O‘zbekiston — Bahrayn futbol o‘yini (2005)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘zbekiston — Bahrayn futbol o‘yini (2005)
Uzbekistan vs Bahrain 2009
Musobaqa FIFA Jahon chempionati (saralash bosqichi)
Sana 2005-yil 3-sentabr
Maydon Paxtakor, Toshkent
Hakam Toshimitsu Yoshida
Tomoshabinlar 55 000
Ob-havo ochiq

Oʻzbekiston — Bahrayn futbol oʻyini2006-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida oʻtkazilgan futbol oʻyini[1]. Oʻyin Oʻzbekiston va Bahrayn milliy futbol terma jamoalari oʻrtasida 2005-yil 3-sentabr kuni Toshkentdagi „Paxtakor“ stadionida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston va Bahrayn milliy terma jamoalari 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqi uchun kurash olib borishgan[2].

Oʻzbekiston 1:0 hisobida minimal gʻalabaga erishdi. Ammo bu oʻyin natijasi bosh hakam yaponiyalik Toshimitsu Yoshidaning texnik xatosi tufayli FIFA tomonidan bekor qilinadi[3]. Bu hodisa jahon chempionatlari tarixidagi birinchi holat edi[4]. Uchrashuv takroran oʻtkazildi va 1:1 hisobida yakunlanadi.

Oʻyin tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har ikki jamoa oʻz saralash guruhlarida uchinchi oʻrinni egallab, Osiyo pley-off bosqichida qatnashish yoʻllanmasi oladilar. Ushbu qarama-qarshilik gʻolibi saralash oʻyinlarining keyingi bosqichida CONCACAF hududining 4-jamoasiga qarshi toʻqnash kelardi.

2006-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi 2-tur oʻyinlari A guruhining yakuniy jadvali.

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
1 Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 6 4 2 0 10 1 +9 14
2 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 6 3 1 2 9 5 +4 10
3 Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 6 1 2 3 7 11 −4 5
4 Quvayt bayrogʻi Quvayt 6 1 1 4 4 13 −9 4
Manba: JCh-2006[1]

2006-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi 2-tur oʻyinlari B guruhining yakuniy jadvali.

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
1 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 6 5 0 1 9 4 +5 15
2 Eron bayrogʻi Eron 6 4 1 1 7 3 +4 13
3 Bahrayn bayrogʻi Bahrayn 6 1 1 4 4 7 −3 4
4 Shimoliy Koreya bayrogʻi KXDR 6 1 0 5 5 11 −6 3
Manba: JCh-2006[2]

Oʻyin oldidan angliyalik tajribali murabbiy Robert Houghton (talaffuzi: Robert Xafton) boshchiligidagi mezbonlar tarkibni toʻplashda biroz muammolarga duch kelishadi. Jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Nikolay Shirshov diskvalifikatsiya qilingan, Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev, Aleksandr Geynrix va Ilyos Zeytullayevlar jarohat olishgandi. Biroq yaxshi lahzalar ham boʻlgan, Andrey Fyodorovning safga qaytishi va Vladimir Radkevichning terma jamoaga taklif etilishi.

Oʻyinga tayyorgarlik borasida Luka Peruzović (talaffuzi: Luka Peruzovich) boshchiligidagi Bahrayn milliy futbol terma jamoasi ustunlikka ega edi. Aksariyat bahraynlik futbolchilar toʻp suradigan Fors koʻrfazi davlatlarining milliy chempionati va boshqa chempionatlarida bu paytda tanaffus boʻlgan va jamoa futolchilari anchadan buyon birga mashgʻulotlar olib borishmoqda edi. Ammo bahraynliklarda jiddiy yoʻqotishlar boʻlgan boʻlib, jarohati tufayli asosiy oʻyinchi Ala'a Hubail maydonga tushmaydi.

Oʻyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hisob[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 3-sentabr Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 1 : 0 Bahrayn bayrogʻi Bahrayn Toshkent
Mirjalol Qosimov Gol 12' Gollar Stadion: Paxtakor
Tomoshabin: 55 000
Hakam: Yaponiya bayrogʻi Toshimitsu Yoshida



Oʻzbekiston bayrogʻi

OʻZBEKISTON:
DA Yevgeniy Safonov
HM Vladimir Radkevich
HM Andrey Fyodorov
HM Asror Aliqulov Booked 41'
HM Aleksey Nikolayev Booked 5'
YH Mirjalol Qosimov Gol 12'
YH Viktor Karpenko Substituted off 41'
YH Temur Kapadze
YH Server Jeparov Booked 80'
HJ Anvar Soliyev Substituted off 81'
HJ Maksim Shatskix
Almashtirishlar:
YH Vladislav Kiryan Substituted in 41'
HJ Marat Bikmayev Substituted in 81'
Bosh murabbiy:
Robert Houghton
Bahrayn bayrogʻi

BAHRAYN:
DA Ali Hasan Al-Thani
HM Abdulla Al-Marzooqi
HM Sayed Mahmood Jalal Booked 33' Substituted off 73'
HM Mohamed Juma Basheer
HM Mohamed Ahmed Salmeen Booked 74'
YH Talal Yousef Mohamed Substituted off 78'
YH Husain Ali Ahmed
YH Salman Isa Ghuloom
YH Sayed Mohamed Adnan Booked 62'
HJ Mohamed Hubail
HJ Saleh Farhan Al-Saleh
Almashtirishlar:
HM Rashed Rahman Saif Al-Dosari Substituted in 73'
YH Sayed Mohamed Jaffer Substituted in 78'
Bosh murabbiy:
Belgiya bayrogʻi Luka Peruzović

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston dastlabki daqiqalardan unumli foydalandi, biroq raqib himoyada aniq harakat qiladi va oʻz darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishga imkon bermaydi. Qolaversa, tezkor qarshi hujumdan soʻng bahraynliklar birinchi boʻlib hisob ochishlari mumkin edi. Ammo xavfli zarbadan soʻng mezbonlarning baland boʻyli darvozaboni Yevgeniy Safonov darvozaga toʻgʻri kelayotgan toʻpga yetib bordi.

Shundan soʻng oʻzbekistonliklar sardori Mirjalol Qosimovga oʻz mahoratini namoyish eta boshladi. Anvar Soliyevdan chap qanotda toʻpni qabul qilib olib, raqib darvozasi tomon yoʻl oladi va darvozabonga yaqinlashib, uzoq burchakka aniq zarba berdi — 12-daqiqada 1:0[5].

Mezbonlar raqibga bosim oʻtkazishda davom etishdi va oʻyinning yarim soatlik yakunida hisobni ikki karraga oshirishlari mumkin edi. Maksim Shatskix va Viktor Karpenko ajoyib juftlikda oʻynashdi, ammo ikkinchisining zarba berish tezligi biroz kam edi. Deyarli shu zahoti Mirjalol Qosimov aniq zarba yoʻllaydi, ammo mehmonlar darvozaboni Ali Hasan Al-Thani zarbani qaytarishga muvaffaq boʻladi va toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Penalti tayinlash epizodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinning burilish epizodi 38-daqiqada sodir boʻldi[6]. Oʻzbekistonlik futbolchilar tezkor qarshi hujumga oʻtadi. Oʻng qanotdan oshirilgan toʻpni egallashda darvozabon Ali Hasan Al-Thani darvozani tark etib, xatoga yoʻl qoʻyadi va toʻpni ushlab ololmaydi. Chap qanotdan yugurib kelgan Maksim Shatskix oʻtkir burchakdan boʻsh qolgan darvozaga toʻpni boshi bilan yoʻlladi, ammo yordamga kelgan mehmonlar himoyachisi Mohamed Juma Basheer sakrashda toʻpni qoʻli bilan qaytaradi. Yaponiyalik hakam Toshimitsu Yoshida darhol penalti belgilaydi[5][6]. Shu bilan birga hakam Mohamed Juma Basheerni qoʻpollik ishlatgani uchun ham oʻyindan chetlatmaydi.

Penaltini Server Jeparov aniq amalga oshirdi. Futbolchilar Serverni tabriklashga shoshilishadi va u golni nishonlashda anʼanaviy salto sakrashini amalga oshiradi. Shu payt bosh hakam Yoshida toʻsatdan qoʻlini yuqoriga koʻtarib, jarima maydonchasi chizigʻida turadi. Bosh hakam yordamchisi koʻtarilgan bayroq bilan turardi. Futbol qoidalariga koʻra, bu jarima zarbasi berishni anglatardi[3][6].

Barcha futbolchilar, jumladan mehmonlar ham hakam oldiga shoshilishdi[5]. Hakam gol bekor qilinganini va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi darvozasi tomon jarima zarbasi belgilanishini koʻrsatdi. Mezbonlar futbolchilari bunday qaror tafsilotlarini bilish uchun tushunmay qolgan bir paytda, Bahrayn milliy futbol terma jamoasi darvozaboni koʻrsatilgan nuqtadan toʻpni tezda oʻyinga kiritadi (Video YouTubeda). Oʻyin davom etadi.

Oʻyin toʻxtatilgandan soʻng, penalti kiritilgan lahzaning takrori namoyish etildi. Takroriy lavhada qoidabuzarlik faqat Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi futbolchilari penalti tepilishidan avval jarima maydoniga kirib kelganida boʻlishi mumkin edi. Bunday vaziyatda penalti takroran ijro etilishi shart[7]. Ushbu epizodda boshqa qonunbuzarliklar kuzatilmadi.

Gol bekor qilganidan keyingi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi bahs soʻnggida Anvar Soliyev hisobni dublga keltirishi mumkin edi, ammo darvozabon bilan yakkama-yakka qolib ketgan Shatskix tepgan toʻp darvozadan yuqoriga oʻtib ketdi.

Uchrashuvning ikkinchi bahsida Bahrayn oʻyinni maydon oʻrtasiga olib chiqishga muvaffaq boʻldi, mezbonlar qarshi hujumlarga tayana boshlashdi. Ikki marta Peruzović shogirdlari hisobni tenglashtirishi mumkin edi, 59-daqiqada Talal Yousef Mohamedning xavfli zarbasidan soʻng toʻp darvozadan oʻtib ketdi va oʻyinning eng oxirida Safonov Saleh Farhan Al-Salehning kuchli zarbasini qaytarib, yana oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Oʻyin Oʻzbekistonning minimal hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlanib, orzu qilingan yoʻllanma uchun kurashni davom ettirish uchun yaxshi imkoniyatlar qoldirdi.

Oʻyindan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyindan keyingi matbuot anjumanida Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Houghton shunday dedi: „Bu biz uchun katta gʻalaba boʻlganiga ishonamiz, ammo hakam nega bunday qarorga kelganini bilmayman“[8].

Oʻyindan soʻng Oʻzbekiston futbol federatsiyasi FIFA qarorgohiga rasmiy norozilik arizasi yuborib, Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik magʻlubiyatni yozish va javob oʻyiniga Yevropa davlatlaridan hakamlar brigadasini tayinlashni talab qildi[3][4][6][9].

Shunga qaramay, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi javob oʻyini uchun Bahrayn poytaxtiga uchib ketdi.

FIFA qarori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saralash oʻyinlarining javob uchrashuvidan bir kun oldin, 2005-yil 6-sentabrda „Germaniya-2006 jahon chempionatining tashkiliy qoʻmitasi“ OʻFFning rasmiy noroziligini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston — Bahrayn uchrashuvi hakam tomonidan texnik xato qilingani toʻgʻrisida qaror qabul qiladi[6][10].

Rais Lennart Johansson, rais oʻrinbosari Julio Grondona, direktor Chung Mong-joon va FIFA bosh kotibi Urs Linsidan iborat byuro quyidagi faktlar asosida qaror qabul qildi:

  1. Oʻyin 1-0 hisobida, 39-daqiqada Oʻzbekiston foydasiga hakam penalti belgilashga qaror qildi;
  2. Penalti muvaffaqiyatli amalga oshirildi;
  3. Penaltidan oldin Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi futbolchisi raqibning jarima maydonchasiga kirgan;
  4. Hakam Bahrayn jamoasi foydasiga jarima zarbasi belgilaydi;
  5. Bunday vaziyatda, oʻyin qoidalarining talabiga binoan, hakam penaltini toʻxtatishga ruxsat berishi kerak edi;
  6. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi sardori oʻyin davom etishidan oldin hakamning qaroriga darhol norozilik bildirdi. Ushbu norozilik oʻyindan keyin tasdiqlandi;
  7. Ushbu texnik xato komissar va oʻyin inspektori tomonidan oʻz hisobotlarida qayd edtildi;
  8. Oʻzbekiston Bahrayn jamoasiga 0:3 hisobida texnik magʻlubiyatni belgilashni talab qilib, hakamning qaroriga qarshi yozma ravishda norozilik bildirdi.

Byuro hakam haqiqatan ham texnik xatoga yoʻl qoʻyganini hisobga olib, oʻyinni qayta oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqaradi[3][9]. Qayta oʻyin uchrashuvi 2005-yil 8-oktabrga, javob oʻyini esa 2005-yil 12-oktabrga belgilanadi[6][10].

„Germaniya-2006 jahon chempionati toʻgʻrisidagi Nizom“ining 12.6-bandiga asosan Bahrayn jamoasiga texnik magʻlubiyat yozishni talab qilgan Oʻzbekiston terma jamoasining noroziligi rad etildi, ushbu qaror yakuniy va majburiy deb belgilandi[10].

Ushbu hukm eʼlon qilingandan soʻng, javob uchrashuviga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi Bahrayn poytaxtini tark etib, uyiga qaytadi[6][9].

Keyingi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Баҳрайн 1:0. Ўша машҳур бекор қилинган баҳс“ (2020-yil 5-may). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  2. „Бир ўйин тарихи: Тошимицу Ёшида бошқарган Ўзбекистон – Баҳрайн учрашуви“ (2017-yil 16-aprel). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Беспрецедентное решение ФИФА“. РБК Спорт (6-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 „Впервые в истории футбольный матч будет переигран из-за ошибки судьи“. fedpost.ru (8-sentabr 2005-yil). 2022-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Отбор ЧМ-2006, Узбекистан 1:0 Бахрейн, обзор матча“. profootball.ua (5-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 Сергей Канашиц. „«Японский городовой!»“. Советская Белоруссия (7-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  7. „Правила футбола - 11 метровый удар (пенальти)“ (deadlink). Soccer-zona. 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „FIFA set dangerous precedent“ (inglizcha). dailymail.co.uk (7-sentabr 2005-yil).
  9. 9,0 9,1 9,2 „Результаты футбольных матчей Узбекистан-Бахрейн отменены. Из-за японского судьи назначены переигровки“. Центразия (6-sentabr 2005-yil). 24-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  10. 10,0 10,1 10,2 „FIFA invalidates Uzbekistan-Bahrain result; match to be replayed“ (inglizcha) (deadlink). FIFA (6-sentabr 2005-yil). 22-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Сборные Узбекистана и Бахрейна рассудят европейцы“. Ua-football.com (19-sentabr 2005-yil).
  12. „2006 FIFA World Cup Germany - Preliminaries“ (inglizcha) (deadlink). FIFA.com. 29-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Play-off AFC/CONCACAF“ (inglizcha) (deadlink). FIFA.com. 29-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Арбитр, «засудивший» Узбекистан, отстранен от японского чемпионата“. km.ru СПОРТ (13-sentabr 2005-yil).
  15. sovsport.ru. „Арбитр, обидевший Узбекистан, вернулся к судейству в J-лиге“. Советский спорт (6-oktabr 2005-yil).