempioni va juftlikda konkida uchish boʻyicha toʻrt karra jahon chempioni (1986, 1987, 1989, 1990) boʻlgan. Grinkov vafotidan keyin Gordeyeva yakka holda konkida uchishda davom etgan.

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan „Katya“ nomi bilan tanilgan Gordeyeva Sovet Ittifoqining Moskva shahrida (hozirgi Rossiyada) TASS operatori Yelena Lvovna Gordeyeva va Aleksandrov nomidagi qoʻshiq va raqs ansambli raqqosi Aleksandr Alekseyevich Gordeyev oilasida tugʻilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gordeyeva va Grinkov 1998-yilgi Ozarbayjon markasida

Yekaterina Gordeyeva 1981-yil avgust oyida Sergey Grinkov bilan Moskvadagi Markaziy Qizil Armiya klubida (CSKA) oʻn juftlik hosil qilgan[2].

Bu juftlik 1985-yilda Colorado shtatining Colorado Springs shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib boʻlishgan. Keyingi yili juftlik figurali uchish boʻyicha 4-jahon chempionatida gʻalaba qozonishib, takroriy jahon chempioni boʻlishgan. 1988-yilda Alberta shtatining Kalgari shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qoʻlga kiritishgan.

Juftlik 1988-yilda oʻtkazilgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[3].

Gordeyeva va Grinkov qatnashgan deyarli barcha musobaqalarda gʻolib chiqishgan[4]. Katta va professional darajadagi 31 ta musobaqada ular 24 marta birinchi oʻrinni egallagan. Oʻzlarining birinchi Jahon chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[4].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Sergey Grinkov bilan)

Xalqaro
Musobaqa 1983 — 1984 1984 — 1985 1985 — 1986 1986 — 1987 1987 — 1988 1988 — 1989 1989 — 1990 1990 — 1991 1991 — 1992 1992 — 1993 1993 — 1994
Olimpiada 1 1
Jahon chempionati 1 1 2 1 1
Yevropa chempionati 2 1 1 1
Yaxshi niyat oʻyinlari 1
Skate Canada 1 2 1
NHK Trophy 1
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 5 1
Milliy
Rossiya chempionati 1
Sovet chempionati 6 2 1

Manbala[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yekaterina Gordeeva and Sergey Grinkov Encyclopædia Britannicada
  2. Yu, Sylvia „Marinaʼs Muse“, Grace & Gold Newsletter, Winter 1999 (Scans available at: http://www.gg-corner.de/?cat=40&paged=6 (retrieved 3 August 2010)
  3. World Professional Figure Skating Championships
  4. 4,0 4,1 Gordeeva & Grinkov Results Summary at Pairs on Ice „[pairsonice] Ekaterina Gordeeva and Sergei Grinkov Profile“. 2007-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2010-yil.