Oʻzbekiston pochta markalari (1992)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekistonnig 1992-yilgi pochta markalari Oʻzbekistonda amalda boʻlgan pochta aloqasi toʻlov belgisi hisoblanib, ular 1992-yilda „Oʻzbekiston pochtasi“ konserni tomonidan muomalaga chiqarilgandir.

1992-yilda mustaqil Oʻzbekistonda muomalaga chiqarilgan ilk pochta markalari Rossiyaning Moskva shahrida fotogravyura va ofset litografiya usulida chop etilgan.

Oʻzbekistonda muomalaga kiritilgan birinchi pochta markasida oʻzbek klassik shoirasi, malika Nodirabegim tasviri tushirilgan[1].

1992-yilda hammasi boʻlib 6 xil koʻrinishdagi pochta markasi muomalaga chiqarilgan[1].

Kommemorativ markalar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda keltirilgan markalarning barchasi kommemorativ hisoblanadi. Ularning tartib raqami „Oʻzbekiston pochtasi“ rasmiy saytida keltirilgan tartib raqam bilan bir xil[1], qavs ichida „Michel“ markalar katalogidagi tartib raqami koʻrsatilgan[2].

T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
№ 1
 (Mi #UZ 1)
Nodira tavalludining 200 yilligi munosabati bilan chiqarilgan marka 20
tiyin
7-may 2 500 26 x 37 Boris Ilyuxin [1][2]
№ 2
 (Mi #UZ 2)
Melitaea acreina — Fargʻona choʻl shashkasi (bu kapalak turi faqat Fargʻona vodiysida yashaydi. U Qizil kitobga kiritilgan) 1
soʻm
10-avgust 3 000 40 x 28 [1][2]
№ 3
 (Mi #UZ 3)
Markada „Hur Oʻzbekiston 1 yoshda“, deb yozilgan va Oʻzbekiston bayrogʻi hamda Toshkentdagi Koʻkaldosh marsasi tasvirlangan 25-avgust 2 090 Mixail Slonov [1][2]
№ 4
 (Mi #UZ 4)
Markada Xiva shahridagi Qutlugʻmurod inoq madrasasi tasvirlangan 0,50
soʻm
20-oktyabr 2 200 Leonid Zaytsev [1][2]
№ 5
 (Mi #UZ 5)
Markada Samarqand shahridagi Registon majmuasi tasvirlangan. Marka Ogʻaxon jamgʻarmasi koʻmagida chiqarilgan boʻlib, shtamp chetida joylashgan vaqf emblemasi shundan dalolat beradi 10
soʻm
28-oktyabr 500 52 x 37 ? [1][3]
№ 6
 (Mi #UZ 6)
Mis idish. Oftoba. Qoʻqon XIX asr 0,50
soʻm
20-noyabr 4 000 40 x 31 Aleksandr Jarov [1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Markalar katalogi“. Uzpost. “O‘zbekiston pochtasi” AJ. Qaraldi: 9-fevral 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Stamps“. colnect.com. Qaraldi: 9-fevral 2024-yil.
  3. „Uzbekistan“. stampworld.com. Qaraldi: 9-fevral 2024-yil.