Stefania Berton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stefania Berton

Berton va Hotárek, 2012-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Italiya
Tavalludi 19-iyul 1990-yil (1990-07-19) (33 yosh)
Asiago, Italiya
Ona shahri Milan
Boʻyi 1.61 m (5 ft 3 in)
Oldingi sheriklari Ondřej Hotárek, Marco Fabbri
Murabbiyi Franca Bianconi, Karel Fajfr
Jamoasi Sesto Ice Skate Milano
Uchishni boshlagan 1994
Yakunlagan 2014
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 70.31
Erkin dastur 126.39

Stefania Berton (talaffuzi: Stefaniya Berton; 1990-yil 19-iyulda tugʻilgan) — Italiya terma jamoasi vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan italiyalik juftlikda konkida uchuvchi. Sherigi Ondřej Hotárek bilan birga 2013-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2013 Skate Canada International musobaqasining chempioni va uch karra Italiyaning milliy chempioni boʻlgan. Berton / Hotárek jufligi Yevropa va Gran-pri musobaqalarining medallarini qoʻlga kiritgan birinchi italiyalik juftlikda konkida uchuvchilari hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berton va Hotarek Skate Canada musobaqasining taqdirlash marosimida.

Stefania Berton 2009-yil boshida Hotárek bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2010-yilgi Italiya milliy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralansihdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Juftlik oʻzining ilk Jahon chempionatida ishtirok etib, 11-oʻrinni egallagan.

2010 — 2011-yilgi mavsumda Berton / Hotárek Nebelhorn Trophy musobaqasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular Rossiya kubogida oltinchi oʻrinni egallagan holda Gran-pri bosqichida debyut qilgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Italiya milliy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2011-yilgi Yevropa chempionatiga yuborilgan. Juftlik Yevropa chempionatining qisqa dastur namoyishi boʻyicha toʻrtinchi, erkin dastur boʻyicha esa beshinchi oʻrinni egallab, ikkala dasturda shaxsiy eng yaxshi natijalarni qayd etishgan va jami 164,83 ball bilan jamoalar oʻrtasida beshinchi oʻrinni egallagan[1].

Berton / Xotárek juftligi 2011 — 2012-yilgi mavsumni 2011 Ondrej Nepela Memorial turnirida boshlagan va u yerda kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. Gran-pri mavsumida ishtirok etgan juftlik, 2011 NHK Trophy musobaqasida 4-oʻrinni egallagan va 2011 Rostelecom Cup turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hotárek bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013 — 14

2012 — 13

2011 — 12

2010 — 11

2009 — 10

  • Caos Calmo

    Buonvino

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Italiya vakili sifatida Hotárek bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14
Olimpiada 11
Jahon chempionati 11 10 11 10 9
Yevropa chempionati 5 4 3 4
GP Bompard 3
GP NHK Trophy 4
GP Rostelecom 6 3
GP Skate America 5
GP Skate Canada 3 1
Nice Cup 1
Ice Challenge 3
Nepela Memorial 2 2
NRW Trophy 2 1 2
Milliy
Italiya chempionati 2 1 1 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kany, Klaus-Reinhold. „Volosozhar, Trankov oust rival Germans for gold“. IceNetwork (2013-yil 24-yanvar). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  2. Buongiovanni, Andrea „Ghiaccio, Berton-Hotarek, favola finita; C'è un progetto Marchei-Hotarek“ [Ice skating, Berton-Hotarek story over; Marchei-Hotarek may skate together] (it). La Gazzetta dello Sport (2014-yil 2-iyul).
  3. Bőd, Titanilla. „Stefania Berton and Ondřej Hotárek: "We always have new goals and we never stop"“. Absolute Skating (2013-yil 12-mart).