Suyak sinishi
Suyak sinishi - shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzilishiga olib keladi. Suyak sinishi travmatik va patologik turlarga boʻlinadi. Travmatik Suyak sinishi sogʻlom suyakka toʻsatdan kuchli mexanik kuch taʼsir etishi natijasida roʻy beradi. Patologik Suyak sinishi esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak oʻsmasi, osteomiyelit, osteoporoz va h.k.) oqibatida moʻrt boʻlib qolgan suyakka kuchiz tashqi taʼsir tufayli yuzaga keladi. Suyak sinishi yopiq yoki ochiq boʻladi. Yopiq sinishda singan joy sohasidagi teri zararlanmaydi, ochiq sinishda esa teri yirtilib, suyak boʻlaklari teridan tashqariga chiqib qoladi. Ochiq Suyak sinishi yopigʻiga nisbatan xavfliroq hisoblanadi, chunki teridagi yirtilgan yara orqali infeksiya singan sohaga kirib qolishi va yiringlashga sabab boʻladi. Ochiq S.s, asosan, harbiy qurollar taʼsiri va yoʻltransport halokati tufayli yuzaga keladi.
Singan suyaklar soniga koʻra Suyak sinishilari monotravma (bitta Suyak sinishi) va politravma (bir nechta Suyak sinishi)larga bo'linadi shikaslanish nechta boʻlakka boʻlinishiga qarab oddiy (suyak ikki boʻlakka boʻlinsa) va murakkab (suyak bir necha boʻlakka boʻlinsa) Suyak sinishi shunga qarab bo'linadi. Suyak boʻlaklarining shakliga koʻra Suyak sinishilari koʻndalang, uzunasiga, qiya, vintsimon, Tsimon, Vsimon, maydalangan boʻladi. Singan suyak boʻlaklari joyidan siljimasligi yoki muskullar qisqarishi natijasida siljib ketishi mumkin bo'ladi. Suyak sinishining faqat bolalarga xos boʻlgan "novdasimon sinish" va epifizeoliz turlari ham mavjud.
Suyak boʻlaklari atrofdagi qon tomirlari va nerv tolalarini jarohatlashi mumkin. Bir nechta mayda suyaklar yoki bitta yirik suyak (mas, son suyagi, chanoq suyagi) singanda ichki va tashqi qon oqishi tufayli travmatik shok vujudga olib keladi. Suyak sinishining tashqi koʻrinishdan absolyut (suyak kaltalashuvi, qiyshayishi, sinish sohasida kirtillash) va nisbiy (shish, ogʻriq, funksiyaning buzilishi) belgilari koʻzga tashlanadi.
Seni davolashning konservativ (operatsiyasiz) va operativ usullari ham mavjud. Konservativ davo usullari (qoʻlda tortib yoki tana tortimi yordamida suyak boʻlaklarini toʻgʻrilash, gips bogʻlam qoʻyish), asosan, oddiy Suyak sinishilarida qoʻllanadi. Murakkab Suyak sinishilarida esa aksariyat hoJshapda operatsiya qilinadi. Operativ davo usullaridan suyak boʻlaklarini metall plastinka, shtiftlar, burama mix va tashqi fiksatsiya apparatlari (mas, Ilizarov apparati) va h.k. bilan mahkamlash keng tarqalgan.
Suyak boʻlaklarining bitishi singan sohada suyak qadogʻi hosil boʻlishiga asoslangan murakkab biologik jarayondir. Bitish muddati qaysi suyak singanligi, suyak boʻlaklarining va atrof yumshoq toʻqimalarining holati hamda organizmning umumiy ahvoliga bogʻliq. Mayda va koʻmik suyaklar yirik va uzun suyaklarga nisbatan, bolalar suyagi esa kattalar suyagiga nisbatan tezroq bitadi. Qariyalarda suyak bitishi sekinroq kechishi mumkin.
Suyagi singan joyni tezda mavjud narsalar (karton, faner, taxtacha va boshqalar) yoki shina qoʻyib, ustidan doka, roʻmol yoki bint bilan siqib bogʻlash va bemorni zudlik bilan tegishli kasalxonaga olib borish zarur.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |