Valentina Marchei

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valentina Marchei

Marchei, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Italiya
Tavalludi 23-may 1986-yil (1986-05-23) (37 yosh)
Milan, Italiya
Boʻyi 1.61 m (5 ft 3 in)
Oldingi sheriklari Ondřej Hotárek
Jamoasi Sesto Ice Skate
Uchishni boshlagan 1993
Yakunlagan 2020
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 74.50
Erkin dastur 142.09

Valentina Marchei (talaffuzi: Valentina Markey; 1986-yil 23-mayda tugʻilgan) — Italiya vakili sifatida yakka holda va juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Yakka holda konkida uchuvchi sifatida besh karra Italiya milliy chempioni (2004, 2008, 2010, 2012, 2014) boʻlgan. 2013-yilgi Yevropa chempionatida 4-oʻrin va 2012-yilgi Jahon chempionatida 8-oʻrinni egallagan. Valentina 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Italiyani himoya qilgan va 11-oʻrinni egallagan. Shuningdek, Marchei Italiya vakili Ondřej Hotárek bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarida ishtirok etgan. Bu juftlik 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 6-oʻrindan joy olgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valentina Marchei 1986-yil 23-mayda Italiyaning Milan shahrida tugʻilgan. U 1980 va 1984-yilgi Olimpiadalarda qatnashgan Marko Marcheyning qizi.

Yakka holdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marchei 1993-yilda konkida uchishni boshlagan va unga Christina Mauri murabbiylik qilgan.

Marchei 2008-yil sentyabr oyida murabbiy Nikolay Morozov qoʻl ostida New Jersey shtatining Hackensack shahrida mashgʻulotlar oʻtay boshlagan. U 2008 — 2009-yilgi mavsumning ko‘p qismini 2008 Skate America turnirida ishtirok etigan holda oʻtkazgan. Marchei 2009 — 2010-yillarda Gran-pri musobaqasida qatnashish uchun yoʻllanma olmagan. Marchei 2010-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, 8-oʻrinni egallagan. 2010 — 2011-yillarda Marchei 2010 Skate Canada International va 2010-yilgi Rossiya kubogi musobaqalarida qatnashgan[1]. U 2011-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan holda, 10-oʻrinni egallagan[2].

Juftlikdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marchei 26-iyulida Ondřej Hotárek bilan juftlik hosil qilgan. Juftlikka Monrealda Markotte va Milanda Franka Byankoni murabbiylik qilgan[3].

Marchei / Hotárek juftligi 2014-yil dekabr oyida Italiya milliy chempionatida ishtirok etib oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida toʻrtinchi va mart oyida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida oʻn birinchi oʻrindan joy olgan[4].

2018-yil 16-sentabrda Marchei oʻzining Instagram hisobi orqali Hotárek bilan juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan[5].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hotárek bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2017 — 18

2016 — 17

2015 — 16

2014 — 15

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Hotárek bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 2014 — 15 2015 — 16 2016 — 17 2017 — 18
Olimpiada 6
Jahon chempionati 11 14 9 10
Yevropa chempionati 4 5 6 5
Cup of China 5
GP Rostelecom Cup 6 4 4
GP Skate America 8
GP Skate Canada WD
CS Golden Spin 2
CS Warsaw Cup 3 WD 1 1
Lombardia Trophy 1
Seibt Memorial 1
Milliy
Italiya chempionati 1 2 2
WD: Musobaqani tark etgan;

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]