Omeprazol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omeprazole-3D-balls.png
Omeprazole 20mg.jpg
Sistematik (IUPAC) nomi
5-Methoxy-2-[(4-methoxy-3,5-dimethylpyridin-2-yl)methanesulfinyl]-1H-benzimidazole
Identifikatorlar
CAS raqami 73590-58-6
ATK kodi A02BC01
PubChem 4594
Kimyoviy maʼlumot
Formulasi C17H19N3O3S 
Mol. massasi 345,4 g/mol
Farmakokinetik maʼlumot
Biofoydalilik 35-76%
Metabolizm Hepatic (CYP2C19, CYP3A4)
Yar. parch. davri 1-1.2 soat
Ekskretsiya 80% (siydik orqali)

20% (safro orqali)

Terapevtik tavsiyalar
Homiladorlik kat.

---

Qonuniy statusi

Prescription Only (S4)(AU) GSL(UK) ?(US)

Qabul qilish individual

Omeprazol Prilosec, Losec va boshqa brendlari ostida ishlab chiqarilib, gastroezofagial reflyuks kasalligi, oshqozon yara kasalligi va Zollinger-Ellison sindromini davolashda qoʻllaniladigan dori vositasi hisoblanadi[1]. Bundan tashqari oshqozon ichak traktining yuqori qismlaridan qon ketishini oldini olish uchun ham qoʻllaniladi[1]. Omeprazol proton-pompa ingibitori (PPI) boʻlib, uning samaradorligi boshqa PPIlarga oʻxshaydi[2]. Ogʻiz orqali yoki tomir ichiga inʼektsiya yoʻli bilan qabul qilish mumkin[1][3].

Umumiy nojoʻya taʼsirlariga koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, qorin ogʻrigʻi va ichak gazining koʻpayishi kiradi[1][4]. Jiddiy nojoʻya taʼsirlar orasida pnevmoniya xavfining ortishi, suyak sinishi xavfi va oshqozon saratonini boʻlishi mumkin[1]. Homiladorlik paytida qoʻllash boʻyicha yetarli maʼlumot mavjud emas[1]. Oshqozon kislotasining ishlab chiqarilishini bloklashi orqali taʼsiri namoyon boʻladi[1].

Omeprazol 1978-yilda patentlangan va 1988-yilda tibbiy foydalanish uchun tasdiqlangan[5]. U Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining asosiy dorilar roʻyxatiga kiritilgan[6]. U umumiy dori sifatida mavjud[1]. 2019-yilda u Qoʻshma Shtatlarda 52 milliondan ortiq retseptlar bilan eng koʻp buyurilgan dorilar orasida sakkizinchi oʻrinni egallagan[7][8]. Amerika Qoʻshma Shtatlarda retseptsiz ham sotib olish mumkin[9].

Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazol gastroezofagial reflyuks kasalligi , oshqozon yarasi, eroziv ezofagit, Zollinger-Ellison sindromi va eozinofil ezofagitni davolashda qoʻllaniladi[10][1].

Peptik yaralarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oshqozon yarasida omeprazol keng qoʻllaniladi. Helicobacteri pylori infektsiyasini davolash 7-14 kun davomida omeprazol, amoksitsillin va klaritromitsinning uch karrali terapiya kombinatsiyasini qabul qilish orqali amalga oshiriladi[11]. Agar bemorda amoksitsillinga nisbatan allergiya kuzatilsa, amoksitsillinni metronidazol bilan almashtirish mumkin[12].

Nojoʻya taʻsirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamida 1/100 holatda yuzaga keladigan nojoʻya taʼsirlarga quyidagilar kiradi[13]:

  • Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi (7 %), bosh aylanishi (2 %)
  • Nafas olish tizimi tomonidan: yuqori nafas yoʻllarining infektsiyasi (2 %), yoʻtal (1 %)
  • Oshqozon-ichak tizimi tomonidan: qorin ogʻrigʻi (5 %), diareya (4 %), koʻngil aynishi (4 %), qusish (3 %), meteorizm (3 %), kislota etishmovchiligi (2 %), ich qotishi (2 %)
  • Nerv-mushak va skelet tizimi tomonidan: bel ogʻrigʻi (1 %), holsizlik (1 %)
  • Dermatologik jihatdan: toshma (2 %)

Nojoʻya taʼsirlar bilan bogʻliq boshqa muammolar:

Vitamin B 12[18] va temir malabsorbtsiyasi[19] bilan bogʻliq salbiy taʼsir keltirilgan, ammo taʼsirlar ahamiyatsiz boʻlishi mumkin, ayniqsa qoʻshimcha terapiya koʻrsatilganda[20].

Proton pompa ingibitorlari kashf etilgandan buyon oʻtkir interstitsial nefritning bir nechta holatlari bilan bogʻliq boʻlgan[21] buyrak yalligʻlanishi koʻpincha PPI larning nojoʻya taʼsiri sifatida qaraladi.

Uzoq muddatli foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

PPIlarni uzoq muddat qoʻllash fundal bezlarida yaxshi sifatli poliplarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin (bu fundal bez polipozidan farq qiladi); bu poliplar saratonga olib kelmaydi va PPIlar toʻxtatilganda yoʻqoladi. PPI foydalanish va saraton kelib chiqishi oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq, lekin PPI foydalanish oshqozon saratoni yoki boshqa jiddiy oshqozon muammolari belgilarini yuzaga chiqishini kechiktirishi mumkin va shifokorlar bu taʼsirni bilishlari kerak[22].

Uzoq muddatli foydalanish va demensiya oʻrtasida bogʻliqlik boʻlishi mumkin, lekin buni tasdiqlash uchun qoʻshimcha oʻrganishlar talab qilinadi[23].

2013-yilda AQSh farmatsevtlarining maqolasida aytilishicha, PPIlarni uzoq muddatli qoʻllash kaltsiyning soʻrilishini pasayishi (osteoporoz va sinish xavfini oshiradi), magniyning soʻrilishini pasayishiga (elektrolitlar buzilishini keltirib chiqaradi) olib keladi. Ularning taxminiga koʻra, bu oshqozon kislotasi ishlab chiqarilishning kamayishi bilan bogʻliq[24].

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homilador va emizikli ayollarda omeprazoldan foydalanish xavfsizligi aniqlanmagan[4]. Epidemiologik maʼlumotlar ham homiladorlik davrida omeprazolni ona organizmi tomonidan qabul qilingandan keyin jiddiy tugʻma nuqsonlar xavfini koʻrsatmaydi[25].

Hech qanday klinik tadqiqotlar emizishda omeprazolni qoʻllanilgandagi salbiy oqibatlarini tavsiflamaydi. Biroq, omeprazol molekulasining farmakokinetikasi emizishda omeprazoldan foydalanish xavfsizligini tasdiqlaydi.

  • Omeprazolning plazma oqsillari bilan bogʻlanish darajasi yuqori (95 %)[26], bu koʻkrak suti hosil boʻlishida preparatning oz miqdori sut kanaliga oʻtishini koʻrsatadi.
  • Omeprazol oshqozonning kislotali sharoitida tez parchalanishi tufayli kapsula bilan qoplangan koʻrinishda qoʻllanilishi kerak. Bu shuni koʻrsatadiki, chaqaloq tomonidan qabul qilingan erkin molekulalarning aksariyati soʻrilishidan oldin parchalanadi. 

Oddiy dozalarda omeprazol emizish davrida xavfsizdir[27].

Dorilarning oʻzaro taʻsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazol Actavis 20 mg, Shvetsiyada kapsula va tabletkalar koʻrinishida ishlab chiqarilgan

Dori vositalarining oʻzaro taʼsiri kam uchraydi[28][29]. Shu bilan birga, dorilarning oʻzaro taʼsirining eng muhimi omeprazol bilan birgalikda qabul qilinganda klopidogrelning faollashuvining pasayishi hisoblanadi[30]. Garchi hali ham bahsli boʻlsa-da[31], bu hodisalarning oldini olish uchun klopidogrelni omeprazol bilan birga qoʻllash taqiqlanadi.

Ular oʻzaro taʼsir qilish mumkin, chunki omeprazol CYP2C19 va CYP3A4 fermentlarining ingibitori hisoblanadi[32]. Klopidogrel faol boʻlmagan dori boʻlib, uning faol shakliga oʻtishi qisman CYP2C19 ga bogʻliq. CYP2C19 ning ingibirlanishi klopidogrelning faollashuvini bloklashi mumkin, bu klopidogrelning taʼsirini kamayishiga olib kelishi mumkin[33][34].

Deyarli barcha benzodiazepinlar CYP3A4 va CYP2D6 yoʻllari bilan metabollanadi va bu fermentlarning ingibirlanishi benzodiazepinlar metabolizmiga taʼsir koʻrsatadi. Metabolizmi CYP3A4 ga bogʻliq boʻlgan dorilarning boshqa misollari essitalopram, varfarin[35], oksikodon, tramadol va oksimorfondir . Agar ular omeprazol bilan bir vaqtda qoʻllanilsa, ushbu dorilarning kontsentratsiyasi oshishi mumkin[36].

Omeprazol, shuningdek, boshqa PPIlar kabi p-glikoproteinning raqobatbardosh ingibitoridir[37].

Oshqozonning kislotali muhitiga bogʻliq boʻlgan dorilar (masalan, ketokonazol yoki atazanavir) yomon soʻriladi, kislotaga chidamli antibiotiklar (masalan, CYP3A4 juda kuchli inhibitori boʻlgan eritromitsin) odatdagidan koʻproq soʻrilishni boshlaydi[36].

Hypericum perforatum va Gingko biloba CYP3A4 va CYP2C19 induksiyasi orqali omeprazolning plazma kontsentratsiyasini sezilarli darajada kamaytiradi[38].

Omeprazol kabi proton pompasi ingibitorlari (PPI)metotreksatning plazma kontsentratsiyasini oshirishi aniqlangan[39].

Farmakologik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazol oshqozon kislotasi sekretsiyasi uchun zarur boʻlgan parietal hujayralardagi ferment tizimini bloklaydi. Bu oʻziga xos H +/K + ATFaza ingibirlanishi hisoblanadi. Bu oshqozon kislotasi sekretsiyasining oxirgi bosqichi uchun zarur boʻlgan H atomlarining chiqarilishining bloklanishi hisoblanadi[40].

Farmakodinamikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazol selektiv va qaytarilmas proton pompasi ingibitori hisoblanadi. Oshqozon parietal hujayralarining sekretsiya yuzasida joylashgan H +/ K + -ATfaza tizimini oʻziga xos ingibirlashi orqali oshqozon kislotasi sekretsiyasini kamaytiradi. Ushbu ferment tizimi oshqozon shilliq qavatidagi kislota (proton yoki H +) nasosi sifatida qabul qilinganligi sababli, omeprazol kislota ishlab chiqarilishining oxirgi bosqichini ingibirlaydi[40].

Omeprazol shuningdek, stimulyatordan qatʼi nazar, bazal va stimulyatsiya qilingan kislota sekretsiyasini ingibirlaydi[41], chunki u kislota sekretsiyasining oxirgi bosqichini bloklaydi[41]. Omeprazol raqobatdosh boʻlmagan holda bogʻlanadi, shuning uchun u dozaga bogʻliq taʼsir koʻrsatadi[42]. Shuning uchun aniq dozalarda qabul qilish buyuriladi.

Omeprazolning tormozlovchi taʼsiri ogʻiz orqali qabul qilinganidan keyin 1 soat ichida boshlanadi. Maksimal taʼsir 2 soat davom etadi. Tormozlanishning davomiyligi 72 soatgacha. Omeprazol toʻxtatilganda, oshqozon kislotasining asosiy sekretsiya faolligi 3-5 kundan keyin qayta tiklanadi. Omeprazolning kislota sekretsiyasini tormoz qiluvchi taʼsiri kunlik takroriy dozalashdan keyin, 4 kundan keyin pasayadi.

Farmakokinetikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazolning soʻrilishi ingichka ichakda sodir boʻladi va odatda 3-6 soat ichida bu jarayon tugaydi. Takroriy dozalardan keyin omeprazolning tizimli biologik mavjudliligi taxminan 60 % ni tashkil qiladi[43]. Omeprazolning tarqalish hajmi 0,4 l/kg ni tashkil qiladi. U yuqori plazma oqsillari bilan 95 % bogʻlanish qobiliyatiga ega[42].

Omeprazol, shuningdek, boshqa proton pompa ingibitorlaridan farqli ravishda faqat faol H + / K + -ATFaza nasoslarida samarali hisoblanadi. Ushbu nasoslar ovqat hazm qilishda yordam berish uchun oziq-ovqat qabul qilingandan soʻng ragʻbatlantiriladi. Shu sababli, bemorlarga omeprazolni och qoringa, bir stakan suv bilan ichish tavsiya qilinadi[44]. Bundan tashqari, koʻpgina manbalar omeprazolni qabul qilgandan soʻng, ovqatlanish uchun kamida 30 daqiqa oʻtgan boʻlishi kerakligini yozishadi[45][46] (zudlik bilan chiqariladigan omeprazol va natriy bikarbonat mahsulotlari, masalan, Zegerid uchun kamida 60 daqiqa)[47], Baʼzi manbalarda aytilishicha, omeprazolning kechiktirilgan shakllarida, dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin ovqatlanishdan oldin kutish kerak emas.

Omeprazol sitoxrom P450 tizimi tomonidan, asosan, jigarda, CYP2C19 va CYP3A4 izoenzimlari tomonidan butunlay metabollanadi[4]. Aniqlangan metabolitlar sulfon, sulfid va gidroksi-omeprazol boʻlib, ular kislota sekretsiyasiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi. Ogʻiz orqali qabul qilingan dozaning taxminan 77 % siydik bilan metabolitlar shaklida organizmdan chiqariladi, qolgan qismi esa najasda, birinchi navbatda, safro sekretsiyasi natijasida organizmdan chiqariladi[41]. Omeprazolning yarim yemirilish davri 0,5 dan 1 soatgacha[41]. Omeprazolning farmakologik taʼsiri uzoqroq davom etadi, chunki u parietal hujayralardagi proton pompasi bilan kovalent bogʻlangan.

Kimyoviy xossalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazol piramidali tuzilishda trikoordinatlangan sulfinil oltingugurtni oʻz ichiga oladi va shuning uchun (S) yoki (R) -enantiomerlar sifatida mavjud boʻlishi mumkin. Parietal hujayralar kanallarining kislotali sharoitida ikkala enantiomer ham H / K ATFazadagi sistein guruhi bilan reaksiyaga kirishadigan axiral mahsulotlarga (sulfen kislotasi va sulfenamid konfiguratsiyasi) aylanadi va shu bilan parietal hujayralarning kislota ishlab chiqarish qobiliyatini ingibatsiya qiladi.

Omeprazol rearrangement in the body

AstraZeneca shuningdek, omeprazol kabi optik izomerlarini teng miqdordagi aralashmasi koʻrinishida emas, balki eutomer, sof (S)-enantiomer boʻlgan esomeprazolni (Nexium) ishlab chiqdi .

Tana suyuqliklarida oʻlchash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terapiyani kuzatish yoki kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda zaharlanish tashxisini tasdiqlash uchun omeprazolni plazma aniqlash mumkin. Plazmadagi omeprazol konsentratsiyasi odatda 0,2-1,2 oraligʻida boʻladi. Esomeprazolni optik izomerlarini teng miqdordagi aralashmasidan iborat omeprazoldan ajratish uchun enantiomerik xromatografik usullar mavjud[48].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazol birinchi marta 1979-yilda Astra AB tarkibiga kiruvchi shved AB Hässle tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu proton pompasi ingibitorlarining (PPI) birinchisi edi[49][50]. Astra AB, hozirda AstraZeneca, uni Shvetsiyada Losec nomi ostida oshqozon yarasi uchun qoʻllaniladigan dori sifatida chiqardi. U birinchi marta AQShda 1989-yilda Losec brendi ostida sotilgan. 1990-yilda AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining iltimosiga koʻra, diuretik Lasix (furosemid) bilan chalkashmaslik uchun Losec brendi Prilosecga oʻzgartirildi[51]. Yangi nom omeprazol (Prilosec) va antidepressant boʻlgan fluoksetin (Prozak) oʻrtasidagi chalkashlikka olib keldi[51].

2001-yil aprel oyida Prilosec kompaniyasiga tegishli AQSh patentining amal qilish muddati tugagach, AstraZeneca esomeprazolni (Nexium) patentlangan almashtiruvchi dori sifatida taqdim etdi[52]. AstraZeneca patentlarining butun dunyo boʻylab muddati tugagani sababli koʻplab kompaniyalar jineriklarni taqdim etdilar, ular hozirda koʻplab brend nomlari ostida mavjud. Misol uchun Omez.

Chiqarilish shakli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dozalash shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omeprazol 10 mg, Buyuk Britaniya mahsuloti.

Uni ogʻiz orqali, kapsula, tabletka yoki suspenziya shaklida yoki tomir ichiga yuborish orqali qabul qilish mumkin[1][3].

Omeprazol 10, 20, 40 va baʼzi davlatlarda 80 mg kuchli dozalarda mavjud. Ogʻiz orqali qabul qilinadigan omeprazol preparatlarining aksariyati kapsula bilan qoplangan, sababi oshqozonning kislotali sharoitida preparatning tez parchalanishi tufayli.

U shuningdek, Yevropada (IV) inʼektsiya shaklida qoʻllaniladi, ammo AQShda inʼektsiya shakli ishlatilmaydi. Har 10 ml shaffof shisha flakonda omeprazol natriy 42,6 dan iborat oppoq ranggacha liyofillangan kukun koʻrinishida mavjud.

Omeprazol, shuningdek, litsenziyasiz mahsulot sifatida Buyuk Britaniyada kapsula bilan qoplangan dori shakli va ichish uchun suspenziyasi sifatida ham mavjud. Ichish uchun suspenziyalari asosan bolalar uchun qoʻllaniladi, lekin yutishi qiyin boʻlganlar yoki oziqlantirish naychasidan foydalanadiganlar tomonidan ham qoʻllanilishi mumkin.

Brend nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tovar nomlariga Losec, Prilosec, Zegerid, Miracid, Omepraks, Kamezo va Omez kiradi[53][1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 „Omeprazole“. The American Society of Health-System Pharmacists. 19-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  2. Therapeutics Initiative“] (28-iyun 2016-yil). 30-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2016-yil.
  3. 3,0 3,1 „Omeprazole 40 mg Powder for Solution for Infusion“. EMC (10-fevral 2016-yil). 7-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 Vallerand, A.H.. Davis's Drug Guide for Nurses, 14th, F.A. Davis Company, 2015 — 924–925 bet. ISBN 978-0-8036-4085-6. OCLC 881473728. 
  5. Fischer, Jnos. Analogue-based Drug Discovery (en). John Wiley & Sons, 2006 — 445 bet. ISBN 9783527607495. 29-iyun 2020-yilda qaraldi. 
  6. . World Health Organization model list of essential medicines: 21st list 2019. Geneva: World Health Organization, 2019. WHO/MVP/EMP/IAU/2019.06. License: CC BY-NC-SA 3.0 IGO. 
  7. „The Top 300 of 2019“. ClinCalc. 18-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2021-yil.
  8. „Omeprazole - Drug Usage Statistics, ClinCalc DrugStats Database“. ClinCalc. 28-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktabr 2021-yil.
  9. Research. „Questions and Answers on Prilosec OTC (omeprazole)“. U.S. Food and Drug Administration (FDA) (3-noyabr 2018-yil). 28-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2020-yil.
  10. Cheng, Edaire (21 July 2013). „Proton Pump Inhibitors for Eosinophilic Esophagitis“. Current Opinion in Gastroenterology. 29-jild, № 4. 416–420-bet. doi:10.1097/MOG.0b013e32835fb50e. ISSN 0267-1379. PMC 4118554. PMID 23449027.
  11. Fuccio, Lorenzo; Minardi, Maria Eugenia; Zagari, Rocco Maurizo; Grilli, Diego; Magrini, Nicola; Bazzoli, Franco (2007). „Meta-analysis: Duration of First-Line Proton-Pump Inhibitor–Based Triple Therapy for Helicobacter pylori Eradication“. Annals of Internal Medicine. 147-jild, № 8. 553–62-bet. doi:10.7326/0003-4819-147-8-200710160-00008. PMID 17938394.
  12. „Current concepts in the management of Helicobacter pylori infection: the Maastricht III Consensus Report“. Gut. 56-jild, № 6. 21 June 2007. 772–81-bet. doi:10.1136/gut.2006.101634. PMC 1954853. PMID 17170018.
  13. „Omeprazole. An updated review of its pharmacology and therapeutic use in acid-related disorders“. Drugs. 42-jild, № 1. 1991. 138–70-bet. doi:10.2165/00003495-199142010-00008. PMID 1718683.
  14. Abou Chakra, CN; et al. (21 June 2014). „Risk factors for recurrence, complications and mortality in Clostridium difficile infection: a systematic review“. PLOS ONE. 9-jild, № 6. e98400-bet. Bibcode:2014PLoSO...998400A. doi:10.1371/journal.pone.0098400. PMC 4045753. PMID 24897375.
  15. Yang, Yu-Xiao; et al. (2006). „Long-term proton pump inhibitor therapy and risk of hip fracture“. JAMA. 296-jild, № 24. 2947–2953-bet. doi:10.1001/jama.296.24.2947. PMID 17190895.
  16. Yu, Elaine W.; et al. (2011). „Proton pump inhibitors and risk of fractures: a meta-analysis of 11 international studies“. The American Journal of Medicine. 124-jild, № 6. 519–526-bet. doi:10.1016/j.amjmed.2011.01.007. PMC 3101476. PMID 21605729.
  17. Hess, M. W.; et al. (2012). „Systematic review: hypomagnesaemia induced by proton pump inhibition“. Alimentary Pharmacology & Therapeutics. 36-jild, № 5. 405–413-bet. doi:10.1111/j.1365-2036.2012.05201.x. PMID 22762246.
  18. Neal, Keith; Logan, Richard (2001). „Potential gastrointestinal effects of long‐term acid suppression with proton pump inhibitors“. Alimentary Pharmacology & Therapeutics. 15-jild, № 7. 1085–6-bet. doi:10.1046/j.1365-2036.2001.0994a.x. PMID 11421886.
  19. Sarzynski, Erin; et al. (2011). „Association between proton pump inhibitor use and anemia: a retrospective cohort study“. Digestive Diseases and Sciences. 56-jild, № 8. 2349–2353-bet. doi:10.1007/s10620-011-1589-y. PMID 21318590.
  20. McColl, Kenneth EL (2009). „Effect of proton pump inhibitors on vitamins and iron“. The American Journal of Gastroenterology. 104-jild. S5–S9-bet. doi:10.1038/ajg.2009.45. PMID 19262546.
  21. Härmark, Linda; et al. (2007). „Proton pump inhibitor‐induced acute interstitial nephritis“. British Journal of Clinical Pharmacology. 64-jild, № 6. 819–823-bet. doi:10.1111/j.1365-2125.2007.02927.x. PMC 2198775. PMID 17635502.
  22. Corleto, V.D. (21 February 2014). „Proton pump inhibitor therapy and potential long-term harm“. Curr Opin Endocrinol Diabetes Obes. 21-jild, № 1. 3–8-bet. doi:10.1097/med.0000000000000031. PMID 24310148.
  23. Eusebi, LH; Rabitti, S; Artesiani, ML; Gelli, D; Montagnani, M; Zagari, RM; Bazzoli, F (21 July 2017). „Proton pump inhibitors: Risks of long-term use“. Journal of Gastroenterology and Hepatology. 32-jild, № 7. 1295–1302-bet. doi:10.1111/jgh.13737. PMID 28092694.
  24. Georgia. „Long-Term Consequences of Chronic Proton Pump Inhibitor Use“ (en). www.uspharmacist.com. 21-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
  25. Pasternak, Björn; Hviid, Anders (2010). „Use of Proton-Pump Inhibitors in Early Pregnancy and the Risk of Birth Defects“. New England Journal of Medicine. 363-jild, № 22. 2114–23-bet. doi:10.1056/NEJMoa1002689. PMID 21105793.
  26. „Omeprazole drug summary“. PDR.net. 3-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  27. „LACTMED: OMEPRAZOLE“ (10-mart 2015-yil). 8-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  28. Fitzakerley. „2014 Treatments for Acid-Peptic Diseases.“. University of Minnesota Medical School Duluth. 19-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  29. „Proton Pump Inhibitor: Use in Adults“. CMS Medicaid Integrity Program. 12-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  30. Douglas, I. J.; Evans, S. J.; Hingorani, A. D.; Grosso, A. M.; Timmis, A; Hemingway, H; Smeeth, L (2012). „Clopidogrel and interaction with proton pump inhibitors: comparison between cohort and within person study designs“. BMJ. 345-jild. e4388-bet. doi:10.1136/bmj.e4388. PMC 3392956. PMID 22782731.
  31. Focks, J. J.; Brouwer, M. A.; Van Oijen, M. G. H.; Lanas, A.; Bhatt, D. L.; Verheugt, F. W. A. (2012). „Concomitant use of clopidogrel and proton pump inhibitors: Impact on platelet function and clinical outcome- a systematic review“. Heart. 99-jild, № 8. 520–7-bet. doi:10.1136/heartjnl-2012-302371. PMID 22851683.
  32. Shirasaka, Y; Sager, J. E.; Lutz, J. D.; Davis, C; Isoherranen, N (July 2013). „Inhibition of CYP2C19 and CYP3A4 by Omeprazole Metabolites and Their Contribution to Drug-Drug Interactions“. Drug Metab. Dispos. 41-jild, № 7. 1414–24-bet. doi:10.1124/dmd.113.051722. PMC 3684819. PMID 23620487.
  33. „The drug-drug interaction between proton pump inhibitors and clopidogrel“. CMAJ. 180-jild, № 7. March 2009. 699–700-bet. doi:10.1503/cmaj.090251. PMC 2659824. PMID 19332744.
  34. „Drug-drug interaction between clopidogrel and the proton pump inhibitors“. Ann Pharmacother. 43-jild, № 7. July 2009. 1266–1274-bet. doi:10.1345/aph.1M051. PMID 19470853.
  35. „Pharmacogenetics of oral anticoagulants“. Pharmacogenetics. 13-jild, № 5. May 2003. 247–52-bet. doi:10.1097/00008571-200305000-00002. PMID 12724615.
  36. 36,0 36,1 „Review article: comparison of the pharmacokinetics, acid suppression and efficacy of proton pump inhibitors“. Aliment Pharmacol Ther. 14-jild, № 8. August 2000. 963–978-bet. doi:10.1046/j.1365-2036.2000.00788.x. PMID 10930890.
  37. „Interaction of omeprazole, lansoprazole and pantoprazole with P-glycoprotein“. Naunyn Schmiedebergs Arch Pharmacol. 364-jild, № 6. December 2001. 551–557-bet. doi:10.1007/s00210-001-0489-7. PMID 11770010.
  38. Izzo, AA; Ernst, E (2009). „Interactions between herbal medicines and prescribed drugs: an updated systematic review“. Drugs. 69-jild, № 13. 1777–1798-bet. doi:10.2165/11317010-000000000-00000. PMID 19719333.
  39. {{{editor}}}: „Methotrexate“. Martindale: The Complete Drug Reference. Pharmaceutical Press (6-yanvar 2014-yil). 28-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  40. 40,0 40,1 Howden, CW (January 1991). „Clinical pharmacology of omeprazole“. Clinical Pharmacokinetics. 20-jild, № 1. 38–49-bet. doi:10.2165/00003088-199120010-00003. PMID 2029801.
  41. 41,0 41,1 41,2 41,3 „Omeprazole“. www.drugbank.ca. 30-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-yanvar 2019-yil.
  42. 42,0 42,1 Clissold, Stephen P.; Campoli-Richards, Deborah M. (July 1986). „Omeprazole“. Drugs. 32-jild, № 1. 15–47-bet. doi:10.2165/00003495-198632010-00002. PMID 3527658.
  43. Cederberg, C.; Andersson, T.; Skånberg, I. (1 January 1989). „Omeprazole: Pharmacokinetics and Metabolism in Man“. Scandinavian Journal of Gastroenterology. 24-jild, № sup166. 33–40-bet. doi:10.3109/00365528909091241. ISSN 0036-5521. PMID 2690330.
  44. Katz, PO; Gerson, LB; Vela, MF (2013). „Guidelines for the diagnosis and management of gastroesophageal reflux disease“. Am J Gastroenterol. 108-jild, № 3. 308–28-bet. doi:10.1038/ajg.2012.444. PMID 23419381.
  45. „Omeprazole, in The Free Medical Dictionary“. 12-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-noyabr 2010-yil.
  46. „Omeprazole“. Drugs.com. 19-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-noyabr 2010-yil.
  47. „Zegird, How to take“. rxlist.com. 26-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-noyabr 2010-yil.
  48. Baselt RC, Disposition of Toxic Drugs and Chemicals in Man, 8th edition, Biomedical Publications, Foster City, CA, 2008, pp. 1146-7. ISBN 978-0-9626523-7-0.
  49. „Trends in Drug Patenting - Case Studies: THE CASES: 5. OMEPRAZOLE“. apps.who.int. 2-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  50. Fellenius, Erik; Berglindh, Thomas; Sachs, George; Olbe, Lars; Elander, Berit; Sjöstrand, Sven-Erik; Wallmark, Björn (1981). „Substituted benzimidazoles inhibit gastric acid secretion by blocking (H+ + K+) ATPase“. Nature. 290-jild, № 5802. 159–61-bet. Bibcode:1981Natur.290..159F. doi:10.1038/290159a0. PMID 6259537.
  51. 51,0 51,1 Farley, D (July–August 1995). „Making it easier to read prescriptions“. FDA Consum. 29-jild, № 6. 25–7-bet. PMID 10143448. 15 March 2012da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26 January 2011.
  52. Gardiner Harris. „Prilosec's Maker Switches Users To Nexium, Thwarting Generics“. The Wall Street Journal (6-iyun 2002-yil).
  53. „Omeprazole international“. Drugs.com (3-fevral 2020-yil). 28-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-fevral 2020-yil.