Oʻtkir respirator kasalliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtkir respirator kasalliklar — viruslar qoʻzgʻatadigan, kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash oʻtkir infeksion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yoʻllari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, koʻz shilliq pardasi — konʼyunktivaga zarar yetishi bilan kechadi. Oʻtkir respirator kasalliklark.ning qoʻzgʻatuvchilariga adenoviruslar, paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. Oʻtkir respirator kasalliklark.ning ayrim (sporadik) guruhlari koʻproq kuzatiladi, lekin ular aholining butun bir guruhini ham qamrab olishi mumkin (qarang Epidemiya). Har qanday virusli infeksiya bemordan havotomchi (gaplashganda, aksirganda, yoʻtalganda) yoʻli orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi viruslar yuqori nafas yoʻllariga (burun, hiqildoqqa) tushadi, shilliq parda (epiteliy)ning tashqi qavatidagi hujayralarga kirib, ularni yemiradi, bunda qoʻzgʻatuvchilarning bir qismi nobud boʻlib, zaharli modda (endotoksin) ajratadi va organizmni zaharlaydi (intoksikatsiya). Virus saqlovchi poʻrsildoq hujayralar koʻchib tushadi va bemor gaplashganda, yoʻtalganda, aksa urganda tupuk, burun shilligʻi va balgʻam bilan havoga tushib, atrofdagilarga yuqadi. Kasallik uy anjomlari (idishtovoq, sochiq, oʻyinchoqlar va h.k.)dan ham yuqishi mumkin. Oʻtkir respirator kasalliklark.ni shartli ravishda mavsumiy kasalliklar deb atash mumkin, chunki bu guruh kasalliklar kech kuz va qishda koʻproq kuzatiladi.

Adenovirus kasalliklarga adenoviruslar sabab boʻlib, ular antibiotiklar taʼsiriga chidamli, past trada uzoq saqlanadi. Ultrabinafsha nurlar, formalin va fenolning 5% li eritmasi taʼsirida nobud boʻladi. Organizmga kirgan adenoviruslar 3— 14 kun davomida (oʻrtacha 5—7 kun) kasallik belgilarini paydo qilmaydi (qarang Inkubatsion davr). Odatda, u asta-sekin boshlanadi, bemorning ahvoli yomonlashadi, intoksikatsiya belgilari paydo boʻladi, isitma koʻtariladi, darmonsizlik, boʻshashish, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, baʼzan qusish alomatlari roʻy beradi. Kasallik grippga oʻxshab birdan boshlanishi ham mumkin. Qator hollarda isitma koʻtarilishi bilan birga, odatda, uzoq muddatli tumov paydo boʻladi, qovoqlar qizaradi, koʻzdan yosh oqadi, yutinganda tomoqda ogʻriq seziladi. Boshqa hollarda azob beradigan quruq yoʻtal, tovushning boʻgʻilib qolishi, havo yetishmasligi quzatiladi (qarang Boʻgʻma). Baʼzan meʼdaichak faoliyati buziladi (tez-tez suvdek ich ketadi). Bemorni uyda boshqalardan ajratib qoʻyiladi. Albatta vrach chaqirish va uning buyurganlarini qatʼiy bajarish lozim.

Paragripp kasalliklarni paragripp viruslari qoʻzgʻatadi, ular 1—3 kundan keyin xona haroratida oʻz faolligini yoʻqotadi, lekin 4° trada yaxshi saqlanadi. Kasallikning inkubatsion davri 1—6 kun. Kasallik darmonsizlik, bir oz tumov va yoʻtal bilan boshlanadi: gavda temperaturasi sal koʻtariladi, tovush boʻgʻilib qoladi, tomoq achishib, bemor quvquv yoʻtaladi. 1—3 yashar bolalarda shilliq parda shishishi sababli hiqildoq torayadi (stenoz), bunda nafas olish toʻsatdan qiyinlashadi. Bemor uy sharoitida vrach nazoratida davolanadi. Chaqaloqlarda va bir yashar bolalarda oʻpkaning yalligʻlanishi (zotiljam), oʻrta quloqning yalligʻlanishi (qarang Otit) kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda bolalar kasalxonada davolanadi.

Rinovirus kasalliklarni rinoviruslar (burun viruslari) qoʻzgʻatadi. Kasalliklar kamdankam hollarda yil boʻyi uchrab turadi, epidemiyalar boʻlmaydi. Inkubatsion davri 2—3 kun. Darmonsizlik, gavda trasining bir oz koʻtarilishi, bosh ogʻrishi, burundan yiring aralash shilimshiq (sariqyashil rangli) kelishi, tumov, yoʻtal kuzatiladi. Chaqaloq va goʻdaklar bu kasallikka beriluvchan boʻladi, kasallik ularda ogʻir oʻtadi va turli asoratlar qolishi mumkin.

Respirator — sinsitial virusli kasallikni sinsitial virus keltirib chiqaradi, u xona haroratida tez halok boʻladi. Gavda temperaturasi 38— 39° gacha koʻtariladi, yoʻtal, tumov paydo boʻladi. Bronxit boʻlishi mumkin. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda koʻpincha ogʻir zotiljam kuzatiladi, bunda bolalar kasalxonada davolanadi.

Oʻtkir respirator kasalliklark. bilan ogʻrigan bemorni uyda davolaganda alohida xonaga yotqiziladi. Bemorni parvarish qilayotgan oila aʼzolari ogʻizburniga doka niqob taqib yurishlari kerak. Kasal yotgan xonani tez-tez shamollatib, koʻrpayostiq jildi, choyshabni muntazam almashtirib turish zarur. Bemorning harorati koʻtarilgudek boʻlsa, uni yaxshilab oʻrabchirmab, limon, malina solingan issiq choy berish, iloji boricha koʻproq suyuqlik (choy, mors, kompot, sharbat va h.k.) ichirish lozim. Ovqat yengil hazm boʻladigan va oqsilga boy (bulonlar, goʻshtli va baliqdan qilingan kotletlar, tvorog, sabzavotlar, hoʻl mevalar) boʻlishi zarur. Bemor uchun alohida idishtovoq tutish lozim. U yotgan xonani va mebelni kuniga ikki mahal nam latta bilan artib turiladi. Oʻtkir respirator kasalliklark.ning oldini olish toʻgʻrisida q. Gripp.